86
Bunga sabab, birinchidan, panja muskullari tok ta’sirida o‘z-o‘zidan
qattiq qisilib, panja tok o‘tayotgan simni siqimlab oladi. Ikkinchidan,
tanadan tok o‘tganda muskullar tortishib, odamning o‘ziga bo‘ysunmaydi.
Uchinchidan, tok odamning markaziy nerv sistemasini shikastlaydi va
hushidan ketkizadi.
Odam tok ta’sirida qancha uzoq vaqt turib qolsa, uning hayotini
saqlab qolish shuncha qiyin bo‘ladi. Shuning uchun, birinchi
navbatda, odamni tok ta’siridan xalos qilish kerak.
Agar falokat xonadonda ro‘y berayotgan bo‘lsa, jabrlanuvchiga tegib
turgan simning vilkasini rozetkadan darhol sug‘urib olish kerak. Agar
tegib turgan sim to‘g‘ridan to‘g‘ri xonadon elektr zanjiriga ulangan
bo‘lsa, zudlik bilan elektr hisoblagich ostidagi saqlagichlarni burab olish
yoki tugmalarini bosish kerak. Bu bilan xonadon elektr zanjiri uziladi.
Agar falokat ko‘chadagi elektr tarmog‘i orqali yuz bersa, jabrla-
nuvchidan tokli simni quruq tayoq yoki taxta yordamida chetlashtirish
lozim. Jabrlanuvchi tokli simni panjasi bilan ushlab qolgan bo‘lsa, dastasi
izolyatsiyalangan ombur, quruq yog‘och sopli bolta yoki boshqa
izolyatsiyalangan o‘tkir uchli asbob bilan tok kelayotgan simni uzib
tashlash kerak.
Jabrlanuvchini tok ta’siridan qutqargach, darhol uni chalqanchasiga
yotqizish, nafas olishga halaqit qilayotgan tugmalarini yechish kerak.
Agar nafas olishi to‘xtagan bo‘lsa, sun’iy nafas oldirish lozim bo‘ladi.
Shu bilan bir vaqtda tez yordamni chaqirish yoki jabrlanuvchini zudlik
bilan davolash muassasasiga olib borish choralarini ko‘rish zarur.
1. Odam tanasi uchun necha voltdan yuqori kuchlanish xavfli hisoblanadi?
2. Ko‘chada elektr tarmog‘i simi yotgan bo‘lsa nima qilish kerak?
3. Xonadonda devorga mix qoqishdan avval nimaga e’tibor berish lozim?
4. Elektr asbobi ichidagi elektr sim korpusga tegib qolgan bo‘lishi mumkin. Tok
urmasligi uchun nima qilish zarur?
5. Rozetka teshigiga va lampochkasiz patronga nima uchun metall buyumlarni tiqish xavfli?
6. Xonadon elektr zanjiridagi shikastlangan joyni ta’mirlashdan avval nima qilish kerak?
7. Elektr toki urgan odamga qanday birinchi yordam ko‘rsatiladi?
1. Odam tanasining o‘rtacha qarshiligi taxminan 10 kΩ. Agar odam nam yerda turib
220 V kuchlanishli ochiq simni bexosdan ushlab olsa, undan qancha tok o‘tadi?
Odam tanasi uchun xavfsizlik chegarasiga teng bo‘lgan 42 V kuchlanishli simni ushlab
turganda-chi?
2. 1-masala shartlarini qo‘llab, 220 V kuchlanishli simni ushlab olgan odamdagi va
42 V kuchlanishli simni ushlagan odamdagi tokning quvvatlarini hisoblang.
3. Odam oyoq kiyimi bilan deraza peshtoqiga chiqib, behosdan 220 V kuchlanishli
ochiq simni ushlab oldi. Agar deraza peshtoqi bilan nam yer orasidagi qarshilik
80 kΩ, oyoq kiyimi tagining qarshiligi 20 kΩ, odam tanasining qarshiligi 10 kΩ
bo‘lsa, odam tanasiga to‘g‘ri keladigan kuchlanish qanchaga teng?
Do'stlaringiz bilan baham: