Ko‘chada uzilib yotgan elektr tarmog‘i
simini ushlamaslik kerak. Undan o‘zingizni
va boshqalarni ehtiyot qiling!
2. Xonadon elektr zanjirining simlari, odatda,
devor ichidan o‘tgan bo‘ladi. Biror zarurat yuzasi-
dan devorga mix qoqilayotgan paytda simning
izolyatsiyasi shikastlanishi va mix simga tegib qolishi
mumkin. Bu holda ham tok odam tanasi orqali yerga
o‘tishi va tok urishi mumkin (111-rasm).
Devorga mix qoqishdan avval shu joydan elektr simi o‘tma-
ganligiga ishonch hosil qilish kerak.
3. Ayrim hollarda nosozlik tufayli elektr jihoz ichidagi tok o‘tgan sim
uning metall korpusiga tegib qolgan bo‘lishi mumkin. Bunday elektr
jihozning (masalan, muzlatkichning) metall qismini ushlaganda tok
odam tanasi orqali yerga o‘tishi va tok urishi mumkin (112-rasm).
Muzlatkich, televizor kabi elektr jihozlarning orqa tomonidagi
maxsus qisqichini sim orqali yerga ulab qo‘yish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |