Navoiy viloyat pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish



Download 4,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/411
Sana26.07.2021
Hajmi4,79 Mb.
#129212
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   411
Bog'liq
ona-tili va adabiyot fani boyicha malaka oshirish kursi tinglovchilari uchun oquv-uslubiy majmua

Ona tili va adabiyot 
fanining bo‘limlari 
bo‘yicha test savollarini 
tuzish va unga qo‘yilgan 
talablar 


31 
 
usullar  hisoblanadi,  ammo  fanni  o‘rganishdagi  eng  qimmatli  usullardan  biridir.  U  o‘qitish  natijalari  ob’ektiv 
(chunki usulni qo‘llash barcha o‘quvchilar uchun tengdir), ishonchli hamda ko‘rsatgichli bo‘lishi  bilan    birga 
uni tuzuvchilar nimani baholash imkonini beradi. 
Testlar  ham  maktabda  o‘zlashtirish  darajasini  baholash  sistemalaridan    biri  bo‘lib,  undan  quyidagilarni 
hisobga olish kerak. 
- uning yordamida o‘qitish natijalarini tekshirishda xar bir o‘quvchining qobiliyatini hisobga olish; 
- o‘quvchilarning amaliy va nazariy bilimlari sifatini tekshirish; 
-  o‘quvchidan  so‘rashga  ketadigan  va  o‘quvchilarning  bajargan  ishini  tekshirishga  ketadigan  hamda 
o‘quvchilarning bajargan ishini tekshirishga ketadigan o‘qituvchi vaqtini  tejash; 
- testlarni kompyuterlarda qo‘llash. 
2.Testlarni tayyorlash va ularni o‘tkazishga qo‘yilgan asosiy talabalar 
Fan  testlari  (sinov  topshiriqlar)  maktab  o‘quvchilarining  “Dastur”  ga  muvofiq  belgilangan  bilimlarni 
o‘zlashtirish darajasini aniqlashda muhim vositalardan biri bo‘lib xizmat qiladi. 
1. “Dasturda” berilgan bilim,  ko‘nikma va tushunchalarning asosiy ko‘rsatkichlarini aniqlash va ro‘yxatda 
qayd qilish. 
2. Test – fan bo‘yicha berilgan mazmun asosida olgan bilimlarni namoyon qilishga qaratilishi kerak. 
3. Savollar mumkin qadar qisqa, aniq va lo‘nda, o‘quvchilarga tushunarli bo‘lishi lozim. 
4. O‘quvchilarga har bir savolga tayyorlangan 5 ta javobdan bittasini tanlash taklif qilinadi. 
5. Test savollari ikki yo‘nalishda ishlab chiqilib; “a” - o‘rta; “b” - yuqori darajali bilimga ega o‘quvchilarga 
qaratilgan bo‘lishi zarur. 
6. Test topshiriqlarini mujassamlashtirish jarayoniga quyidagicha yondashish mumkin: 
– test davomida murakkab va oson savollarning ketma-ket berilishi yoki; 
 – bosqichma-bosqich, oson savollardan murakkablashib borishini ta’minlovchi uslubdan foydalanish. 
7. Fan testlari murakkabligi jihatdan 2 xil bo‘lishi – o‘quvchining o‘z kuchiga moslab ulardan birini tanlab 
olish imkoniyatini yaratadi. 
Fan testlarini eksperimental ravishda tajribada sinab ko‘rish va joriy qilish maqsadida turli ko‘rsatkichlarga 
ega shahar va qishloq maktablari tanlab olindi. Bu sinov – tajriba natijasida, nafaqat, o‘quvchilarning bilimlarini 
o‘zlashtirish  darajasi  aniqlanadi,  balki  u  dars  berayotgan  o‘qituvchi  ishining  samaradorligi  hamda  test 
savollarining  to‘g‘ri  tuzilganligini  ko‘rsatib  beradi.  Testlar  fan  bo‘limlarining  ilmiy-metodik  Kengashlaridan 
tasdiqdan o‘tishi lozim. 
3.Test tuzish jarayonida nimalarga e’tibor berish lozim: 
  savollar yuzaki bo‘lib qolmasligi; 
  o‘ta murakkab savollar bilan to‘lib ketmasligi; 
  faqat «kuchli bilimga ega bo‘lgan» o‘quvchilarga moslashtirmaganligi; 
  bir  necha  bor  sinovdan  o‘tganligi,  ijobiy  va  samarali  natijalarga  erishganligi,  tajribada 
tasdiqlanganligiga. 
Bevosita test o‘tkazish jarayoniga qo‘yiladigan talablar: 
1. Umumiy shart – sharoitlarni yaratish: 
a)  zaruriy material bilan ta’minlash; 
b) sinfdagi o‘quvchilardan testga nisbatan ijobiy munosabat va vaziyatni yaratish; 
v) gigiyenik – pokizalik qoidalariga amal qilish. 
2.  O‘quvchilarga  baqirish,  baland  ovozda  gapirish,  javoblarda  yordam  berish,  shovqin  qilish,  ularning 
diqqatini chalg‘itish, xonaga begona shaxslar kiritilishi mumkin emas. 
3.  Dastavval  o‘quvchilarga  qanday  ishlash  lozimligi  to‘g‘risida  tushuncha  berilishi,  vaqt  ham  belgilanishi 
lozim. 
4. Test savollariga javob berishda  o‘quvchilarga xalaqit berish va nazorat qilib turish mumkin emas. 
Test  natijalarini  umumlashtirishda  va  baholashda  o‘qituvchi  (eksperimental  ishtirok  etayotgan 
mutaxassislar)  o‘quvchining  shaxsiy  fazilatlarini,  test  bilan  ishlash  vaqtida  ruhiy  holatini  hisobga  olgan  holda 
ishlashi  lozim.  Ko‘rsatkichlarga  qarab  o‘zlashtirishi  sust  bo‘lgan,  puxta  bilimga  ega  bo‘lmagan  o‘quvchilar 
bilan ishlash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish mo‘ljallanadi. 
Testlarning  maktabda  qo‘llaniladigan  tekshirish  usullari  (nazorat  ishi)  dan  farqi  shundaki,  test  yordamida 
o‘rganiladigan  mazmunlarni  kichik,  ya’ni  ma’lum  miqdorlar  bilan  o‘rganish  va  ko‘p  sonli  o‘quvchilarning 
o‘quv materillalarini o‘rganganligi darajasini test diagnostik qilish mumkin bo‘ladi. 
Test  –  tekshirilayotgan  masalalarni  har  taraflama  ifodalaydigan  va  kichik  bo‘laklar  orqali  ifodalangan 
standartlashtirilgan topshiriqlar majmuasidir. 
Testlarni qo‘llanishi bo‘yicha quyidagi turlarga ajratish mumkin: 


32 
 
-  keltirilgan jumla ifoda, shakl yoki  mulohazada qoldirilgan joylarni to‘ldirishga mo‘ljallangan testlar ular 
javoblarini erkin tanlash testlari jumlasiga kirib, u o‘rganilgan mavzuning ma’nosini tushunganlikni tekshiradi. 
Masalan, teoremalar, qoidalar va boshqa; 
-  keltirilgan  mulohazaning  rost  yoki  yolg‘onligini  aniqlash  testlari.  Bular    alternativ,  ya’ni  muqobil 
mulohaza  yuritish,  xulosa  chiqarishi  yoki  umumiy  qonun-qoidalar,  xususiyatlar,  teoremalarga  asoslanib, 
bajarilayotgan  amallarning  to‘g‘riligini  aniqlay  olishligi  tekshiriladi.  Keltirilgan  ikki  turdagi  testlar  nafaqat 
yozma holda, balki og‘zaki shaklda ham ifodalanadi. 
Javobni tanlashga mo‘ljallangan testlar. Mazkur turdagi testlar keng tarqalgan bo‘lib, ulardan kamida uchta 
javob ko‘rsatiladi va bu javoblarni tuzishda o‘quvchilar yo‘l qo‘yishi mumkin bo‘lgan xatolar hisobga olinadi. 
Bu testlar yordamida o‘quvchilarning o‘quv materiallini qo‘llashga tayyorgarligi tekshiriladi. Umuman hozirgi 
kunda jahonda qo‘llanilayotgan testlar quyidagi guruhlardan iborat: 
- yetuklik testi (o‘qilgan materialni aytib bera olish); 
- koreativ, ya’ni ijod testi (ilg‘ab olish, farqlash); 
- biror mezon bo‘yicha test (ma’lum bir mezon tanlanadi); 
- proektiv testi (biror xil shakllar, modellar, rasmlar yordamida); 
- intellekt – testi (sotsiologiya va ruhshunoslikka oid test). 
Yuqorida keltirilgan test turlariga qo‘yiladigan asosiy talablar quyidagilardan iborat bo‘lishi lozim. 
-test  savol  –  topshiriqlar  asosiy  bilimlar  majmuasi  va  ularni  o‘zlashtirishga  qo‘yiladigan  talablar  asosida 
tuziladi; 
- topshiriqlar sharti qisqa, aniq va oddiy bo‘lib, unga keltirilgan javob yagona shaklda ifodalangan bo‘lishi 
kerak; 
-  tekshirilayotgan  materialning  ma’nosini  ifodalovchi  bir  xil  murakkabroq  darajadagi  topshiriqlar  albatta 
kiritilgan bo‘lishi lozim; 
- qaralayotgan material bo‘yicha bir necha xil variantlar bo‘lgan holda, ulardan bir xil sondagi topshiriqlar 
bo‘lishi lozim; 
- bitta testda bir xil sondagi savollar bo‘lishi lozim; 
- testlarda tushirib qoldirilgan atama, formulalar tanlangan mavzuning asosiylari bo‘lib, ular bir testga 2 – 3 
tadan oshmasligi kerak; 
- qo‘yilgan maqsadga ko‘ra bir xil testlarni turli xil ko‘rinishda yaratish mumkin va hokazo. 
Testlarni ishlab chiqarish va qo‘llash metodikasi unga qo‘yilgan maqsaddan kelib chiqadi. Agar test bilim 
berishning  biror  shaklini  egallasa,  bu  yutuq  hisoblanadi.  Masalan,  o‘quvchi  ma’lum  bir  guruhdagi  savollarga 
javob bera olmadi, deylik. Agar bunda o‘quvchi tomonidan (avtomatlashtirilgan testda kompyuter tomonidan) 
berilgan  barcha  topshiriqlarni  to‘liq  bajarishi  uchun  o‘quvchi  e’tibor  qilishi  lozimligi  to‘g‘risida  ma’lumot 
berilsa, o‘quvchi o‘zi uchun lozim bo‘lgan o‘rganish yo‘nalishini bilib oladi. 
4. Test haqida ba’zi mulohazalar. 
Testlar xususiyati va yaratilishiga ko‘ra o‘quv jarayonida qo‘llaniladigan va tanlovga mo‘ljallangan bo‘lishi 
mumkin. 
Testdagi asosiy tushuncha bilimdir. O‘quvchilarga bilim berishning qaysi shakllari qo‘llaniladi, degan savol 
tug‘ilishi tabiiy. Uning turlari qo‘yilgan maqsaddan kelib chiqadi va ulardan o‘quvchi: 
- bir mavzu bilan yaqindan tanishadi ( 1 – tur bilim); 
- bilimdan faqat  “nusxa” oladi, ammo uni yaqindan tushunmaydi. (2 – tur bilim); 
- olgan bilimlaridan tashqari yana ko‘nikmalarga ham ega bo‘ladi ( 3 – tur bilim); 
- olgan bilimi va ko‘nikmalarini yanada rivojlantirib oladi (4 – tur bilim). 
Demak, test tuzganda, o‘quvchilarning bilim darajasi va tanlangan mavzuga tayyorgarligi hisobga olinishi 
kerak. 
Test  bilim  darajasiga  ko‘ra  tabaqalashtirilib  o‘qitilayotgan  sinflarda,  yaxshi,  “qoniqarli”  bilimga  ega 
guruhlar uchun alohida – alohida test savollari tuzilsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi. Albatta, bunda savol har bir 
guruh  o‘quvchisi  uchun  turlicha  shaklda  ifodalanadi,  ya’ni  a’lo  bilimga  ega  o‘quvchilar  uchun  tuzilgan  savol 
qoniqarli  bilimga  ega  o‘quvchilarga  ba’zi  yo‘naltiruvchi  ma’lumotlar  bilan  tavsiya  etiladi.  Bu  hol 
o‘rganilayotgan tushunchaning barcha o‘quvchilari tomonidan to‘liqroq o‘zlashtirilishga imkon yaratadi.  
5. Ona tili va adabiyot fanining bo‘limlari bo‘yicha turli qiyinchilikdagi testlar 
Har  bir  fan  to‘liq  o‘qitilganda  va  puxta  o‘zlashtirilgandagina  fanga  nisbatan  qiziqish  xam  orta  boradi, 
chunki fanning hamma qirralari haqida tushuncha hosil bo‘ladi, kasb tanlashda u o‘z samarasini beradi. 
Quyida  o‘quvchilarning  bilim  darajasini  aniqlash  maqsadida  o‘rta,  yaxshi,  a’lo  baholarga  o‘qiydigan  va 
iqtidorli o‘quvchilar uchun tabaqalashtirilgan namunali test savollari tuzish tavsiya qilinadi 
 6. O‘qituvchilar dars jarayonida foydalanishlari uchun ijodiy topshiriq namunalari. 
1-ijodiy topshiriq. “Sinkveyn” asosida test uchun 5 qatordan iborat she’riy satr yozish. 
2-ijodiy topshiriq.  Test turlari va ularning farqli jihatlari haqida o‘quv materiallari tayyorlash. 


33 
 
3-ijodiy topshiriq.  1 soatlik dars ishlanmasi uchun test topshiriqlari ishlab chiqish. 

Download 4,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   411




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish