26
Suzish basseynlarining suvi orqali yuqadigan kasalliklar
3-jadval
Kasalliklar
Suv faktorlari bilan aloqadorlik
ko’rsatkichi
Adenovirusnaya faring -
konyuktivalnaya lixoradka
+++
Epidermofitiya (“ ”)
+++
Virusli gepatit A
++
Koksaki yuqumli kassalligi
++
Dizenteriya
++
Otitlar, sinusitlar, tonzillitlar,
konyunktivitlar
++
Teri tuberkulyozi
++
Zamburug’li teri kasalliklari
++
Legionellez
++
Entrobioz
++
Lyamblioz
++
Kriptosporidioz
++
Amebli meningoensefalit
+
Poliomielit
+
Traxoma
+
Kontagioz molyuskasi
+
Ganorreyniy vulvovaginit
+
Askaridoz
+
Trixosefaliz
+
O’tkir salmonelizli gastroenteritis
+
Strangiloidoz
+
27
II BOB.
CHO’MILISH HOVUZLARI (BASSEYNLAR) UCHUN
AYLANMA SUV TA’MINOTI. BASSEYN SUVLARINI
ZARARSIZLANTIRISH METODLARI VA ULARNING TAHLILI.
2.1 Suzish basseynlaridagi suv rejimlari
Vannadagi suvning sifatiga quyiladigan talablarni faqat suvni to -
zalash texnologiyasi bilan erishib bo’lmaydi. Chunki suvni qanchalik
sifatli tozalamaylik, agar vannadagi suv almashinish rejimi noto’g’ri
bo’lsa, hech vaqti vannadagi suvning sifat ko’rsatkichini talab darajasida
deb bo’lmaydi.
Suzish basseynlari vannasidagi suvning ifloslanishi bir qator fak-
torlarga bog’liq: basseynlarning turiga (yozgi, qishgi, yopik yoki ochiq)
va vazifasiga; basseynlarga keluvchilar turiga (kattalar, bolalar) va
ularning soniga hamda suvning qay darajada zararsizlantirilishiga.
O’tkazilgan tajribalar shuni ko’rsatdiki, vannaning har hil joyidan va
har hil chuqurlikda olingan suvlarning ifloslanishi har hilligini.
Vannadagi suvning ifloslanishi bilan bir vaqtda tozalangan suv va
zararsizlantiruvchi reagent doimiy ravishda vannaga kelib tushib tursa
ya’ni suvning almashinuvi ta’minlansa u holda suvning sifat
ko’rsatkichini talab darajasida ushlab turish mumkin.
Vannadagi suvning sifat ko’rsatkichini va suvning almashish samara-
dorligini, vanna suvidagi zararsizlantiruvchi modda qoldig’i bilan
baholash mumkin. Vannaning har hil nuqtasidan olingan suvdagi xlor
qoldig’ining har hilligi suvning vanna hajmida to’liq almashinuvi
ta’minlanmaganligidan dalolat beradi.
Shuning uchun tozalangan suv bilan birgalikda berilayotgan
zararsizlantiruvchi reagent moddasining vannaning barcha qismlarida
tarqalishini ta’minlash ya’ni vannaning barcha qatlamlarida suvning to’liq
almashinuvini ta’minlash, suzish basseynlaridagi suvning sifatini
yahshilashni ta’minlaydi.
Suzish basseynlari vannalarida suv rejimining asosiy parametrlari
28
sifatida quyidagilar xisoblanadi:
1.
Vannada
to’liq suv almashinuvini ta’minlovchi aylanma
(sirkulyatsion suv) suv sarfi (Q
s
)
2.
Vannadan
foydalanilganda
yuqotiladigan
suvning
sarfini
to’ldirish uchun uzatiladigan qo’shimcha suv miqdori (Q
qo’sh
)
Aylanma
suv
miqdori
(Q
s
)
vannadagi
suvning
sifatini
ta’minlovchi asosiy parametrlardan biri sifatida bir necha faktorlarga (bir
vaqtda chumiladigan odamlar soniga, ularning yoshiga, va x.k.) bog’lik
bo’lgani uchun, uning miqdorini hisoblash masalasi hozirgi kunga qadar
ko’pgina tortishuvlarga sabab bo’lib kelmoqda.
Ko’pchilik mutahassislar aylanma suvning (Q
s
) miqdorini suzish
vannasidagi
suv
hajmining
to’la
almashinuviga
(ya’ni
to’la
yangilanishiga) ketadigan vaqtni belgilash lozim deb hisoblaydilar.
Yangi taxrirdagi qurilish me’yorlari va qoidalarida to’la almashinish
davrini hisoblashlarsiz 8... 12 soat qabo’l qilishni tavsiya etadi. U holda
aylanma suv miqdorini quyidagi ifoda orqali aniqlash mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: