Yalpi taklif hajmiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar:
Narx darajasi
Resurslar narxining o‘zgarishi. Resurslar narxi ishlab
chiqaruvchi uchun xarajat hisoblanadi, shu sababli uning o‘zgarishi
mahsulot birligiga to‘g‘ri keladigan xarajatlarning o‘zgarishiga
(kamayishiga yoki ko‘payishiga) sabab bo‘ladi. Resurs narxlariga o‘z
navbatida bir qator omillar ta’sir ko‘rsatadi.
a) ichki iqtisodiy resurslar (yer, mehnat resurslari, kapital, tad-
birkorlik layoqati)ning mavjudligi;
b) import qilinadigan resurslarning narxi;
d) bozordagi hukmronlik darajasi (monopoliyalar mavjudligi yoki
yo‘qligi).
Do'stlaringiz bilan baham: |