Mahalliylashtirish – import qilinadigan tayyor mahsulot, butlovchi
qism (buyum), materiallarni mamlakatda ishlab chiqarishni yo‘lga
qo‘yish orqali unga bo‘lgan ichki talabni qondirish va eksportni yo‘lga
qo‘yish.
Megamoliya – xalqaro miqyosdagi davlatlararo moliyaviy muno-
sabatlar bo‘lib, ular xalqaro moliya institutlari vositasida amal qiladi.
Mehnat resurslari – mehnatga layoqatli yoshdagi kishilar va
ishlayotgan o‘smir va pensionerlarni tashkil etadi.
Mehnat – insonning (jismoniy va aqliy energiyasi) kuchi, ener-
giyasini sarflab, jamiyat tomonidan tan olingan natijaga erishishga
qaratilgan maqsadli faoliyatidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |