Makroiqtisodiyot – nazariy iqtisodiyotning milliy iqtisodiyotga bir
butun tizim sifatida yondashib, iqtisodiy siyosatning maqsadini
shakllantiruvchi va uni ro‘yobga chiqarish uchun zarur chora-tadbirlar
belgilashni tadqiq qiluvchi bo‘limi.
Makroiqtisodiy muvozanatning keynscha modeli – yalpi sarflar
bilan narxlar o‘zgarmas darajasidagi real YaIM o‘rtasidagi o‘zaro
bog‘lanishni ifodalovchi model.
Makromoliya – jamiyat, umumdavlat miqyosidagi moliya.
Manfaatlar – odamlar ehtiyojining munosabatlar orqali ifoda-
lanishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |