364
Iqtisodiy samaradorlik – iqtisodiy xarajatlar evaziga erishilgan
natija.
Iqtisodiy tanlov – odamlarning faoliyati cheklanganlik muam-
mosiga duch kelishi tufayli muqobil variantlar orasidan eng yuqori naf
keltiradigan yoki eng kam xarajat talab qiladigan variantlarni tanlash va
qaror qabul qilish.
Iqtisodiy faoliyat –
insonning ehtiyojini qondirish, ya’ni
tirikchilik, hayot kechirishini ta’minlashning vosita va usullari majmui
Iqtisodiy o‘sish – ma’lum bir vaqt (yil) mobaynida real yalpi ichki
mahsulot (yoki YaMM), sof milliy mahsulotning hajmining ortib, sifat
tarkibining o‘zgarib borishi.
Do'stlaringiz bilan baham: