Delphi muhitida ilovalar yaratishning zamonaviy usullari
Delphi muhitida ilovalar yaratish Ilovalar yaratishning zamonaviy usullari Reja:
Zamonaviy ilovalar
Dasturlashning rivojlanish bosqichlari
Zamonaviy dasturlash muhitlari
Delphi dasturlash muhiti
Zamonaviy ilovalar.
Ma’lumki, zamonaviy kompyuterlar operatsion tizimga ega.
Ko’pincha operatsion sistemaga ikki xil ta’rif berishadi: “kompyuter qurilmalarini boshqaruvchi dasturlar majmui” va “kompyuterdagi boshqa dasturlarni boshqaruvchi dasturlar majmui”.
Operatsion tizim ilovalari ular yordamida amaliy vazifalarni bajarishga xizmat qiladi. Ilovalarga misol sifatida ofis ilovalar:
MicroSoft Word MS Excel MS Access MS Power Point Bu ilovalarning o’ziga xos jihati ularning interfaolligi bo’lib, ular yoramida yuzlab va minglab amallarni bajarish mumkin.
Bu ilovalarning o’ziga xos jihati ularning interfaolligi bo’lib, ular yoramida yuzlab va minglab amallarni bajarish mumkin.
Bunday murakkab ilovalarning o’zi qanday yaratiladi?
Ilovalarning dasturiy vositalari bugungi kunga kelib juda katta imkoniyatlarga ega. Ular bilan tanishishni dasturlash tarixiga nazar tashlashdan boshlaymiz.
Dasturlashning rivojlanish bosqichlari.
Ilovalar (amaliy dasturlar) yaratish vositalarining rivojlanishi quyidagi bosqichlarga ajratish mumkin:
Dastlab yaratilgan komyuterlarda dastur bevosita mikroprotsessorning buyruqlari (mashina kodi) ketma-ketligi ko’rinishida yozilgan. Bu esa dasturlash uchun juda katta kuch va vaqt talab qilgan, dasturdagi xatolarni topish mushkul bo’lgan. Bu ishni bir oz bo’lsada osonlashtirish uchun mikroprotsessor buyruqlari uchun qizqa nomlar kiritilgan va maxsus dastur bunday nomlarni mashina kodi (mikroprotsessor buyruqlari)ga o’girib bergan. Hosil bo’lgandastur kodi bevosita kompyuterda bajarilgan. Bundaydasturlash Assembler tilida dasturlash deb atalgan.
Kompyuterlar ommaviy ishlab chiqarila boshlangach (3-avlod kompyuterlari), ularda operatsion tizim vujudga kelgan. Bunday kompyuterlarda dasturlash uchun yuqori darajadagi dasturlash tillari yaratildi.
Kompyuterlar ommaviy ishlab chiqarila boshlangach (3-avlod kompyuterlari), ularda operatsion tizim vujudga kelgan. Bunday kompyuterlarda dasturlash uchun yuqori darajadagi dasturlash tillari yaratildi.
Dastur matnini kompyuter tushunadigan masjina kodiga o’girishni maxsus ishlab chiqilgan va translyator deb ataluvchi dastur bajargan. Narijada dasturlash ancha osonlashib, kompyuter yordamida yechiladigan masalalar ko’lami kengaydi. Yaratilayotgan dasturiy vositalarning, ya’ni ilovalarning sifati yanada oshdi, dasturlar yanada murakkablashdi, dasturlar ko’proq imkoniyatlarga ega bo’ldi. Bunday dasturlar tuzilmaviy dasturlash deb ataldi. Biz bilgan dasturlash tili Turbo Pascal shunday tillar jumlasiga kiradi.
Dasturlashning navbatdagi bosqichi obyektlarga yondashgan dasturlash deb ataladi. Bu birinchi navbatda shaxsiy kompyuterlarning keng tarqalishi va ularda ishlashni yanada oson va qulay qilish mqdsadida yaratilgan grafik operatsion tizimlar (ularga hozirgi oaytda keng tarqalgan Windows ham kiradi) bilan bog’liq.
Dasturlashning navbatdagi bosqichi obyektlarga yondashgan dasturlash deb ataladi. Bu birinchi navbatda shaxsiy kompyuterlarning keng tarqalishi va ularda ishlashni yanada oson va qulay qilish mqdsadida yaratilgan grafik operatsion tizimlar (ularga hozirgi oaytda keng tarqalgan Windows ham kiradi) bilan bog’liq.
Endi ilova yaratish uchun boshqalar tomonidan yaratilgan tayyor obyektlarni dasturga kiritish va ularning xossalarini kerak bo’lgandek qilib o’rnatish yetarli bo’lib qoldi. Bunday dasturlash vizual dasturlash deb ataladi va ko’proq Lego yordamida o’yinchoq yasashga o’xshab qoldi.
Hozirgi paytda umumlashgan dasturlash usuli ommalashib bormoqda.
Dasturda uchburchak, to’rtburchak, ko’pburchak, aylana kabi obyektlar va ularning yuzasi degan xossalari bo’lsin. Ularning har biridan foydalanish o’rniga geometrik shakl yuzasi degan xossadan foydalanishimiz mumkin.
Dasturning o’zi qanday geometrik shakl to’g’risida gap ketayotganini aniqlab, kerakli obyektning kerakli xossasidan foydalanib javobni topadi. Natijada dasturlash yanada osonlashdi va arzonlashdi.
Zamonaviy dasturlash muhitlari.
Hozirgi paytda dunyoda o’n milliondan ortiq dasturchilar bo’lib, ulardan ikki millioni frofessional, qolganlari esa havaskor dasturchilardir.
Bugungi kunda keng tarqalgan dasturlash muhirlarida asosan uchta dasturlash tili: Si, BASIC, Pascal dan keng foydalaniladi. Professional va tajribali havaskor dasturchilar asosan C (Si) va uning keyingivariantlari C++ va C # dan foydalanadilar.
Delphi dasturlash muhiti
Delphi qadimgi dunyoda mashhur bo’lgan avliyo yashagan ibodatxona joylashgan yunon shaharchasining nomi bo’lib, u avliyo kabi bu dasturlash muhiti ham ko’pchilik orasida juda mashhur bo’lib ketgan.
Uning qariyb chorak asr mobaynida 25 ta varianti yaratilgan bo’lib, ular quyidagi uchta guruhga ajratiladi:
Delphi 1 – Delphi 8 (1995-2003-yillar)
Delphi 2005 – Delphi 2010 (2005-2009-yillar)
Delphi XE 1 – Delphi XE 10 (2010-2017-yillar)
Yodda Saqlang!
Vizual dasturlash eng zamonaviy dasturlash usuli hisoblanadi.
Dunyoda bir necha million dasturlovchi o’z faoliyatida Delphidan foydalanadi.
E’tiboringiz uchun rahmat.
http://hozir.org
Do'stlaringiz bilan baham: |