9. Olingan tish operatsiyasidan keyingi og‘rishi. Odatda olingan
tish o‘rni, og‘riqsizlantirish ta’siri o‘tgandan so‘ng ozroq og‘riydi va
og‘riq bir necha soatdan so‘ng yo‘qoladi. Lekin ayrim hollarda oradan
1–3 kun o‘tgandan so‘ng og‘riq paydo bo‘ladi. Bu og‘riqning sababi
alveola katagiga yot jinsning (tish siniqlari, plomba bo‘laklari va
boshqalar) tushib qolishi yoki tish olish paytida tish katagi devorlarini
o‘ta kuchli bosimli shikastlantirish sabab bo‘ladi. Bunda alveola
katagining yallig‘lanishi kuzatilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |