3. Asfeksiya holatining kelib chiqishi. Olingan tishni, tam ponni
qon laxtalarini nafas yo‘liga tushib qolishi asfeksiya holatini keltirib
chiqaradi. Bemorda yo‘tal xuruji boshlanadi. Bemorni tezda rentgen
tekshiruvidan o‘tkazib pulmanolog shifokor bilan birgalikda davo
rejasi tuzilishi va yordam ko‘rsatilishi kerak bo‘ladi.
4. Alveolalar osig‘ining sinishi. Alveolalar o‘sig‘i yoki jag‘ning bir
qismini olinayotgan tish bilan birga qo‘porib chiqish.
5. Pastki jag‘ning sinishi. Kam uchraydigan asorat. Bunday asorat
jag‘da patologik jarayon kechayotgan bo‘lsa sodir bo‘ladi (o‘smalar,
osteomilit, tuberkulyoz, sifilis). Jag‘ sinishi agar tish olish operatsiyasi
uslubi buzilib, qo‘pol harakat qilinsa ham sodir bo‘lishi mumkin.
6. Pastki jag‘ning chiqishi. Og‘iz o‘ta katta ochilsa va unga ver-
tikal bosim bilan ta’sir ko‘rsatilsa, sodir bo‘lishi mumkin. Shun day
120
aso rat sodir bo‘lmasligi uchun chap qo‘l barmoqlari yordamida pastki
jag‘ mahkam ushlab turiladi.