Parodont xastaliklari tasnifi
I. Gingivit – milkning mahalliy va umumiy noxush ta’sirlar osti-
da tish-milk cho‘ntagining butunligi bilan kechuvchi yallig‘lanish
jarayoni.
Shakllari: kataral, gipertrofik, yarali.
Kechishi: o‘tkir, surunkali, qaytalovchi.
Ko‘lami: chegaralangan, diffuz.
Klinik darajasi: yengil, o‘rta og‘irlikda, og‘ir.
II. Parodontit – periodontal boylam va suyak to‘qimasining buzi-
lishi bilan birgalikda namoyon bo‘luvchi parodont to‘qimasining
yallig‘lanish jarayoni.
Kechishi: o‘tkir, surunkali, o‘tkirlashuvchi, qaytalanuvchi.
Klinik darajasi: yengil, o‘rtacha og‘irlikda, og‘ir.
Ko‘lami: chegaralangan, diffuz (keng tarqalgan).
Do'stlaringiz bilan baham: |