IX BOB
PARODONT KASALLIKLARI
Parodont to‘qimasi to‘qimalar kompleksi bo‘lib, quyidagi to‘qima-
lardan tashkil topgan: milk, alveola o‘sig‘i, suyak usti pardasi, perio-
dont to‘qimasi va ildiz sementi. Parodont to‘qimalari bir biri bilan
chambarchas bog‘liq bo‘lib, anatomik, funksional va genetik jihatdan
bir butundir. Parodont kasalliklari birmuncha ko‘p tarqalgan kasallik
bo‘lib bolalarda va kattalarda ham uchraydi. Parodont kasalliklarini
ko‘pgina stomatolog olimlar o‘rganishgan va o‘z fikrlarini tavsiya
qilish gan. Parodont kasalliklarining 150 ga yaqin turi bor. Hozir bar-
cha MDH davlatlarida stomatologlari davolaydigan parodont ka-
salliklari xiliga ko‘p jihatdan mos keladigan tasnif 1983-yilda Yerevan
shahrida bo‘lib o‘tgan stomatologlar plenumida qabul qilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |