Texnika ekinlari
Sanoatda xom ashyo sifatida ishlatiladigan qishloq xo’jalik ekinlari
texnik ekinlar deb ataladi.
Texnik ekinlar sanoatni turli tarmoqlariga: to’qimachilik (tolali
ekinlar), yog’ sanoatiga (moyli ekinlar), kand sanoatiga (shakar moddasi
bor ekinlari), oziq-ovqat sanoatining boshqa ba’zi bir tarmoqdariga (choy,
), tamaki va farmatsevtika sanoati uchun xom ashyo beradi.
Tolali ekinlar, asosan to’qimachilik sanoati uchun xom ashyo beradi
va unga paxta, zigir hamda kanop kiradi.
Paxtachilik. Paxta to’qimachilik sanoati uchun asosiy xom ashyo
hisoblanadi. Chigit birmuncha yuqori haroratda (15°) unib chiqadi, o’zoq
rivojlanadi, shonalaydi, gullaydi va ko’sak tugadi. G’o’za 25—30°
haroratda yaxshi rivojlanadi. 17—20° haroratda rivojlanishi susayadi.
Shuning uchun u issiqsevar va yorug’sevar o’simlik hisoblanadi. Paxta
mo’tadil
mintaqaning
janubiy
qismlarida,
tropik
ia
subtropik
mintaqalarning sug’oriladigan yerlarida etishtiriladi. Jahonda yiliga 15—
17 mln.t. paxta tolasi yetishtiriladi. Asosiy paxta yetishtiradigan davlatlar
quyidagilar: Xitoy, AQSH, Xindiston, O’zbekiston.
Zig’irchilik. Zig’ir pastroq haroratda o’sa boshlaydi, shuning uchun
ham erta ekiladi, o’sish (rivojlanish) davri qisqa. Shu hossalari bilan zig’ir
qurg’oqchil xududlarda yaxshi moslashgan bo’lib, tuproq qatlamidagi
baxorda to’plangan namdan foydalanib, quruqroq mavsum boshlanguncha
o’z taraqqiyotini tugallay oladi. Ammo ushbu hossalari uni shimoliy
rayonlarda ham keng tarqalishiga imkon beradi. Yoz salqin, yomg’irli va
bulutli bo’ladigan rayonlardagina zig’ir yaxshi sifatli tola beradi va hosili
yuqori bo’ladi. Bunday rayonlarda zig’irning poyasi uzun va
shoxlamaydigan navlari ekiladi. Dasht zonasining yoz quruq va issiq
keladigan joylarida esa zig’irning poyasi kalta va sershox navlari ekiladi,
bu navlardan asosan moy olinadi.
O’rmon zonasida, ya’ni namgarchilik yuqori bo’lgan shimol va
g’arbda zig’ir juda yuqori hosil beradi. Eng shimoldagi rayonlarda
zig’irdan yuqori sifatli tola olinadi. Zig’ir asosan qumoq tuproqlarda
yaxshi rivojlanadi.
85
Kanopchilik. Kanop tolasidan arqon, kanop, dag’al gazlama
tayyorlanadi. Ushbu o’simlikning geografik tarqalishi juda keng. Zig’ir
kabi kanop ham turli iqlim mintaqalarida yetishtiriladi. Kanopning
shimoliy va janubiy navlari bor. Shimoliy navlari o’rmon dasht zonasida
ko’proq ekiladi. Ushbu joylarda yog’in nisbatan ko’p va kanop o’simligi
sevadigan qumoq tuproqlar ko’proq tarqalgan (Masalan, O’rta Rossiya va
Volga bo’yi qirlari). Kanopning janubiy navi mo’tadil mintaqaning
janubida va subtropik mintaqada keng tarqalgan (O’rta Osiyo va Kavkaz
davlatlarida va h.k.)
Kauchuk (kau — daraxt, uchu — oqish; tupi tilida) tanasidan juda
ko’p tabiiy kauchuk olinadigan sharbati (lateks) bor daraxtdir (geveya,
gvayula va h.k.)- Tabiiy kauchukning asosiy qismi Janubi-Sharqiy Osiyo
davlatlarida (Malayziya, Indoneziya, Tailand) yetishtiriladi.
Moyli ekinlar. Moyli ekinlarga paxta, zig’ir, kungaboqar, serept
gorchisasi, soya, rijik, kunjut, tung va zaytun daraxti, araxis kiradi. Bir
qancha ekinlar faqat moy olish uchun ekiladi. Ekinlarning moyi turli
maqsadlarda ishlatiladi. Moyli o’ruklarning chiqindisi (kunjarasi) chorva
mollari uchun to’yimli oziqa bo’lib hisoblanadi.
Kungaboqar Rossiya va Ukrainada ko’proq ekiladi. Bir oz issiqsevar,
qurg’oqchilikka chidamli, yog’ingarchilik kamroq bo’ladigan rayonlarda
yetishtirsa bo’ladi. Jahonda kungaboqar yetishtirish bo’yicha Rossiya
yetakchi o’rinda.
Soya yetishtirish bo’yicha jaxonda AQSH birinchi o’rinda turadi,
asosan moy olish uchun ekiladi. Araxis yetishtirish bo’yicha Xindiston
yetakchi bo’lib, asosan moy olish uchun ekiladi, shuning uchun bu davlat
araxis moyi ishlab chiqarish bo’yicha ham jahonda yetakchi. Zaytun
daraxtidan yog’ olish bo’yicha Italiya birinchi o’rinda. Kunjut issiqtalab
bo’lib, Markaziy Osiyo va Kavkaz davlatlarida ko’proq ekiladi. Ovqatbop
yuqori sifatli moy beradi.
Shakar olinadigan o’simliklar. Bunday o’simliklarga shakarqamish
va qand lavlagi kiradi. Shakarqamish tropik mintaqada ko’proq
yetishtiriladi (Markaziy Amerika, Janubiy Osiyo). Jahonda shakarqamish
yetishtirish bo’yicha Braziliya (250 mln t), Xindiston (170 mln t), Kuba
(70 mln t), Xitoy (50 mln t) va Meksika (40 mln t) yetakchi o’rinlarda
turadi.
Qand lavlagi asosan shimoliy mo’tadil mintaqada yetishtiriladi
(Shimoliy Amerika, Yevropa). Qand lavlagi yetishtirish bo’yicha quyidagi
davlatlar yetakchi: Ukraina (45 mln t), Rossiya (30 mln t), Frantsiya (30
mln. t), Polsha (26 mln. t), AQSH (23 mln. t).
86
Tamakichilik mo’tadil mintaqaning janubiy qismi va tropik
mintaqalarda rivojlangan (Lotin Amerikasi, Markaziy Osiyo, Janubiy va
Janubi-G’arbiy Osiyo davlatlari). Choy subtropik va tropik mintaqalarda
yetishtiriladi (Xindiston, Xitoy, Shri-Lanka, Indoneziya va h.k.).
Kartoshka yetishtirish. Kartoshka asosan mo’tadil mintaqada
yetishtiriladi (Shimoliy Amerika va yevropa davlatlari). Kartoshka
yetishtirish bo’yicha Rossiya, Polsha, Xitoy yetakchi o’rinlarda turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |