2. Davlat boshqaruvi va uning tamoyillari.
„Ma'muriy huquq” - rahbarlik, boshqaruv ma'nosini anglatuvchi lotincha
„administresio ”so'zi bilan bog’liq tushuncha bo'lib, har qanday davlatning mustaqil
tarmog’idir. Ma'muriy huquqning predmetini davlat boshqaruvini tashkil etish va
amalga oshirishi jarayonida vujudga keladigan ijtimoiy munosabatlar yig’indisi
tashkil etadi. Ma'muriy huquqning predmetini aniqlash uchun „boshqarish” „davlat
boshqaruvi” tushunchalari ustida to'xtalish zarur.
Boshqarish yagona tizim sifatida ikki asosiy element subyekt (boshqaruvchi
eliment) bilan obyekt (boshqaruvchi element ) o'rtasidagi munosabatlarni
anglatib,bunda subyektning obyekt faoliyatini muayyan maqsadga yo'naltirishga
qaratilgan ta'siri tushiniladi. Davlat boshqaruvi ijtimoiy boshqarishning bir turi,
davlat faoliyatining muhim yo'nalishi bo'lib qonun chiqarish, sudlov va boshqa
faoliyatidan, shuningdek jamoat birlashmalari va nodavlat tuzilmalar (mehnat
jamoalari, tijorat tuzilmalari)ning boshqaruv faoliyatidan farq qiladi .
Davlat boshqaruvining asosiy belgilari qo'yidagilardan iborat:
1.
Davlat boshqaruvi yagona davlat hokimyatini amalga oshirish bo'yicha
funksional va vakolatli xususiyatga ega bo'lgan aniq faoliyat turi:
2. Davlat boshqaruvi - ijro etish - farmoyish berishi xarakteriga ega faoliyat. Uning
asosiy yo'nalishi bo'lib ijro etish, ya'ni qonunlar va qonun osti normativ xujjatlarini
hayotga tadbiq qilish hisoblanadi. Bu maqsadlarga hokimyat vakolatlaridan
foydalanish orqali erishiladi.
3. Davlat boshqaruvi – xo'jalik, ijtimoiy – madaniy va ma'muriy-siyosiy ko'rinishga
kundalik va bevosita rahbarlik qilish jarayonida amalga oshiriladigan ijroiya
faoliyat.
4. Davlat boshqaruvi - qonun asosida va uni ijrosini ta'minlash bo'yicha amalga
oshiriladigan faoliyat bo'lib, qonun chiqarish faoliyatiga nisbatan ikkilamchi
xarakterga ega. Demak davlat boshqaruvi - davlat organlarining qonunlari asosida
va ularning ijrosini ta'minlashga qaratilgan va davlatning funksiyalarini amalga
oshirishdan iborat ijro etish-farmoyish berish bo'yicha faoliyati tushuniladi.
O'zbekistonda ma'muriy islohatlarni, davlat boshqaruvini yanada
takomillashtirishda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yildagi chiqargan
55
„Respublika davlat boshqaruv organlari tizimini takomillashtirish to'g’risida”va
„Xo'jalik boshqaruv organlari tizimini takomillashtirish to'g’risida”gi farmonlari
muhim ahamiyatga ega.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 09.12.2003 y. n pf-3358 «Respublika
davlat boshqaruvi organlari tizimini takomillashtirish to'g’risida» farmoning
mazmuni. Jamiyat hayotining barcha tomonlarini erkinlashtirish va isloh qilishning
hozirgi bosqichi talablariga muvofiq iqtisodiyotni boshqarish tizimini yanada
takomillashtirish, davlat tuzilmalarining hokimiyat vakolatlarini qisqartirish, davlat
va xo'jalik boshqaruvi vazifalarini aniq chegaralab qo'yish, shuningdek respublika
davlat boshqaruvi organlari faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida:
1. Vazirliklar, davlat qo'mitalari, qo'mitalar, agentliklar, shuningdek ular
huzurida va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida tashkil
etiladigan davlat boshqaruvi tuzilmalari respublika davlat boshqaruvi organlari
jumlasiga kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |