Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti umumiy huquqshunoslik


O'zbekistoning 1992 yilgi konstitutsiyasining yaratilishi



Download 5,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet164/599
Sana21.07.2021
Hajmi5,35 Mb.
#125437
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   599
Bog'liq
Huquqshunoslik

                   O'zbekistoning 1992 yilgi konstitutsiyasining yaratilishi

  A) O'zbekistoning mustaqillikacha bo'lgan konstitutsiyaviy rivojlanish bosqichlari. 

  B) O'zbekiston Respublikasining mustaqil, suveren davlat deb ye'lon qilinishi. 

  V)  1992  yilgi  O'zbekston  konstitutsiyasi  loyihasini  tayyorlanishi,umumhalq 

muxokamasidan o'tkazilishi, qabul qilinishi va amalga kiritilishi. 

A.O'zbekistoning mustaqillikacha bo'lgan konstitutsiyaviy rivojlanish 

bosqichlari. 

 O'zbekiston konstitutsiyaviy rivojlanishi tarixi uni uzoq vaqt  davomida (70-yildan 

ortiq ) mustamlaka qilib turgan sovet ittifoqining konstitutsiyaviy rivojlanishi bilan 

bog’liq va o'sha konstitutsiyaviy rivojlanishga mos keladi.So'ngi Turkiston avtonom 

respublikasi  1917  yilgi  oktabr'  inqilobi  natijasida  Rossiya  Federasiyasi  tuzilishi  

bilan uning tarkibiga kirgan yedi. 

    O'zbekiston respublikasi yurist olimlari O'zbekiston respublikasi konstitutsiyaviy  

rivojlanishning tarixiy bosqichlarini qo'yidagicha ko'rsatadilar. 

    Birinchi bosqich hisoblangan kapitalizmdan sosalizimga o'tish deb nomlangan va 

1917yildan  30-yillarning  o'rtalarigacha  davom  yetgan  davirga  RSFSRning  1918 

yilgi  konstitutsiyasi  va  boshqa  respublikalar,  shu  jumladan  o'sha  davrda  RSFSR 




 

153


tarkibiga  kiruvchi  Turkiston  avtonom  respublikasining  1918  yilgi  konstitutsiyasi, 

Buxoro  XDSR,  Xorazim  XDSRning  shu  davirda  qabul  qilingan  konstitutsiyalari 

kiradi.  Bu  davr  konstitutsiyalariga,  shuningdek    O'zbekiston  SSrning  sobiq  Sovet 

ittifoqining  1924  ylgi  konstitutsiyasi  asosida  qabul  qilingan  1927yilgi 

konstitutsiyasi kiradi. 

         Ikkinchi  bosqich  –  sosializimni  qurish  va  uning  g’alabasini  mustahkamlash 

deb  nomlangan  va  30-yillarning  o'rtalaridan80-yillarning  o'rtalarigacha  davom 

yetgan  davr  konstitutsiyalariga-sobiq  sovet  ittifoqining    1936yilgi  konstitutsiyasi 

asosida  qabul  qilinganO'zbekiston  SSrning  1937yilgi  konstitutsiyasi,  O'zbekiston 

tarkibiga  kiruvchi  Qoraqalpog’iston  ASSrning  1937  yilda  qabul  qilingan 

konstitutsiyasi kiradi. 

         Uchinchi bosqich – bu sosializimning  uzil-kesil  g’alabasi  va  uni qayta qurish 

deb  nomlangan  va  80-yillarning  o'rtalaridan    sobiq  ittifoqning  parchalanishigacha 

bo'lgan davr konstitutsiyalariga – sobiq sovet ittifoqining 1977 yilgi konstitutsiyasi 

asosida 

qabul 


qilingan 

O'zbekiston 

SSrning 

1978 


yilgi 

konstitutsiyasiQoraqalpog’iston ASSRning o'sha yilgi konstitutsiyasi kiradi. 

Bu konstitutsiyalarga 1988-1990  yillardagi qayta qurush davrining  ijtimoiy  va 

siyosiy o'zgarishlarini xisobga olib, ayrim o'zgartirishlar kiritilgan. 

   Turkiston  ASSRning  birinchi  konstitutsiyasi  o'lka  sovetlarining  6-

qurultoyida  1918yil  15-oktabrda  qabul  qilingan  yedi.Turkiston  ASSRning  yangi 

konstitutsiyasi  1920  yil  24-sentabrda  TASSRning  sovetlarning  9sezdida  qabul 

qilingan  bo'lib,  bu  konstitutsiya    batomom    butun  Rossiya    MIKtomonidan  qabul 

qilingan. 

Bu  konstitutsiya  20  bob,  109moddani  o'z  ichiga  oluvchi    6-bo'limdan  iborat 

yedi.Uning  ikki  bo'limi  (1).yeksplotasiya  qilinuvchi  mexnatkash  xalqlarning 

huquqlari deklarasiyasi  va (2).RSFSR konstitutsiyasining asosiy qoidalari ko'chirib 

olingan yedi. Qolgan 4 bo'lim Turkistoning ijtimoiy va davlat tuzilishiga , Turkiston 

avtonom  respublikasi  RSFSRning  o'zaro  munosabatlariga  (3  bo'lim),  oliy  va 

mahalliy hokimiyat hamda ijroiya organlari (4 bo'lim 9-bob)bag’ishlangan yedi. Bu 

bo'limda  butun  Turkiston  sovetlari  qurultoyi,  MIK  va  uning  rayosati  ,xalq 

komissarlari soveti va  xalq komisariyatining  tuzilishi va ularni tashkil yetish tartibi 



 

154


va  vakolati  ko'rsatilgan.  Shu  bo'limda  mahalliy  sovetlar  va  ularning  ijroiya 

kometitlarining vakolatlari ham ko'rsatilgan. 

Yakunlovchi  (6)  bo'limda  moliya  va  budjet  masalalari  o'z  ifodasini  topgan. 

Turkiston  Respublikasining  1920  yilgi  konstitutsiyasi  mahalliy  sharoitni  , 

respublikaning  milliy,  yetnografik,  jo'g’rofiy    va  boshqa    xususiyatlarini    inobatga 

olmagan holda asosan RSFSRning 1918 yilgi konstitutsiyasi asosida tuzilgan. 




Download 5,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   599




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish