150
biridan xuquqiy tartibga solish predmet iva metodi bilan farqlanadi.
Konstitutsiyaviy
huquq
tarmog’ining
predmeti-O'zbekiston
Respublikasi
Konstitutsiyaviy asosiy prinsiplari , inson va fuqarolarning asosiy huquqlari
yerkinliklari va burchlarini, jamiyat bilan shaxs o'rtasidagi aloqalarni ,davlat
tuzilishi va ma'muriy-hududiy bo'laklarni tashkil qilishni, ularning huquqiy holatini,
davlat hokimiyati organlarining tizimi,vakolati va ish faoliyati belgilovchi huquqiy
normalar hamda ularning ijtimoiy munosabatlarini tartibga solishdan kelib chiqqan
huquqiy munosabatlar yig’indisidan iborat.
Shuni takidlash kerakki, konstitutsiyaviy huquq predmetiga konstitutsiyaviy
huquq normalarigina yemas,balki shu huquqiy normalarning amalga oshirilishi,ya'ni
ularning muayyan ijtimoiy munosabatni tartibga solishi natijasida kelib chiqadigan
huquqiy munosabatlar ham kiradi.
Konstitutsiyaviy huquq predmetini ta'riflashda yuridik adabiyotda boshqa
fikrlar ham bo'lgan.M: Leningrad Unevirsitetining yurist olimlari konstitutsiyaviy
huquq predmetiga «Davlatning amaldagi konstitutsiyasi bilan tartibga solinadigan
ijtimoiy munosabatlarning yig’indisi»ni kiritadilar ( Konstitusionnoye pravo
Pod.red.S I.Rusenova L.:1975 g )
Konstitutsiyaviy huquq predmetiga amaldagi konstitutsiya normalari va bu
normalvrning amalga oshirilishi natijasida kelib chiqadigan ,hokimyatni amalga
oshirishga qaratilgan huquqiy munosabatlar kiradi, deydilar boshqa gruh olimlar.
Ularning fikricha, konstitutsiyaviy huquq predmetiga « sinflar, milatlar, halq va
davlatning hokimiyat, mustaqillik va shaxsning yerkinligi yuzasidan kelib
chiqadigan
o'zaro
amaldagi
huquqiy
konstitutsiyaviy
munosabatlari
kiradi.(Gosudarstvennoye pravo- sarotov.1979 38- b: Farber I.YE.Rjevskiy
V.A.Teoriya konstitusionnogo pravo- sarotov.1967-5-6).
Shuning uchun ikkala qarash vakillari davlat huquqini «konstitutsiyaviy
huquq» deb nomlashni taklif qilgan yedilar.
Konstitutsiyaviy huquq boshqa huquq tarmoqlaridan o'zining ijtimoiy
munosabatlarini tartibga solish uslubi bilan ham farq qiladi .Huquqning bu
tarmog’ida halq hokimiyatini amalga oshirishning bir qancha uslublari,xususan
huquq normalarini yaratishi huquq subektlariga ba'zi bir harakatlarni qilishga ruxsat
151
berishi yoki mann yetish,ba'zi bir harakatlarning oldini olish kabi uslublar
ishlatiladi.
Konstitutsiyaviy huquq normalari davlat organlari tizimini,ularning
tuzilishini, vakolatlarini,faoliyat ko'rsatish shakillarini belgilaydi. Ular ma'muriy
huquq, jiroyat huquqi, jiroyat-prosessual huquqi, fuqarolik huquqi va boshqa huquq
tarmoqlari uchu nasos sifatida xizmat qiladi.
Shunday qilib, O'zbekiston Respublikasining huquqiy tizimiga kiruvchi qaysi
bir huquq tarmog’ini olmaylik, ular konstitutsiyaviy huquq tarmog’i o'rnatadigan
umumiy prinsiplardan kelib chiqadi. Shuning uchun ham konstitutsiyaviy huquq
tarmog’i huquqy tizimiga kiruvchi yetakchi huquq tarmog’i hisoblanadi. (Osnovin
V.S. Mesto i rol' gosudarstvennogo pravo 6 sistema prava // Pravovedeniye 1972.
№ 5 -5-14- b.
Do'stlaringiz bilan baham: