Agar shaxsning qasddan jinoyat sodir etishi natijasida ehtiyotsizlik orqasida
boshqa ijtimoiy xavfli oqibatlar yuz bergan va shunday qilmishni qonun qattiqroq
javobgarlik bilan bog’lagan bo'lsa, bunday jinoyat qasddan sodir etilgan deb
anglashi mumkin va lozim ham bo'lmagan yoki uning ijtimoiy xavfli oqibatlariga
ko'zi yetmagan va ishning holatlariga ko'ra ko'zi yetishi mumkin va lozim ham
Jinoyatlarni u yoki bu belgilariga qarab turkumlarga ajratish jinoyatlarni tasniflash
140
deb aytiladi. Jinoyat huquqida jinoyatlarni ijtimoiy xavflilik darajasiga qarab
quyidagicha tasniflash mumkin:
A) Ijtimoiy xavfi katta bo'lmagan jinoyatlar:
B) Uncha og’ir bo'lmagan jinoyatlar:
V) Og’ir jinoyatlar:
G) O'ta og’ir jinoyatlar.
Ijtimoiy xavfi katta bo'lmagan jinoyatlarga qonunda ozodlikdan mahrum qilishga
nisbatan yengilroq jazolar nazarda tutilgan jinoyatlar kiradi. M qasddan badanga
yengil shikast yetkazish.Uncha og’ir bo'lmagan jinoyatlarga qasddan sodir etilib
qonunda 5 yildan ko'p bo'lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish tariqasda
jazo nazarda tutilgan jinoyatlar, shunengdek ehtiyojsizlik orqasidan sodir etilib,
qonunda ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo nazarda tutilgan jinoyatlar
kiradi. M: jarima, axloq tuzatish ishlari..
Og’ir jinoyatlarga qasddan sodir etilib, qonunda og’ir jazo sifatida 5 yildan
ortiq, lekin 10 yildan ko'p bo'lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish nazarda
tutilgan jinoyatlar kiradi.
O'ta og’ir jinoyatlarga qasddan sodir etilib, qonunda 10 yildan muddatga
ozodlikdan mahrum qilish yoki umurbod ozodlikdan mahrum qilish nazarda
tutilgan jinoyatlar kiradi.
Jinoyatlarni obyektiga qarab tasniflash masalasi JKning maxsus qismidagi
jinoyatlarni maxsus obyektiga qarab gruhlarga ajratish va maxsus obyektning
ahamiyatiga qarab JKda joylashtirishdadir. O'zbekiston Respublikasi JKning
maxsus qismining 1- bo'limida shaxsga qarshi jinoyatlar, 2-bo'limida tinchlik va
xavsizlikka, qarshi jinoyatlar 3-bo'limida iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar, 4-
bo'limida ekologiya sohasidagi jinoyatlar va h..k..joylashtirilgan.
Jinoiy jazo JKning 42-moddasida jazoga qo'yidagicha tushuncha berilgan:
„Jazo jinoyat sodir etishda aybli deb topilgan shaxsga nisbatan davlat tomonidan
sud hukmi bilan qo'llanadigan va mahkumni qonunda nazarda tutilgan muayyan
huquq va erkinliklaridan mahrum qilish yoki ularni cheklashdan iborat majburlov
chorasidir. Jazoning maqsadi Jkning 42-moddasi 2-qismida qayd qilingan „Jazo
mahkumni axloqan tuzatish, uning jinoiy faoliyatini davom etirishga to'sqinlik
141
qilish hamda mahkum, shunengdek boshqa shaxslar yangi jinoyat sodir etishining
oldini olish maqsadida qo'llaniladi:
Jazo tizimi-jinoyat qonuni bilan o'rnatilgan va sudlar uchun majburiy
hisoblangan va ma'lum tartib asosida ularning yengilidan og’iriga qarab
joylashtirilgan jazolar ro'yxatidir. Jazo tizishda nazarda tutilgan maxkumlarning
huquqlarini cheklash, moddiy va ma'naviy jafo keltirishi va ijro etish usuliga qarab
shartli ravishda qo'yidagi guruhlarga ajratish mumkin:
1. Mahkumlarga nisbatan moddiy jafo keltiruvchi jazolar bularga jarima, axloq
tuzatish ishlari, mol-mulklarni musodara qilish.
2. Mahkumlarga ma'naviy jafo yetkazuvchi jazolarga : Xizmat bo'yicha cheklash,
xarbiy yoki maxsus unvondan mahrum qilishi.
3. Mahkumlarning ayrim huquqlarini cheklovchi jazolarga muayyan huquqdan
mahrum qilish jazosi kiradi. M: Faoliyatini to'xtatish vrachlik faoliyati.
4. Mahkumlarning ozodligi cheklovchi jazolarga qamoq, intizomiy qisimga
jo'natish ozodlikdan mahrum qilish .
Do'stlaringiz bilan baham: