Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti umumiy huquqshunoslik


Demak,  ekologiya    huquqi  -    tabiat  va    jamiyat  tizimida    paydo



Download 5,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet130/599
Sana21.07.2021
Hajmi5,35 Mb.
#125437
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   599
Bog'liq
Huquqshunoslik

Demak,  ekologiya    huquqi  -    tabiat  va    jamiyat  tizimida    paydo 

bo`ladigan    ekologik-huquqiy  munosabatlarni    tartibga  solishga    qaratilgan 

keng qamrovli  va ko`p tarmoqli  huquq sohalaridan  biri  bo`lib hisoblanadi. 

 

Shuni  ta'kidlash  joizki,  har  bir      fan  yoki  huquq    sohasi    ijtimoiy  



munosabatlarni    tartibga  solish    jarayonida  tutgan  o`rni  va    tartibga    solinayotgan  

munosabatlarning  ko`lamiga  ko`ra  o`ziga xos xususiyatlariga  ega bo`ladi. 

 

Shu  jumladan  ekologiya  huquqi    ham  birinchi    navbatda  huquq    tizimining  



alohida  sohasi    sifatida    boshqa  huquq  sohalari  bilan  chambarchas    bog`liq  bo`lib, 

huquqning  umum    e'tirof  etilgan    tamoyil,  shakl  va  qoidalardan    foydalanib,  

rivojlanib bormoqda. 

Shuning  bilan    bir  qatorda    ekologiya  huquqi    tartibga    solayotgan  ijtimoiy  

munosabatlar    tabiat  qonuniyatlari,  tabiiy  resurslar,    ekologik  tizim  va 

komponentlarga    ta'sir  etish,    ya'ni  holatining    yomonlashishi,  miqdorining  

kamayishi, muvozanatning  buzilishi, turlarning yo`qolib ketishi va  hokazolar kabi 

jarayonlarda    paydo  bo`ladi.  Hammamizga    ma'lumki,  inson  tabiat  mahsuli,  uning 

bir  qismi,  tabiat    qonuniyatlari  doirasida    shakllangan,  rivojlanayapti  va  taraqqiy 

etib  boradi.  Bir  so`z  bilan    aytganda  “Tabiat-jamiyat”    tizimida    tabiat  beqiyos 

darajada    ustun  huquqqa,  ko`lamga  va  salohiyatga    egadir.  Shuning  uchun  ham 

jamiyat  o`z taraqqiyotiga  erishmoqchi bo`lsa, albatta tabiatning muqaddas, ustuvor 

qonuniyatlarini  anglashi,  e'tirof etishi, o`z hatti-harakatlarini moslashtirishi  va eng 

muhimi  o`z  ehtiyojlarini    qondirish    bilan  bog`liq  harakat  yo`nalishlari    tabiatning  

holatiga  bog`lab    rivojlantirishi    lozim  bo`ladi.    Ko`rib    turibmizki,  ekologik 

huquqiy  munosabatlarni tartibga  solishda  tabiiy qonuniyatlarning  ustuvorligi  o`z 

navbatida  ekologiya  huquqining    boshqa  huquq  sohalaridan    farq  qiluvchi,  ajralib  

turuvchi xususiyatlari  mavjudligini taqozo etadi. Ushbu  xususiyatlar  birinchidan,  




 

121


ekologik  munosabatlarni  tartibga    solishda  tabiat    qonuniyatlarini    ustunligini  

ta'minlash;  ikkinchidan,  jamiyat  hayotida  shakllangan  ekologik    umummajburiy  

tamoyil,  qoida-talablarning    ijtimoiy  munosabatlarini    tartibga  solishda    qo`llash; 

uchinchidan, ekologik munosabatlarni tartibga solish mexanizmida konstitutsiyaviy, 

ma'muriy,  mehnat,  jinoiy,  fuqarolik,  xo`jalik-huquqiy  chora-tadbirlaridan 

foydalanish va to`rtinchidan, ekologik  muammolarni hal qilishda  jamiyat hayotida 

ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy  va  ma'naviy-madaniy jabhalarini chora-tadbirlarini keng 

safarbar qilish bilan belgilanadi. 

 Ekologiya  huquqi    murakkab  ta'limot  tizimiga  ega  bo`lib,  tabiat 

qonuniyatlari    va  jamiyat    qonunlarining  o`zaro  moslashishi,  muvofiqlashishi 

natijasida shakllanadi, rivojlanyapti va taraqqiy etadi.  Shuning uchun ham tabiatda 

bo`ladigan  o`zgarishlar,  voqea-xodisalar  bilan  bog`liq  nazariy  ta'limot  va  bilimlar 

o`z  navbatida  jamiyatning  tabiat  sir-asrorlari,  ilmini  chuqurlashtirishga  xizmat 

qiladi.  Chunki,  tabiiy  bilimlarni  o`rganish  o`z  navbatida  jamiyatning  tabiat  bilan 

bo`ladigan  o`zaro  munosabatlarini  uyg`unlashtiradi,  har  bir  davlat  ekologik 

siyosatini yo`nalishlarini oqilona belgilashga  xizmat qiladi. 

 

Bugungi  kunda    tabiat  qonunlarini    o`rganish    tabiiy  resurslarning 



rivojlanishi, o`zaro bog`liqligini darajasi ekologik tizimdagi  muayyan tabiiy resurs, 

tur  va  komponentlar  sifat  va  miqdoriy  o`zgarishlari,  ularga  bo`ladigan  ta'sir 

doiralarini  aniqlash  yoki  bir  so`z  bilan  aytganda  tabiat  ilmini  o`rganishda    tabiiy 

fanlar  tizimida  o`z  yo`nalishi,  xususiyatlariga  ega  bo`lgan  ekologiya  fani  tobora 

rivojlanib bormoqda. 

 

Biz  ekologiya  huquqi  fanini  chuqurroq  o`rganmoqchi  bo`lsak,  avvalambor 



“Ekologiya fani” haqidagi umumiy tushuncha va yo`nalishlarini yetarli anglashimiz 

kerak bo`ladi.  




Download 5,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   599




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish