www.ziyouz.com kutubxonasi
285
Abdulloh ibn Umar (ikkovlaridan ham Alloh rozi bo‘lsin) biron ovqat tayyorlatsalar,
ko‘chadan hay’atli kishi o‘tsa, chaqirmasdilar, miskin o‘tsa, chaqirar edilar va: “Ovqatga
ishtahasi yo‘q kishini chaqirib, ovqatga muhtoj bandani tark qilasizlarmi?” derdilar.
719. Payg‘ambarimizdan (s.a.v.): “Odamlarni ko‘proq jannatga kiritadigan narsa nima?”
deb so‘rashdi. U zot: “Allohdan qo‘rqish va yaxshi xulq”, dedilar. So‘ng do‘zaxga
odamlarni ko‘proq kirgizadigan narsa haqida savol berishdi. “Ikki bo‘sh (qo‘yilgan) narsa
– og‘iz va farj hamda yomon xulq”, deb javob qildilar.
Oyisha onamiz (r.a.) aytadilar: “Yaxshi xulq, yaxshi qo‘shnichilik va qarindoshlar bilan
bog‘lanib turish yurtlarni obod etadi, umrlarni ziyoda qiladi, garchi qavm fojir bo‘lsa ham
720. Ibn Umar (r.a.) aytadilar: “Men Nabiy (s.a.v.) masjidlarida Abu Bakr, Umar,
Usmon, Ali, Abdurahmon, Ibn Mas’ud, Maoz, Huzayfa, Abu Said Xudriylar (Alloh
hammalaridan rozi bo‘lsin) bilan birga o‘tirgan edim. Madinalik bir yigit kelib,
Payg‘ambarga (s.a.v.) salom berdi. So‘ng o‘tirib: “Mo‘minlarning qaysisi afzal?” deb
savol qildi. Nabiy (s.a.v.): “Xulqi yaxshirog‘i”, dedilar. Keyin: “Mo‘minlarning qaysisi
ziyrakroq?” deb so‘radi. “O‘limni ko‘p eslaguvchilar va o‘lim kelmasidan oldin unga
hozirlik ko‘ruvchilar, ana o‘shalar ziyrakdirlar”, deb javob qildilar Rasuli Akram (s.a.v.).
Yigit boshqa hech narsa so‘ramadi. So‘ngra Payg‘ambar (s.a.v.) bizlarga yuzlanib
aytdilar: “Ey muhojirlar va ansorlar jamoasi, beshta xislat borki, men ularni sodir
etishlaringizdan Allohdan panoh tilayman: qaysi qavmda fohisha ish oshkoralik
darajasigacha borsa, oralarida bo‘lmagan vabo kasalligi va ochlik yoyiladi, tarozi va
o‘lchovdan urib qolsalar, qahatchilik bilan jazolanadilar va ularga zolim podsho sultonlik
qiladi, mollarining zakotini bermasalar, osmonning yomg‘iridan mahrum qilinadilar, agar
hayvonlar bo‘lmasa edi, ularga yomg‘ir yog‘masdi, Alloh va Uning rasuliga bergan
ahdlarini buzsalar, Alloh taolo dushmanlarini ulardan ustun qilib qo‘yadi, agar imomlari
Allohning kitobi bilan hukm qilishni tark etsalar, oralarida ixtilof paydo qiladi”.
721. Abu Hurayra (r.a.) Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qiladilar. U zot aytadilarki:
“Sizlar odamlarni mol -dunyoingiz bilan yig‘a olmaysizlar. Balki yaxshi xulq va ochiq yuz
bilan (atrofingizga) to‘play olasizlar”.
722. Abdurahmon ibn Jubayr otasidan, otasi Navos ibn Sam’on Ansoriydan (r.a.) rivoyat
qiladi. U kishi aytadilar: “Payg‘ambardan (s.a.v.) yaxshilik va yomonlik to‘g‘risida
so‘radim. “Yaxshilik – go‘zal xulqdir. Gunoh –ko‘nglingda paydo bo‘lib, uni odamlarga
oshkor qilishni yomon ko‘rgan narsangdir”, deb javob qildilar”.
723. Abu Hurayra (r.a.) Payg‘ambarimizning (s.a.v.) shunday deganlarini rivoyat
qiladilar: “Kishining saxovati – uning dini, muruvvati – aqli, nasl-nasabi – xulqidir
724. Abu Sa’laba Xoshaniy Nabiydan (s.a.v.) rivoyat qiladilar: “Menga sizlarning
sevimlirog‘ingiz va oxiratda menga eng yaqin turadiganingiz xulqi go‘zal
bo‘lganlaringizdir. Menga yoqimsizingiz va oxiratda mendan uzoq turadiganingiz xulqi
yomonlaringizdir”.
Ibn Abbos (r.a.) aytadilar: “Yaxshi xulq quyosh qorni eritganidek, xatolarni eritadi,
yomon xulq ham asalni sirka buzganidek, amalni buzadi.
Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy
Do'stlaringiz bilan baham: |