www.ziyouz.com kutubxonasi
271
Luqmoni Hakim o‘g‘liga shunday nasihat qilganlar: “Ey o‘g‘lim, agar Allohni zikr
qilayotgan qavmni ko‘rsang, ular bilan birga o‘tir. Chunki olim bo‘lsang, ilmingga foyda
beradi, ilmsiz bo‘lsang, senga ilm o‘rgatadilar. Shoyad, Alloh taolo ularga rahmatini
in’om etganida, senga ham bu rahmatdan yetsa. Allohni zikr qilmaydigan qavmni
ko‘rsang, ular bilan birga o‘tirma. Chunki olim bo‘lsang, ilmingni ko‘paytirmaydi, ilmsiz
bo‘lsang yo‘l ko‘rsatmaydi. Tag‘in Alloh ularga g‘azab qilganida, senga ham g‘azabidan
yetib qolmasin”.
683. Abu Said Xudriy (roziyallohu anhu) rivoyat qiladilar. Payg‘ambar (s.a.v.) dedilar:
“Alloh taoloning yer yuzini kezib yuradigan farishtalari bordir. Agar ular Allohni zikr
qilayotgan qavmni ko‘rishsa: “Sizlar izlayotganlar bu yerda, bu yoqqa kelinglar”,
deyishadi. Ular kelishadi va zikr ahlini o‘rab olishadi. Keyin osmonga ko‘tarilishganda,
Alloh taolo ularga: “Bandalarimni qanday holatda tark qildinglar?” deydi. Holbuki, Uning
o‘zi yaxshiroq biladi. Farishtalar: “Ularni Senga hamd aytayotgan, Seni nuqsonlardan
poklayotgan, Seni zikr qilayotgan hollarida tark etdik”, deyishadi. Alloh aytadi: “Ular
nimani istaydilar?” Maloikalar: “Jannatni”, deb javob berishadi. Alloh azza va jalla: “Ular
jannatni ko‘rishganmi?” deb so‘raydi. “Yo‘q”, deyishadi. Alloh: “Agar ko‘rganlarida
qanday talab qilishar edi?” deydi. Farishtalar: “Agar uni ko‘rgan bo‘lganlarida, yanada
qattiqroq talab qilar edilar”, deb javob qilishadi. So‘ngra Alloh taolo: “Qaysi narsadan
panoh istaydilar?” deb so‘raydi. Farishtalar: “Do‘zaxdan panoh so‘rashmoqda”, deb
javob qilishadi. Alloh taolo: “Ular uni ko‘rishganmi?” deydi. Farishtalar: “Yo‘q”, deb
aytishadi. Alloh: “Agar do‘zaxni ko‘rganlarida, qanday bo‘lardi?” deb so‘raydi. Farishtalar
aytishadi: “Agar uni ko‘rganlarida, undan qochishlari va qo‘rqishlari qattiqroq bo‘lar edi”.
So‘ngra Alloh taolo shunday deydi: “Ey farishtalarim, sizlarni guvoh qilib aytamanki, Men
ularning gunohlarini kechdim”. Farishtalar aytishadi: “Ularning ichida bir xatokor kishi
bor, u zikr qilish uchun kelmagan, balki ularga ishi tushib kelgan”. Alloh: “Bu qavm
shunday qavmki, ular bilan birga o‘tirgan kishi baxtsiz bo‘lmaydi”, deydi”.
Abdulloh ibn Mas’ud (r.a.) aytadilar: “Solih kishi bilan o‘tirmoq mushkni ko‘tarib
yuruvchi bilan o‘tirmoq kabidir. Senga mushkdan bermagan taqdirda ham, hidi kelib
turadi. Yomon kishi bilan o‘tirmoq temirchi bilan o‘tirmoq kabi. Kiyimingga o‘t
tushmaganda ham, tutuni dimog‘ingga urib turadi”.
Ka’bul Ahbor (rahmatullohi alayh): “Alloh taolo butun mavjudodni yaratmasidan oldin
ikki kalimani yozib, arshning tagiga yozib qo‘ygan. Ularda nima yozilganini maloikalar
bilishmaydi, ammo men bilaman”, dedilar. U kishidan: “Ey Abu Ishoq, ularda nima
yozilgan?” deb so‘rashdi. Aytdilar: “Bittasida, bir kishi solihlarning amalini qilib, keyin
fojirlar bilan suhbatda bo‘lsa, uning amallarini gunohga aylantiraman va qiyomat kuni
fojirlar bilan birga tiriltiraman, deb yozilgan. Ikkinchisida, bir kishi barcha yomonlarning
ishini qilib, keyin yaxshilar va solihlar bilan suhbatdosh bo‘lsa, ularni yaxshi ko‘rsa,
uning gunohlarini yaxshilikka aylantiraman va qiyomat kuni yaxshilar qatorida
tiriltiraman, deb bitilgan”.
Faqih Abu Lays Samarqandiy aytadilar: “Kim olimning oldiga kelib, u bilan birga o‘tirsa,
uning ilmini egallashga qodir bo‘lmasa ham, unga yettita yaxshilik bordir:
Birinchidan, ta’lim oluvchilarning fazilatiga erishadi.
Ikkinchidan, olim bilan birga o‘tirishda davom etsa, gunoh va xatolardan xoli bo‘ladi.
Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy
Do'stlaringiz bilan baham: |