“Endi qachon o‘zing va sen bilan birga bo‘lgan kishilar kema ustida joylashib
olsa: “Bizlarni zolim qavmdan qutqazgan Allohga hamdu sano bo‘lsin”, deb ayt”
(Mo‘minlar, 28-oyat). Ibrohim xalilur Rahmon (alayhissalotu vassalom) aytganlar:
“Menga keksalik paytimda Ismoil va Ishoqni hadya qilgan zot – Allohga hamdu
sanolar bo‘lsin, albatta, Parvardigorim barcha duolarni eshituvchidir” (Ibrohim,
39-oyat). Dovud (alayhissalom) va Sulaymon (alayhissalom) aytadilar:
“Bizlarni ko‘p mo‘min bandalardan afzal qilib qo‘ygan zot – Allohga hamdu
sano bo‘lsin” (Naml surasi, 15-oyat).
Jannat ahllarining ibodati ekani shuki, ular olti o‘rinda Alloh taologa hamd aytadilar:
1. Allohning:
“Ey jinoyatchi kimsalar, mana bu kunda (mo‘minlardan) ajralinglar” (Yosin
surasi, 59-oyat), degan so‘zi aytilgan paytda, shunday deydilar:
Do'stlaringiz bilan baham: |