www.ziyouz.com kutubxonasi
167
366. Rafo’a ibn Rofe’ ibn Xolid aytadilar: "Biz Pay-g‘ambar sollallohu alayhi vasallam
huzurlarida edik, shu vaqt bir kishi kelib, qiblaga yuzlanib namoz o‘qidi. Keyin namozini
tugatib, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam oldilariga kelib, u zotga sollallohu alayhi
vasallam va qavmga salom berdi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: "Qaytib
namozingni boshqatdan o‘qi, sen namoz o‘qimading", dedilar. Haligi kishi qaytib, yana
namoz o‘qidi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam yana: "Namozingni qaytadan o‘qi,
chunki sen namoz o‘qimading", dedilar. Shunday deb ikki yoki uch marta buyurdilar. U
kishi: "Imkoniyatim boricha o‘qidim, ammo namozimning aybini bilmayapman", dedi.
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Tahoratni Alloh buyurganidek
mukammal qilmasalaringiz, namozlaringiz komil bo‘lmaydi. Tahoratda yuzini, so‘ng ikki
qo‘lini tirsagigacha yuvadi va boshiga mash tortadi, keyin ikki oyog‘ini to‘pig‘igacha
yuvadi. Keyin Allohga takbir va hamd aytadi, so‘ng Qur’ondan qodir bo‘lganicha o‘qiydi,
so‘ngra takbir aytadi va ruku’ qiladi, qo‘lini tizzasiga qo‘yib, bo‘g‘inlarini xotirjam
ushlaydi, ozgina turgandan keyin boshini ko‘tarayotib, "sami’allohu liman hamidah", deb
qomatini tik qiladi va ozgina turib, so‘ng takbir aytib sajdaga ketadi".
Shunday qilib, to‘rt rak’at namozning o‘qilishini tushuntirdilar. So‘ng: "Ana shunday
qilmasangizlar, hech biringizning namozingiz to‘liq bo‘lmaydi", dedilar.
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam sajda bilan ruku’ni to‘liq qilishni buyurdilar va
ularsiz namoz qabul bo‘lmaslik xabarini berdilar. Mo‘min kishi namozini chiroyli,
mukammal qilishga va bu namoz uning o‘tgan gunoh va xatolariga kafforat bo‘lishiga
harakat qilmog‘i lozim.
367. Usmonning (r.a.) ozod qilgan qullari Horis aytadilar: "Usmon (r.a.) biz bilan
o‘tirgan edilar, muazzin keldi. Usmon (r.a.) suv oldirib, tahorat qildilar, keyin:
"Payg‘ambarning sollallohu alayhi vasallam men qilgandek tahorat qilganlarini
ko‘rganman va: "Kim men qilganday tahorat olib, peshin namozini o‘qisa, Alloh taolo u
namozi bilan bomdod namozi orasida bo‘lgan gunohlarini kechiradi, keyin asrni o‘qisa,
Alloh taolo asr bilan peshin orasidagi gunohlarini kechiradi. So‘ng shom namozini o‘qisa,
Alloh taolo shom bilan asr o‘rtasida o‘tgan gunohlarini kechiradi. Keyin xufton namozini
o‘qisa, xufton bilan shom namozi orasida bo‘lgan xatolarini kechiradi. So‘ng yotadi va
dumalab kechani o‘tkazadi. So‘ng turib, tahorat qilib, bomdod namozini o‘qisa, Alloh
taolo bomdod va xufton namozi orasidagi xatolarini kechiradi. Bu yaxshiliklar
yomonliklarni ketkazadi", deganlarini eshitganman", dedilar.
Odamlar aytishdi: "Qolgan solih amallar-chi?" Aytdilar: "Subhanalloh valhamdulillah, va
laa ilaha illallohu vallohu akbar, va laa havla va laa quvvata illa billahil ‘aliyyil az’im".
368. Abdulloh ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. U zot aytdilarki: "Kimni erta bir kun
qiyomatda Alloh taologa musulmon holda yo‘liqishi xursand qilsa, farz namozlarni azon
aytilgan vaqtda ado etsin. Alloh taolo Payg‘ambaringizga hidoyat yo‘lini ko‘rsatdi.
Albatta, u namozlar hidoyat yo‘llaridandir. Qasamki, jamoatdan kechikkan kishi uyida
namoz o‘qiganidek, sizlar ham namozlaringizni uylaringizda o‘qisangizlar,
Payg‘ambaringizning yo‘lini tark qilgan bo‘lasizlar. Payg‘ambaringiz sollallohu alayhi
vasallam sunnatlarini tark qilsangizlar, adashasizlar. Hali shunday zamonga yetamizki,
bu namozlardan faqatgina la’natlangan munofiq kishi kech qolib, jamoatga chiqmaydi.
Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy
Do'stlaringiz bilan baham: |