II BOB. O‘LIM QO‘RQINCHI VA SHIDDATI
17. Faqih Abu Lays Samarqandiy aytadi: Anas ibn Molik roziyallohu anhu
Payg‘ambarimizdan rivoyat qilib aytadiki: “Kim Alloh bilan uchrashmoqni yaxshi ko‘rsa,
Alloh ham u bilan uchrashmoqnni yaxshi ko‘rgay va kim Alloh taolo bilan uchrashmoqni
yoqtirmasa, Alloh ham u bilan uchrashmoqni yomon ko‘radi”. Shunda: “Ey Rasululloh,
biz hammamiz o‘limni yomon ko‘ramiz-ku”, deb aytdilar. “Bu yomon ko‘rishlik emasdir.
Agar mo‘min kishi o‘lim to‘shagida yotgan bo‘lsa, Alloh taolo uning huzurida
yaxshilardan bo‘lib qaytishligi haqida o‘sha bandaga xushxabar keladi va unga Alloh
diydoridan yaxshiroq biror narsa bo‘lmaydi va Alloh ham uni uchratmoqni yaxshi ko‘radi.
Agar fojir yoki kofir o‘lim to‘shagida yotgan bo‘lsa, Alloh taolo uchun yomonlardan
bo‘lganligi, yomonlardan hisoblanganligi aytilib, qo‘rqitib, ogohlantirish keladi va u Alloh
bilan bo‘ladigan uchrashuvni yomon ko‘radi. Alloh ham u bilan ko‘rishmoqni
xohlamaydi”, dedilar Nabiy (s.a.v.).
18. Payg‘ambarimizdan Hasan rivoyat qiladi. Aytdilarki: “Mo‘min odamga o‘limning
og‘irligi va uning qiyinligi shu qadarki, qilich bilan uch yuz zarba urgandek”.
Faqih aytadi: Kimiki o‘limga ishonsa va o‘lim unga ham keladi, undan hech chora yo‘q,
deb bilsa, o‘sha inson solih amallari bilan va nopok ishlardan tiyilishi, o‘zini undan
chetlashi bilan o‘limga hozirlik ko‘rmog‘i lozim bo‘ladi. O‘sha o‘lim o‘ziga qachon yetishini
bilmaydi. Payg‘ambar (s.a.v.) o‘z ummatlariga o‘limning og‘irligini, uning achchiqligini
nasihat qilib, o‘limga tayyorlanmoqliklarini, har doim hozir bo‘lib turmoqliklarini va bu
dunyoning qiyinchiliklariga sabr qilmoqliklarini bayon qilib berdilar. Chunki dunyo
mashaqqatlariga sabr qilish o‘limning qiyinchiligidan yengilroqdir. Chunki o‘lim
qiyinchiligi va og‘irligi oxirat azoblaridandir. Oxirat azobi bu dunyo azobidan qattiqroqdir.
19. Jobir ibn Abdulloh Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qiladi: Dedilarki: “Bani Isroil
haqida gapiringlar, uning zarari yo‘q, chunki ular ko‘p ajoyibotlari bo‘lgan qavmdir”.
So‘ng odamlar ular haqida gaplasha boshladilar. Shunda Nabiy (s.a.v.) aytdilarki: “Bani
Isroildan bir qavm chiqdi, ular bir qabriston oldiga kelishdi va: “Agar namoz o‘qib, so‘ng
Rabbimizga duo qilsak, biz uchun ba’zi o‘liklarni chiqaradi va bizga o‘lim haqida xabar
beradi”, dedilar hamda namoz o‘qib, Parvardigorga duo qildilar. Ular shunday duo qilib
turgan vaqtlarida to‘satdan bir kishi qora qabrdan boshini ko‘tarib: “Ey odamlar, nimani
xohlaysizlar? Allohga qasamki, men to‘qson yil ilgari o‘tganman, lekin o‘lim azobi, uning
achchig‘i xuddi hozir bo‘layotgandek, haligacha mendan ketgani yo‘q, Alloh taologa duo
qilinglar, men qanday bo‘lsam, o‘sha holimga qaytarsin”, dedi. Uning ikki ko‘zi orasida
sajda izlari bor edi”.
20. Abdulloh ibn Musavvar Hoshimiydan rivoyat qilinadi: “Bir kishi Payg‘amibarimiz
huzurlariga kelib, menga ilmning g‘aroyiblaridan o‘rgatmog‘ingiz uchun huzuringizga
keldim”, dedi. Shunda unga: “Ilmning avvalida nima ishlar qilding?” dedilar. U: “Ilmning
avvali nima?” deb so‘radi. “Ulug‘ va qudratli Rabbingni tanidingmi?” dedilar. “Ha”, deb
javob berdi. “Allohning haqqiga nima ishlar qilding?” deb so‘radilar. “Alloh xohlaganicha
ishlar qildim” deb javob berdi. Keyin: “O‘limni bildingmi?” dedilar. “Ha”, dedi. “O‘lim
uchun nima hozirlik ko‘rding?” dedilar. “Alloh xohlaganicha”, dedi. “Borgil va u yerda
Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy
Do'stlaringiz bilan baham: |