6.1-mashq.
Esse matnini o‘qing.
Kunlarning birida Ozod akaga tegajoqlik
qilib so‘radim:
– Tanqidchining obro‘si nima bilan
o‘lchanadi?
– Bilasizmi, bu savolingizga Rasul Ham-
zatovning quyidagi so‘z lari bilan javob berish
mumkin. U shunday deydi:
1. Yomonni har doim yomon deb, yaxshini
har doim yaxshi deb ayt.
2. Pashshadan fil yasama, lekin fildan
pashsha yasashni xayolingga ham keltirma.
3. Kitobda yo‘q narsa to‘g‘risida emas,
unda bor narsa haqida gapir.
4. O‘z fikringni asoslash uchun Belin skiydan boshlab, hamma ulug‘
kishilardan hadeb misollar keltiraverma. Agar shu fikr haqiqatan seniki
bo‘lsa, uni o‘zingning aqling bilan isbotla.
5. Ravshan fikrni ravshan va tushunarli til bilan insho qil. Noaniq
gaplarni asti yozma.
6. Shamolning yo‘nalishini ko‘rsatib turadigan pirpirak bo‘lma.
Agar har bir tanqidchi ustoz aytgan mana shu fikrlarga amal qilganida
edi, tanqidchiligimiz yutuqlari yana ham ko‘paygan bo‘lardi.
Do'stlaringiz bilan baham: |