TERGOVGА QАDАR TEKSHIRUV ORGАNLАRI TUSHINCHАSI VА FАOLIYATI
© O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yong`in xavfsizligi instituti - 2021
muassasalar xodimlari xizmatni oʼtashning belgilangan tartibiga qarshi qilgan
jinoyatlarga doir ishlar, xuddi shuningdek mazkur muassasalar hududida sodir
etilgan boshqa jinoyatlarga doir ishlar boʼyicha; 5) davlat yongʼindan nazorat qilish
organlari — yongʼinlarga doir va yongʼinga qarshi qoidalarni buzganlikka doir ishlar
boʼyicha; 6) chegarani qoʼriqlash organlari — davlat chegarasini buzganlikka doir
ishlar boʼyicha; 7) olis safarda boʼlgan dengiz kemalarining kapitanlari; 8) davlat
bojxona xizmati organlari — bojxona toʼgʼrisidagi qonun hujjatlarini buzganlikka
doir ishlar boʼyicha; 9) Oʼzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi
Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va uning joylardagi
boʼlinmalari — byudjet, soliq va valyuta toʼgʼrisidagi qonun hujjatlarini buzganlikka
doir ishlar boʼyicha; 10) Oʼzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi
Majburiy ijro byurosi va uning joylardagi boʼlinmalari — voyaga yetmagan yoki
mehnatga layoqatsiz shaxslarni, ota-onani moddiy taʼminlashdan boʼyin tovlashga,
sud qarorini bajarmaslikka, band solingan mol-mulkni qonunga xilof ravishda
tasarruf etishga doir ishlar boʼyicha, shuningdek elektr, issiqlik energiyasi, gaz,
suvdan foydalanish qoidalarini buzish bilan bogʼliq boʼlgan ishlar boʼyicha; 11)
Oʼzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʼmitasining Chakana savdo va xizmat
koʼrsatish sohasida huquqbuzarliklarni profilaktika qilish bosh boshqarmasi va
uning hududiy boʼlimlari — bozorlar, savdo komplekslari hududlarida va ularga
tutash boʼlgan avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylarida aniqlangan
moliyaviy-iqtisodiy va soliq sohalaridagi huquqbuzarliklarga doir ishlar boʼyicha.
12) Oʼzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va uning joylardagi boʼlinmalari —
qonun bilan ularning ish yuritishiga berilgan ishlar boʼyicha. 13) Oʼzbekiston
Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati — uning yurituviga taalluqli ishlar
boʼyicha.
Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ boshligʼining va uning
mansabdor shaxsining vakolatlari-tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi
organning boshligʼi sifatida harakat qila turib, tergovga qadar tekshiruvni
boshlashga yoki oʼziga boʼysunuvchi boshqa mansabdor shaxsga uni yuritishni
topshirishga, jinoyat ishini qoʼzgʼatishga yoki ish qoʼzgʼatishni rad etishga yoxud
arizani, xabarni tergovga tegishliligiga koʼra oʼtkazishga haqlidir. Tergovga qadar
tekshiruvni amalga oshiruvchi mansabdor shaxs zimmasiga tergovga qadar
tekshiruvni amalga oshirishga doir vazifalarni yuklatish tartibi mazkur organ
tomonidan belgilanadi.
Boshliqning topshirigʼiga binoan va uning rahbarligida ishlayotgan mansabdor
shaxs jinoyatning oldini olish yoki uning sodir etilishiga yoʼl qoʼymaslik, dalillarni
toʼplash va saqlash, jinoyat sodir etishda gumon qilinganlarni ushlash va
yashiringan gumon qilinuvchilarni qidirib topish hamda jinoyat tufayli yetkazilgan
mulkiy zararning oʼrni qoplanishini taʼminlash uchun zarur boʼlgan, kechiktirib
boʼlmaydigan barcha harakatlarni amalga oshirishi shart. Tergovga qadar
tekshiruvni yoki tezkor-qidiruv tadbirlarini amalga oshiruvchi organning mansabdor
shaxsi zimmasiga tergovchi, surishtiruvchi yuritayotgan ish boʼyicha ayrim
protsessual harakatlarni va tezkor-qidiruv tadbirlarini oʼtkazish toʼgʼrisidagi
topshiriqlarini bajarish hamda tergovchiga, surishtiruvchiga protsessual
harakatlarni bajarishida koʼmaklashish majburiyati ham yuklatiladi.
Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi
tergovga qadar tekshiruvni amalga oshirayotganda, xuddi shuningdek
tergovchining, surishtiruvchining topshirigʼini bajarayotganda, ushbu Kodeksda
belgilangan qoidalarga amal qilgan holda protsessual harakatlarni amalga oshiradi
Do'stlaringiz bilan baham: |