DAVLATLAR NOMLARINING ETIMOLOGIYASI
BOBURJON MAVLONOV
- 32 -
Fruis tomonidan yozilgan xatning tarjimasida "Giapan (o'qilishi "Jyapan") shaklida
ishlatilgan.
Ch
Chernogoriya - ventsiyalik bosqinchilar tomonidan qalin yashil o'rmonlar bilan
qoplangan Lovchen tog'ining tashqi ko‘rinishiga qarab 'montenegro' - "qora tog'" deb
atalgan. Mamlakatning zamonaviy mahalliy nomi 'Cma Gora, Chernogoriya nomining
so'zma-so'z tarjimasidir. Ba'zi tillarda mamlakat nomi sifatida "qora tog'"
birikmasining to'g'ridan-to'g'ri tarjimasi ishlatiladi. Masalan, Alban tilida Mali i Zi,
grek tilida Μαυροβούνιο, turk tilida Karadağ.
Chili - Chili so'zining kelib chiqishi haqida turli xil nazariyalar mavjud. Tarixchi
Xose de Akostaning ta'kidlashicha, kuechua tilidagi "Chili" so'zi "sovuq" yoki
"chegara" ma'nosini anglatadi. XVII asrning ispan tarixchisi Diego de Rosalesning
fikriga ko'ra, Inklar Akonkagua vodiysini o'sha davrda Tili deb nomlashgan. Boshqa
nazariyalarga ko'ra, Chili o'z nomini tubjoy amerikaliklar tilida "yerning tugashi" yoki
"dengiz bo'shliqlari" degan ma'noni anglatadi; "Mapuche" tilidagi "chilli" - "yer
tugaydigan joy" degan ma'noni anglatadi; yoki Kechua tilidagi "chiri" - "sovuq" yoki
"tchilli" - "qor" yoki "yerning eng chuqur nuqtasi" degan ma'noni anglatadi.
Chexiya - Mamlakat nomi V asrdan beri ma'lum bo'lgan slavyanlarning chex
qabilasining etnonimidan kelib chiqqan. Chex so'zining etimologiyasini "xalq a'zosi,
qarindosh" degan ma'noni anglatuvchi proto-slavyan tilidagi asos - "čel" so'zidan
olingan (chex tilidagi "člověk" - odam so'zi ham shu asosdan yasalgan).
O'
O'zbekiston - bu toponim ham O'rta Osiyoning boshqa davlatlari nomlari qatori
1924-yilgi milliy-hududiy chegaralanish natijasida paydo bo'lgan. Ungacha yurtimiz
hududlari Turkiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi deb atalgani hammaga
ma'lum. Endi "o'zbek" etnonimining kelib chiqishi haqida gaplashsak.
O’zbek atamasining kelib chiqishi haqida barcha tomonidan tan olingan aniq bir
tushuncha mavjud emas. Rus olimlari P.P.Ivanov. A.Yu.Yakubovskiy bu atamani Oltin
O'rda xoni O’zbekxon (1312-1340) nomi tufayli paydo bo’lgan deb da’vo qilishsa,
G’arb olimlaridan bo’lmish Allen J. Frank va Peter B. Golden «o’zbek» atamasi
Turkiston kengliklarida Oltin O’rda xoni O’zbekxondan ancha oldin paydo bo’lgan deb
ta’kidlashadi. Ba’zi olimlar esa, masalan, M.Ermatov «o’zbek» so’zining paydo
bo’lishini turkiy qabilalardan bo’lmish o'g'uzlar bilan bog’laydi.
Ammo, Oltin O’rda xoni O’zbekdan avval ham bu atama mavjud bo’lgan.
Masalan, XII asrda yashagan muarrix Usoma ibn Munqiz “Kitob al-I’tibar” asarida
Musil (Iroq shimolidagi shahar) amirining ismi O’zbek bo'lgan deb qayd etadi.
Mashhur muarrix Rashdiddin Fazlulloh al-Hamadoniy ham o’zining “Jome at-Tavorih”
asarida ilgezidiylar sulolasiga mansub Tabriz hokimining ismi O‘zbek Muzaffar deb
Do'stlaringiz bilan baham: |