Microsoft Word янги урта масофа


-BOB. MUSOBAQA OLDI TAYYORGARLIK



Download 1,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/58
Sana20.07.2021
Hajmi1,8 Mb.
#124348
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   58
Bog'liq
yengil atletika orta va uzoq masofalarga yuguruvchilar uchun murabbiyining kasbiy-pedagogik faoliyati

3-BOB. MUSOBAQA OLDI TAYYORGARLIK 
DAVRIDA MURABBIYNING FAOLIYATI 
۞۩۞۩۞۩۞۩۞۩۞۩۞۩۞ 
 
Sport  mashg’ulotlarining  murabbiydan  kasbiy  yetuklik  va 
pedagogik  mahorat  darajasi  yuqori  darajada  bo’lishini  talab  qiluvchi 
bosqichlaridan  biri  musobaqa  oldi  tayyorgarligidir.  Bu  bosqichda 
murabbiy  o’z  faoliyatini  sportchini  musobaqalarda  yuqori  sport 
formasiga  erishib  etib  kelishini  ta’minlashga  qaratishi  kerak. 
Ma’lumki  yuqori  sport  formasiga  erish  sport  mahoratining 
rivojlanishining  mantiqiy  davomidir.  Sportchini  musobaqalar  oldidan 
yuqori  sport  formasiga  erishtirishning  davomiyligi  sportchining 
tayyorgarlik  darajasi  va  malakasiga  bog’liq.  Masalan  III  va  II 
razryadli  sportchilarga  yuqori  sport  formasiga  erishish  uchun  20-25 
kun  vaqt  sarflansa,  I  razryadli  sportchilar  va  sport  ustaligiga 
nomzodlar  7-10  kun  mobaynida  bunga  erisha  oladilar.  Sport  formasi 
deganda  biz  sportchining  yuqori  ishchanlik  qobiliyatini  namoyish 
qilishiga  imkon  beruvchi  harakatlanish  fiziologik  va  ruhiy  sifatlarga 
ega  bo’lishii  tushunamiz.  Murabbiy  musobaqalarga  15-17  kun 
qolganda  yuqori  yuklamalar  berishni    rejalashtirishi  kerak,  bunda 
nazorat  bellashuvlariga  alohida  urg’u  berish  lozim.  Bu  nazorat 
bellashuvlari  o’quv-  mashg’ulot    sifatida  qabul  qilinishi  va  sport 
formasini “so’nggi cho’qqiga” ko’tarish vazifasini o’tashi kerak. 
Bu  bosqicha  musobaqalar  yuklamasidan  foydalanish  zarurdir, 
chunki bu yuklamalar umumiy nostandart moslashuvlar  mexanizmini 
yaratishi, 
himoyalanish 
quvvatini 
safarbar 
qilishi, 
oqsillar 
parchalanishini  oshirishi,  murakkab  musobaqalar  sharoitida  ruhiy 
ishonch va barqarorlikni  shakllantirishi ko’zda tutiladi. 
Asosiy  startga  7-10  kun  qolganda    murabbiy  qisqartirilgan 
uzluksiz  mashg’ulotlarni  o’tkazishi  kerak.  Keyinchalik  mashg’ulotlar  
orasidagi  dam  olishlarni  ko’paytirishi  va  bevosita  musobaqalar 
oldidan  esa  musobaqada  yugurish  kerak  bo’lgan  masofaning  uchdan 
bir 
yoki 
chorak 
qismiga 
musobaqalar 
tezligida 
yugurish 
mashg’ulotlarini o’tkazish kerak. 
Shuni yodda tutish lozimki musobaqalarga qatnashish munosabati 
bilan 
mashg’ulot 
yuklamalarini 
haddan 
tashqari 
kamaytirib 
yubormaslik  kerak,  bu  organizmning  tiklanish  imkoniyatini  to’xtatib 


O’RTA VA UZOQ MASOFALARGA YUGURUVCHILAR UCHUN MURABBIYINING KASBIY-PEDAGOGIK FAOLIYATI 
~ 49 ~ 
 
qo’yishi  va  maxsus  tayyorgarlik  darajasini  pasaytirib  yuborishi 
mumkin. 
Yuqori sport formasiga erishishi davrida  sportchi salomatligining 
xolti  ham  muhim  rol  o’ynaydi.  Keyingi  yillarda  olib  borilgan 
izlanishlar  va  tabiiy  xulosalar  shuni  ko’rsatmoqdaki,  bu  bosqichda 
yengil  atletikachilar  ko’pincha  shamollab  qolishlari    va  oldingi  
(xronik  )  kasalliklari  qayta  qo’zg’ashi  kuzatiladi.  Sportchilar  yuqori 
sport  formasiga  erishishi  jarayonida  1-2  kg  ga  ozishlari  ro’y  beradi. 
Murabbiy shuni esdan chiqarmasligi kerakki, muddatidan oldin ozish-
lik  organizmning  qarshilik  ko’rsatish  imkoniyatlarini    pasaytirishi  va 
kasallikka  chalinishiga    olib  kelishi  mumkin.  Bu  davrda  organizmni 
vitamin va oqsillarga boy taomlar bilan oziqlantirish talab qilinadi. 
O’z kuchiga bo’lgan ishonch, ruhiyatining ijobiy xissiyotlar bilan 
boyitish  sportchining  tayyorgarlik  darajasining  oshishiga  xizmat 
qiluvchi  qo’shimcha  omillardir.  Bu  ma’noda  murabbiyning  ichki 
sezgisi,  uning  sport  ruhiy  holatiga  salbiy  ta’sir  ko’rsatuvchi 
noxushliklarni  bartaraf  qilish  uchun  samarali  ta’sir    ko’rsatish 
omillarini  tanlay  bilishi  musobaqa  oldi  tayyorgarligini  oshirishga 
yordam  beradi.  Sportchining    bevosita  musobaqa  oldi  tayyorgarlik 
davrida  o’z    ichki  kechinma  va  xissiyotlarini  boshqara  olishi  juda 
muhim ahamiyat kasb  qilishi barchaga ma’lumdir. 
Xulosa  qilib  shuni  ta’kidlash  lozimki,  bevosita  musobaqo  oldi 
tayyorgarlik  davrida  murabbiy  oldida  turgan  asosiy  vazifalar 
quyidagilardan iborat: 
1. Yuklamalarni  individual  rejalashtirishning  eng  qulay  usullarini 
tanlash. 
2. Pedagogik  nazorat  ko’rsatkichlari    tahlilini  o’z  vaqtida 
o’tkazish. 
3. Sportchi organizmini o’z vaqtida vitamin (darmondori)lar bilan 
ta’minlashni  tashkil  qilish,  uning  to’g’ri    ovqatlanish  rejimiga  qat’iy 
rioya  qilishini  nazorat  qilish  va  salomatligi  holatini  doimiy  kuzatib 
borish. 
Ma’lumki  sport  formasi  shakllanishida  jismoniy  tayyorgarlik 
bilan  bir  qatorda  ruhiy  tayyorgarlikning    ham  o’rni  muhim  sanaladi. 
Yuqori  sport  ko’rsatkichlarini  qayd  qilish  yuqori  texnik  tayyorgarlik, 
taktik  fikrlash,  ruhiy  sifatlar  tizimiga  ega  bo’lish,  qayta  tiklaish 
vositalaridan unumli foydalanish hisobiga yuz beradi. 


O’RTA VA UZOQ MASOFALARGA YUGURUVCHILAR UCHUN MURABBIYINING KASBIY-PEDAGOGIK FAOLIYATI 
~ 50 ~ 
 

Download 1,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish