11-Ma‘ruza. Mavzu: Salavkiylar davlati va Yunon-Baqtriya davlati



Download 418,56 Kb.
Pdf ko'rish
Sana20.07.2021
Hajmi418,56 Kb.
#124180
Bog'liq
11-maruza



11-Ma‘ruza. 

Mavzu: Salavkiylar davlati va Yunon-Baqtriya davlati. 

                                                                 Reja: 

1.  Aleksandr vafotidan keyin  O‘rta Osiyodagi siyosiy, ijtimoiy vaziyat.  

2.  Salavkiy davrida O‘rta Osiyodagi siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy axvol. 

3.  Yunon Baqtriya davlatining tashkil topishi. 

4.  Yunon Baqtriya davlatning ichki va tashqi siyosati. 

 

    Aleksandr  Makedonskiy334  yildan  323  yilgacha  dunyodagi  yirik  imperiyaga 



asos  soladi.    Lekin  uning  imperiyasida  turli  halq  va  millatlar  kuch  bilan 

bo‘ysudirilgani uchun u zaif imperiya bo‘lgan.  Aleksandr MakedonskiyHindisonni 

egallashga ketganda, mil.avv. 325 yilda Aleksandr Makedonskiyo‘lganligi haqida 

soxta  xabar  tarqaladi,  Baqtriya  va  Sug‘d  gornizonlari  isyon  ko‘taradilar.      3 

mingtacha  askarlar Baqtra shahrini qo‘lga kiritib, o‘zlariga Afinador degan ismli 

kishini  shoh  qilib  ko‘taradilar  va  va  Gresiyaga  qaytishga  qaror  qiladilar.  Bu 

g‘alayon  bostiriladi.  Bu  haqdagi  xabarni  Aleksandr  Makedonskiyga  Oksiart 

еtkazadi. 

Aleksandr  Makedonskiymil. avv. 323  yil 13 iyunda vafot etadi.   Aleksandr 

Makedonskiyyaratgan  imperiya  taxti  uchun  Aleksandr  Makedonskiy  diadox  ( 

lashkarboshi) lari o‘rtasida   o‘rtasida hukmronlikka intilish kayfiyati kuchaydi.  

Aleksandr  vafotidan  keyingi  12  yil  davomida  uning  davlatining  sharqiy 

qismini avval Perdikka keyin Antipatr boshqargan. Ular  Iskandar va Roksananing 

balog‘atga  еtmagan  o‘g‘lining  regentlari  bo‘lgan.  Hokimiyat  uchun  bo‘lgan 

kurashlar  natijasida  Roksana  va  uning  o‘g‘li  o‘ldiriladi.  Bular  haqida  to‘liq 

manbalar saqlanmagan.  

 

Diodor va Kursiy  Ruf Aleksandr Makedonskiyning o‘limi Sug‘d xududidga 



darhol  ta’sir  ko‘rsatganini  yozadi.    Mil.avv.  323  yilda    Aleksandr 

Makedonskiyvafot  etgach,  Sug‘d  va  Baqtriyada    grekdlar  yashaydigan  shahar  va 

qishloqlardan 20 mingga yaqin piyoda va 3 ming otliq to‘planadi.  Ularni Perdikka 

o‘z askarlari bilan qirib yuboadi va ularning mol mulkini askarlariga bo‘lib beradi. 

Shundan  keiyn  Sug‘d  satrapi  o‘z  lovozimidan  tushirilib  o‘rniga    makedoniyalik 

bo‘lgan Filipp tayinlanadi. Shu davrdan boshlab Sug‘d va Baqtriya bir satraplikga 

aylanadi.  

Aleksandr 

Makedonskiyvafotidan 

keyin 


diadoxlar 

–lashkarboshilar 

o‘rtasidagi  kurashdan  so‘ng  Aleksandr  Makedonskiydavlati  3  qismga  bo‘linib 

ketadi.    Misrda  Ptolomeylar,  Gresiya  va  Makedoniyada  Antigonidlar,      O‘rta  еr 




dengizining sharqiy qismidan to shim.g‘arbiy Hindistongacha bo‘lgan xududlarda  

Salavkiy qo‘lida bo‘lgan. 

Maxalliy  boshqaruvlarga  chek  qo‘yish  uchun  mil.avv.  315  yildan  barcha 

satrapliklarda hokimlar grek va makedonlar bilan almashtiriladi.  Faqat Aleksandr 

Makedonskiyqaynotasi  Oksiart  o‘z  o‘rnida  qoladi.    Ammo  lashkarboshilari 

o‘rtasidagi  hokimiyat  uchun  kurash  tobora  kuchaya  bordi.  Ko‘plab  qonli 

janglardan  keyin  imperiyaning  g‘arbiy  viloyatlarining  hokimi  Salavka  miloddan 

avvalgi 312 yilda Vavilonda o‘z hokimiyatini mustahkamladi. U Vavilonni olgach 

sharqiy  satrapliklarni  qo‘lga  kiritishga  intildi.    Pompey  Trogning  yozishicha,  u 

Bobilda  o‘z  xokimiyatini  mustaxkamlab  olgach,  Baktriya  bilan  jang    qila 

boshlagan.  Parfiya  va  Sug‘dni  ham  o‘ziga  bo‘ysundirgan.  Lekin  Shimoliy 

Hindistonni  o‘ziga  bo‘ysundira  olmagan.  Salavka  miloddan  avvalgi  311-302 

yillarda  boshqa    satraplar  bilan  ham  jang  qilib,  Sharqda  o‘z  hukmronligini 

batamom  mustahkamladi.  Shunday  qilib,  Salavka  I  parfiyanlar,  baqtriylar, 

so‘g‘diylar, girkanlar ustidan o‘z hukmronligini o‘rnatdi. 

Salavka  I  sharqiy  satrapliklar  ustidan  qozongan  g‘alabadan  so‘ng  miloddan 

avvalgi  302  yilda  Suriya,  Kichik  Osiyo  va  Mesopotamiya  viloyatlari  hukmdori 

Antigon  bilan  to‘qnashdi.  Bir  yildan  so‘ng  bu  to‘qnashuv  Salavkaning  g‘alabasi 

bilan tugadi.  

Salavkiylar  poytaxti  (Efrat)    Dajla  daryosi  bo‘yidagi  Salavkiya  shaxri 

bo‘lgan  mil.avv. 300 yilgacha. 300 yildan keyin (Shimoliy Suriya) Oront daryosi 

bo‘yidagi Antioxiya shaxri bo‘lgan.   

Shunday  qilib, Iskandar imperiyasining katta  qismi  Salavkaning qo‘l  ostiga 

o‘tdi.  Endi  u  o‘ziga  tegishli  viloyatlarni  boshqarish  yo‘lida  siyosat  yuritdi.  Shu 

maqsadda  u  satrapliklarni  maydalab  yubordi,  ularning  soni  72  ta  edi.  Bundan 

maqsad  satrapliklarning  qudratini  pasaytirish  va  ular  ustidan  hukmronlikni 

kuchaytirish  edi.  Keyinchalik  ya’ni  Salavka  Ining  merosxo‘ri  Antiox  III  davrida 

Salavkiylar davlati tarkibidagi satrapliklar yana yiriklashdi. 

Tarixiy  manbalarag  ko‘ra,  Salavka  75  ta  yangi  shahar  qurdirgan.  Bu  asosan 

voxalarning  chekkalarida  va  uzoq  chegaralarda  qurilgan.  Ularda  greklar 

joylashtrilgan.  Tashqi  turli  hujumlardan  himoya  qilish  maqsadida  qurilgan. 

Salavkiylar  tomonidan  eng  chekka  shahar    Yaksartning  narigi  tomonidagi 

Antioxiya  hisoblanadi.  Uning  o‘rni  ma’lum  emas.  Murg‘ob  daryosi  bo‘yida  

Marg‘iyonada  qurilagn  shahar  haqida  Strabon  asrlarida  ma’lumotlar  saqlanib 

qolgan.    Uning  atrofiga  1500  stadiy,  250  km  dan  ortiq  devor  qurdirgan.    Uning 

xarobalari Turkmanistondagi Bayramali shaxri yaqinida deb hisoblashadi.  Antiox 

Tarmita degan shaxar qurganligini yozma manbalarda saqlanib qolgan. Arxeologik 

tadqiqotlar  natijasida  uning  eski  Termiz  o‘rnida  qurilganligi  aniqlangan.  Lekin 




uning faqatgina ark qismi qayta tiklangan, faqat 4 m kv xududdangina salavkiylar 

davriga oid moddiy buyumlar topilgan. Mudofaa devori ham bo‘lmagan.   

 Salavkiylar  davlatiga  doimo  ko‘chmanchi  davlatlar  tomonidan  hujumlar 

uyushtirilib turgan. Ayniqsa Antiox 1 davrida kuchaygan.  Massaget qabilalaridan 

daxlar janubiy Turkmaniston va shimoliy Afg‘oniston xududlariga bostirib kirib u 

еrni  egallaganlar.  Qal’larini  buzib,  qirg‘in  uyushtriganlar.  Shu  sabab  ham 

salavkiylar mudofaani kuchaytirishga majbur bo‘lgan.  

 

Axamoniylar  yil  hisobini  shohlarning  hukmronlik  yilidan  olib  borganlar.  



Salavkiylar  shu    uslubni  joriy  etgan  va  Salavkiylar  erasi  mil.avv.  312  yilning  1 

oktyabridan boshlangan. Bu Salavkaning Bobilni egallagan davri bo‘lgan.  

Salavkiylar davlati tarkibiga Janubiy  Baqtriya va Sug‘diyona kirgan. Mil.avv. 321 

yilda  Perdikka  regentligi  davrida    Stasanor  satrap  etib  tayinlangan.  U  Aleksandr 

Makedonskiyning  yaqin  dusti  bo‘lgan.    Baqtriyaning  sharqiy  qismini  Oksiart 

boshqargan. Mil.avv. 327 yilda u o‘z hududini kengaytrib, parpamis- ya’ni surxon 

vhosini ham qo‘shib olgan.  Oksiartning xudud  Hisor tog‘idan to Hindiqushning 

janubigacha bo‘lgan.   

O‘rta  Osiyoning  shimoli  sharqiy  qismida  Xorazm  mustaqil  bo‘lgan  va  cho‘l 

xududlarida  sak,  massaget  qabilalari    mustaqil  faoliyat  yuritishgan.  Salavkiylar 

davrida Sug‘d va shimoliy Baqtriya  satrapliklari  grek va makedonlar tomonidan 

boshqarilsada, ular mutaqil faoliyat yuritganlar.  

Demak,  salavkiylar  davrida    Xorazm  ,  sak  va  massagetlar,    Baktriyaning 

sharqiy  qismi  maxalliy  hokimlar  tomonidan  mutaqil  boshqarilgan.      Salavkiylar 

davrida Sug‘d va shimoliy Baqtriya  satrapliklari  grek va makedonlar tomonidan 

boshqarilsada,  ular  mutaqil  faoliyat  yuritganlar.  Perdikka  davrida  Baptriya 

boshqargan Stasanor o‘z tangasini chiqargan.  U Afina tangasiga o‘xshash bo‘lib,  

bir tomonida boyqush tasviri bo‘lgan.  Oksiart-Vaxshuvar o‘z nomidan oltin tanga 

chiqargan.  

Salavkiylar  davlatida  boshqarish  tizimi  ush  bo‘g‘indan:  satraplar,  eparxlar  va 

gipparxlardan iborat edi. 

Satraplarning  qo‘lida  katta  hokimiyat  birlashtirilgan,  ammo  ularning 

ixtiyorida  oliy  harbiy  hokimiyat  bo‘lmagan.  Oliy  harbiy  hokimiyatni  markaziy 

hukmdor (podshoh) tayinlagan qo‘shinlar qo‘mondoni-strateg boshqargan. Bu esa 

markaziy  hokimiyatning  ustunligini  ta’minlagan.  To‘g‘ri,  Salavkiylar  davlatining 

ohirgi  davlatlarida  bu  boshqaruv  usuli  sharqiy  viloyatlarda  buzilsa-da,  g‘arbiy 

viloyatlarda o‘z kuchini saqlab qolgan. 

Sharqiy viloyatlar Salavkiylar davlatining iqtisodiyotida muhim o‘rin tutgan. 

Shu  maqsadda  Salavka  Imiloddan  avvalgi  294  yilda  o‘zining  o‘g‘li  Antioxni 

sharqiy viloyatlar hukmdori qilib tayinlaydi.  




Antiox  Salavka  Ining  Spitamenning  qizi  Apama  ismli  xotinidan  tug‘ilgan 

to‘ng‘ich o‘g‘li bo‘lgan. U Apamaga Iskandar tirik vaqtda, ya’ni miloddan avvalgi 

342 yilda uylangan edi. Apama esa ona tomondan ahamoniylar avlodidan bo‘lgan. 

Shuning  uchun  bo‘lsa    kerak  unga  Salavka  Iva  o‘g‘li  Antiox  ham    katta  e’tibor 

berishib,  juda  ko‘p  shaharlarni  uning  nomi  bilan  atagan.  Bu  salavkiylar 

sulolasining  siyosiy  mavqei  uchun  ham  alohida  ahamiyat  kasb  etgan.  Salavkiylar 

davridagi iqtisodiy va siyosiy vaziyatni taxlil etishda numuzmatik materiallar ko‘p 

ma’lumot  beradi.    Ular  B.A.Litvinskiy  va  V.M.Massonlar  tomonidan  keng 

o‘rganilgan. Salavka Iva Antioxlar davrida yangi shaharlar barpo etish masalasiga 

katta  e’tibor  berildi.  Yunon  tarixchisi  Iliniyning  yozishisha,  Marg‘iyonada 

Iskandar  qurdirgan  shaharni  (Aleksandriyani)  mahalliy  aholi  (yunonlar  mahalliy 

aholini  "varvarlar"  deb  ataydi)  buzib  tashlaydi,  uning  vayronalarida  esa  Antiox 

yangi  shahar  barpo  etib,  uni  "Antioxiya"  deb  atagan.  Arrian  esa  Aleksandr  Esxata 

(qadimgi  Xo‘jand)  ni  Salavka  Iqurdirganligini  ta’kidlaydi.  Vizantiya  tarixchisi 

Stefan Skifiyada Antioxiya shahri kurilgan edi, deydi. Sirdaryo (Yaksart) bo‘yida 

Aleksandriya bilan bir qatorda Antiox shahri ham barpo etilgan degan ma’lumotlar 

ham bor. Tarixchi A.Tarn yunon mualliflarining asarlarini tahlil qilib, Skifiyadagi 

Antiox shahri Aleksandr Esxataning o‘zidir degan xulosaga kelgan. 

Salavkalarning O‘rta Osiyoga ta’sirini topilgan tangalar orqali ham aniqlash 

mumkin.  Salavka  1  tangasi  kam  topilgan.  Antiox  1 280-261  tangalari  ko‘p 

topilgan, hattoki kumush va mis tangalar ham topilgan. 261-246 yillarda Shimoliy 

Baqtriya va Sug‘dni boshqargan Antiox 2 tangalari esa, nihoyatda kam uchraydi. 

Antiox  2  davrida  Sug‘dga  sak  va  daxlar  xujumi  antijasida  Salavkiylar  hujumi 

tugaydi.  Shimoliy  Baqtriya  xududida  esa,  mudofaa  devorlari  qurila  boshlangan. 

Boysun  tog‘idan  Amudaryo  xududigacha.    Bularga  Qurganzol,  Qopchig‘oytepa, 

Kampirtepa va Darband xududidan topilgan manzilgohlarni keltirishimiz mumkin.  

Ular  Temir  davrvozaga  boradigan  yo‘lni  nazorat  qilish  uchun  qurilgan.  Temir 

darvoza-Sarimas  tog‘idagi  dara  nomi.  Uni  Buzgalaxona  deb  xam  atashadi. 

Baqtriya  va  Janubiy  Sug‘diyonani  bog‘lovchi  yo‘l.  Sug‘ddan  bu  dara  orqali 

Shurobsoyga  yana  bir  tor  dara  orqali    (500  m.  Kichik  buzgalaxona)  Darbandga 

chiqilgan.    Temir  darvoza    G‘uzordan  Oqrabot  orqali  Surxon  vohasiga  o‘tuvchi  

avtomobil  va  temir  ysho‘larning  chap  tomonida  yo‘ldan  2  km  uzoqlikda 

joylashgan.  Bu еrda fruriron-harbiy post joylashgan. Grek xarbiy manzilgohlarini 

katoykiyalar  deb  atashgan.Mil.avv.2  asrga  oid  Samarqand  xududdidan  Antiox  1 

tangasiga  o‘xshash  tangalar  topilgan.  Unga  shoxli  ot  kallasi  tasvirlangan.  

Salavkiylarning  bu  xududda  ta’siri  kamaygach,  tanga  ham  kamaygan.  Unga 

bo‘lgan  extiyoj  natijasida  yangi  tangalar    chiqarilgan.      O‘rta  Osiyoda  yangi 

maxalliy  sulolalar  xukmronligi  o‘rnatiladi.    Antiox  1  ning  20  yillik  hukmronligi 

davrida u g‘arda to‘xtovsiz urushlar olib borgan va O‘rta Osiyoga kam e’tiborini 



qaratgan. Shu sabab uning davrida O‘rta Osiyo xududida osayishtalik  va iqtisodiy 

o‘sish  kuzatiladi.Qishloq  ho‘jaligi,  hunarmandchilik,  savdo  rivojlanadi.    O‘rta 

Osiyo  xududdi  Salavkiylar  uchun    muxim  iqtisodiy  va  harbiy  strategik  jihatdan 

ham  ahamiyatga  ega  bo‘lgan.  Shu  sabab,  Selevkiya  shaxridan  Baktragacha 

shaharlar qurilgan.   

Miloddan  avvalgi  III  asrda  sodir  bo‘lgan  tarixiy  voqealarni  eslar  ekanmiz, 

birinchi navbatda ko‘chmanchilar harakati ko‘z o‘ngimizga keladi. Bir tomondan 

xunlarning  Sharqiy  Turkistonga  kirib  kelishi,  ikkinchi  tomondan,  u  еrdan 

yuechjilarning  g‘arbga  chekinishi,  ularning  5  ta  qabila  ittifoq  asosida  Farg‘ona  

vodiysiga  kirib  kelishi,  u  еrdan  Farg‘ona    vodiysi,  Jizzax  va  Samarqand  orqali 

Janubiy  So‘g‘diyona,  ya’ni  Naxshabga  kirib  kelishi,  so‘ngra  ularning  Baqtriya 

tuprog‘ida  qaror  topishlari  kuzatiladi.  I  asr  boshlarida  ular  Shimoliy  Baqtriyada 

(Dalvarzintepada) kushonlar nomi bilan bo‘lajak buyuk imperiyaga asos solganlar. 

Ana  shu  ko‘chmanchilar  Iskandar  asos  solgan  bir  qancha  harbiy  istehkomlarni-

qal’alarni  vayron  etganlar.  Salavkiylar  davrida  esa  ularning  ko‘pchiligi  qayta 

tiklandi, harbiy istehkomlar asosida shaharlar barpo bo‘ldi. 

Salavkiylar davlatining siyosiy va iqtisodiy ildiziga еrli ko‘chmanchilar ko‘p 

putur  etkazgan.  Masalan,  miloddan  avvalgi  IV  asrning  oxiri  va  III  asrning 

boshlarida  ko‘chmanchi  dax  qabilalari  Amudaryoning  chap  sohiliga,  hozirgi 

Janubiy  Turkmaniston  еrlariga  yurish  qiladilar  va  Marg‘iyonada  Iskandar 

qurdirgan Aleksandriyani vayron etadilar. 

Strabonning yozishicha, Antiox Marg‘iyonada o‘z nomiga qurdirgan shahar 

Antioxiyani ko‘chmanchilar hujumidan himoya qilish maqsadida Murg‘ob vohasi 

atrofini 250 km devor bilan o‘ratgan. Lekin ko‘chmanchilarning Salavka va Antiox 

istehkomlariga hujumi hech qachon to‘xtamaydi. Ko‘chmanchilar u yoki bu shahar 

devorlari ostida yoki ekinzor dalalar hamda voha bog‘larida kutilmagan bir vaqtda 

paydo  bo‘lar  va  yana  tezlikda  yo‘qolar  edilar.    Ana  shunday  vaziyatda  Salavka 

IHindistonga  yurish boshlaydi.  Ammo  bu  harbiy  yurish  uning  mag‘lubiyati  bilan 

tugadi.  Bu  muvaffaqtyatsizlik  salavkiylarning  O‘rta    Osiyodagi  obro‘yiga  katta 

putur  etkazdi.  Natijada  O‘rta  Osiyoda  salavkiylarga  qarshi  qo‘zg‘olonlar 

boshlandi. Ana shu qo‘zg‘olonlar tufayli salavkiylarning ahvoli tang holga tushib 

qoldi.  Bu  tanglikni  Antiox  mahalliy  aslzodalarga  bir  qadar  yon  bosib  ish  tutish 

hisobiga bartaraf eta oldi. U Baqtriyada Salavkiylar davlatining sharqiy viloyatlari 

uchun  o‘z  pullarini  zarb  eta  boshladi.  Antiox  nomi  bilan  Baqtriyada  pul  zarb 

etilishi  mustaqil  davlat  siyosat  olib  borayotganligidan  dalolat  berardi.  Miloddan 

avvalgi  280  yilda  Salavka  I  vafot  etadi.  Antiox  I  uning  tung‘ich  o‘g‘li  sifatida 

Salavkiylar  davlatiga  bosh  bo‘lib  qoladi.  Shu  yildan  boshlab  Antiox  1  ning 

faoliyati  sharqiy  viloyatlarda  sezilmaydi.  Shunki  g‘arbiy  viloyatlardagi  harbiy 

vaziyat uning qo‘shin bilan birga bo‘lishini taqozo etardi. 



Salavkiylar  davlatining  g‘arbiy  viloyatlarida  ham  ahvol  yaxshi  emas  edi. 

Salavka  I    o‘limidan  so‘ng  davlatning  puturi  keta  boshladi.  Sharqiy  viloyatlar 

garchi  oltin,  fil,  lazuriyat  bilan  salavkiylarga  jarima  to‘lashga  muntazam  rioya 

qilsa-da,  ularning  ichki  va  tashqi  siyosatda  mustaqillikka  intilishi  sezilib  turardi. 

Bu  vaziyat,  ayniqsa, miloddan  avvalgi  III  asr  o‘rtalariga  kelganda  yaqqol  ko‘zga 

tashlandi. 

Mil.avv III asr o’rtalarida Antiox II vafotidan so’ng (246 y.) Salavkiylarning 

Markaziy Osiyodagi hukmronligiga putur еtdi.Baqtriya satrapi Diodot Bu hududda 

mustaqil davlat tuzishga harakat qiladi

1

.  As we have already noted in Chapter 3 it 



was  towards  the  middle  of  the  third  centuryb.c.,  with  the  death  of  Antiochus  II 

(246  b.c.),  that  the  final  break  came  between  theSeleucid  Empire  and  its  Central 

Asian  possessions.  The  satrap  of  Bactria,  Diodotus,  tookthe  initiative  in 

transforming these territories into an independent kingdom. 

O‘rta    Osiyoning  salavkiylar  davlati  tarkibida  bo‘lishi  bu  zaminda  xalqaro 

savdoning  rivojlanishiga  turtki  bo‘ldi.  O‘rta    Osiyoning  g‘arbiy  va  janubiy 

mamlakatlar  xalqlari  bilan  savdo  qilishiga  keng  imkoniyatlar  tug‘ildi.  Shu  bilan 

birga  mahalliy  savdo  ham  rivoj  topdi.  Shaharlarning  o‘sishi,  hunarmandchilik  va 

suv  xo‘jaligining  taraqqiyoti  ta’minlandi.  Xullas,  O‘rta    Osiyoning  Salavkiylar 

davlati  tarkibiga  qo‘shilishi  mamlakatda  yunon-makedon  qo‘shinlarining  harbiy 

yurishlari  tufayli  vayronalikka  uchragan  ishlab  chiqaruvchi  kuchlarning 

tiklanishiga sharoit yaratdi. Shuningdek baqtriyaliklar, So‘g‘diylar, parfiyaliklar va 

O‘rta    Osiyoning  boshqa    xalqlarini  salavkiylarga  qarshi  bir-birlari  bilan 

jipslashishga,  birgalashib  umumiy  dushmanga  qarshi  kurashga  otlantirdi  va  bu 

kurashlar  natijasi  sifatida  mil.  aavalgi  III  asr  o‘rtalaridan  boshlab  O‘rta    Osiyoda 

qator  mustaqil  davlatlar  tashkil  topdi.  Salavkiylar  davlatidan  dastlab  Parfiya, 

mil.avv.  250  yilda  Yunon-Baqtriya,  ajralib  chiqdi.  Mil.avv.  163  yildan  to  64 

yilgacha  19  ta  podsho  almashdi.  64  yildan  faqat  Suriya  xududidan  iborat  bo‘lib 

qoldi va shu yili rim provinsiyasiga aylandi.  

Salavkiylarning  Baqtriyadagi  satrapi  Diodot (mil. avv. 256-248 y)  ushbu  davlat  

asoschisi    hisoblanadi.    Miloddan    avvalgi    250    yilda    u    o‘zini  Baqtriyaning  

mustaqil  hukmdori  deb  e’lon  qiladi. Tarixchilar fikricha, Diadotning mustaqil 

davlat tuzilishiga asosiy sabablardan biri, uning makedonlar xukumronligidan ozod 

bo‘lish  bo‘lgan.  Xuddi  shunday  siyosatni  Ptolomeylar  (Misrda)  va  Antigonidlar 

(Gresiyada)  ham  olib  borganlar.    Salavkiylar  davlatining  еmirilish  mustaqillikga 

intilishlari  bilan  birga  Salavkiy  Antiox  II  ning  o‘g‘illari      Salavk  II  va  Antiox-

Xieraks    o‘rtasida    hokimiyat  uchun  kurashlar  ham  sabab  bo‘lgan.    Salavkiylar 

                                                           

1

History of civilizations of  Central Asia. The development of sedentary and nomadic civilizations: 700 



B.C. to A.D. 250 Volume II.1996. 245 р. 

 



davlatidan  ajralib  chiqqan  Parfiya  va  Baqtriyaning  satraplari  xam  aynan  grek 

bo‘lganlar.  Pompey Trog va Strabonning yozishicha, Baktriyaning ajralib chiqishi, 

Salavkiylar  davlatiniga  nisbatan  grek  zadogonlarining  qo‘zg‘oloni  bo‘lgan.    Ular 

buni qadimgi Sharq uchun odatiy hol deb baholashadi.Diodotning keyin Sharqning 

barcha  viloyatlari  Salavkiylardan  ajralib  ketgan  deb  xabar  beradi  Pompey  Trog.  

Strabon  xabariga  ko‘ra,  Sug‘diyona  satrapi  Yevtidem  ham  mustaqil  siyosat 

yuritgan.  Bu  haqda  Yevtidem  nomi  bilan  sug‘d  tangalari  topilgan.  Shuningdek, 

tadqiqotlar natijasida aniqlanishicha, Salavkiylar davlati tarkibidan ajralib chiqishi 

tinch yo‘l bilan amalga oshirilgan. Buni xam tangalar asosida asoslangan. U o‘zini 

podsho deb e’lon qilishi bilan birga, u bir tomonda o‘zi , ikkinchi tomonda Antiox 

II  tasviri  bo‘lgan  tangalar  zarb  qildirgan.  Shuningdek,  B.A.Litvinskiy, 

V.M.Masson,  V.Tarnning  olib  borgan  tadqiqotlar  inatijasida  Grek-Baqtriya  

davlatining tashkil topish sanasi ham turlicha berilgan: mil.avv.256, 250, 248, 245. 

Uning  tugatilishi  esa,    mil.avv.141  yildan  128  yillar  oralig‘i  deb  berilgan.    Bu 

davlatga  Grek  –Baqtriya  nomi  1738  yilda  rus  akademigi  X.Baer  tomonidan 

ishlatilgan.  

Baqtriya Markaziy Osiyo markazida joylashgan bo’lib shimolda Sug’diyona, 

shimoli-g’arbda  Marg’iyona  va  g’arbda  Aria  bilan  chegaradosh  bo’lgan.  Sharqda 

Sirdaryoning yuqori oqimigacha boradi

2

.Davlat tarkibiga  hozirgi  O‘zbekiston  va  



Tojikistonning    janubi    va  Afg‘oniston    hududi    kirgan.    Lekin  uning  geogrfik 

chegaralari harbiy yurishlar natijasida o‘zgarib turgan. Yunon-Baqtriya  podsholigi  

kuchaygan  paytlarda    unga    Pokiston,    Shimoli-G‘arbiy    Hindiston    hamda 

Sug‘diyona  ham  bo‘ysungan.  Diodot va Yevtidem davrida Areya va Marg‘iyona 

ham kirgan.   

 Poytaxti    Baqtra    (o‘rta    asrlardagi    Balx)  shahri    bo‘lib,    uning    xarobalari  

Shimoliy  Afg‘onistonda,  Mozori Sharif shahri yaqinida joylashgan.  

Bu  davlat  g‘arb  va  shimoli  –g‘arbda  Parfiya  bilan,  Sharq  tomonda  Pomirgacha, 

Shimol  tomonda  esa,  siyosiy  vaziyat  taqozasi  bilan  o‘zgarib  turgan.  Diodot  va 

Yevtidem  davrida  Sug‘diyonananing  bir  qismi  kirgan.  Keyingi  davrlarda  esa,  u 

еrda  mustakil  davlatlar  shakllangan.  Tadqiqotlar  natijasida  Sug‘d  xududida  bu 

davrda  saklar  xukmronligi  bo‘lganligini      aytish  mumkin.  Janubda  Demetriy 

davrida  (200-185)  Shimoli-G‘arbiy  Hindistongacha  (Gandxara)  xududlarigacha 

bo‘lgan. Diodot 1 va Diodot 2 xukmronligidan keiyn Grek-Baqtriya davlatini kelib 

chiqishi Kichik Osiyodagi Magnesiya shaxridan bo‘lgan Yevtidem 1 qo‘lga oladi.  

Eramizdan  avvalgi  230  yilda  So‘g‘diyona  strapi  Yevtidem  Diodotning  vorisini 

taxtdan ag‘dardi. Uning barcha oila a’zolari qirib yuboradi. U Parfiya bilan o‘zaro 

aloqalarni uzadi. Shuningdek, ulardan Marg‘iyna va Areyyani ham qo‘shib oladi. 

                                                           

2

 History of civilizations of  Central Asia. The development of sedentary and nomadic civilizations: 700 



B.C. to A.D. 250 Volume II.1996. 239-254 р 


U  so‘zini  salavkiy  davlati  davomichisi  sifatida  baholaydi.  Chunki  salavkiylar 

malakasining qiziga uylangan bo‘lgan.   

Diodot I (miloddan av. 256-248)   

Diodot II (248-235)  

Yevtidem I (235-200)  

Yunon-Baqtriya  bilan  Parfiya  o‘rtasida  savdo  yo‘llarini  nazorat  qilish 

borasida  doimiy  urushlar  bo‘lib  turgan.  Eramizdan  avvalgi  209-208  yillarda 

salavkiy  hukmdori  Buyuk  Antiox  III  Salavkiylar  saltanatini  qayta  tiklash  uchun 

sharqqa  yurish  boshlaydi.  208  yilda  u  Parfiyani  mag‘lubiyatga  uchratib,  Yunon-

Baqtriyaga  qarshi  harbiy  yurish  qiladi.  Antiox  qo‘shinlari  Yevtidem  ustidan 

g‘alaba  qozonadi  va  Yunon-Baqtriya  poytaxti  Baqtrani  qamal  qiladi.  Qamal  ikki 

yil  davom  etgan.  Polibiyning  aytishicha,  Yevtidem,  ko‘chmanchilarni  yordamga 

chaqiraman  deb  po‘pisa  qilgandan  keyin,  Antiox  qamalni  to‘xtatib,    206  yilda 

tinchlik  sulhini  tuzishadi.  Antiox  Yevtidemning  shohlik  unvonini  tan  oladi,    va 

еvtidemning barcha  jangavor  fillarini topshirish shartini qo‘yadi.   Muzokaralarni  

Yevtidem  nomidan  uning  o‘g‘li  Demetriy  olib  boradi.    Polibey    ma’lumoticha, 

Antiox    Demetriyda  shohlik  xususiyatini  ko‘rib,  sulh  tuzishga  va  unga  qizini 

berishga va’da beradi.   

          Mil.avv.  190-180    yillarda  Demetriy  Areya,  Araxosiyani  (  Afg‘onistonning 

Xirot  va  Qandahor  xududlari  ),  Drangiyona  (Sharqiy  Eron),Paropamisad 

()Hindiqushning janubiy yonbarg‘i, Afg‘onistonning bir qismi) va shimoli G‘arbiy 

Hindistonni  o‘z  xududidaga  qo‘shib  oladi.  V.Tarn  fikricha,  Demetriy  Aleksandr 

Makedonkiy  yurishlarini    davom  qildirgan.  Unga  taqlid  qilib,  tangalarda  shlem 

kiygan  holda  tasvirlangan.  Shlemda  filning  boshi  tasvirida  bo‘lgan.  Tangalarda 

xam ikki tilda grekcha va xind yozuvi bo‘lgan.    

Demetriy  Shimoliy  Hindistonda  o‘z  qo‘shinlari  bilan  ancha  muddat  qolib  ketadi. 

Bundan  foydalangan  uning  sarkardalaridan  biri  -  Yevkradit  171  yilda  Baqtra 

hokimiyatini  qo‘lga  kiritadi.    Mil.  avv.  162  yilda  Paropamisadga  bostirib  kirib, 

Demetriy  vorislaridan  Panjobni  ham  tortib  olgan.    Bu  davrda  Parfiya  podshosi 

Mitridat  1  Baqtriyaga  hujum  qiladi.  Marg‘iyonav  va  boshqa  xududlarni  qaytarib 

oladi.  Yevkraditning  podshohligi  tarixda  "behisob  shaharlar  podshohligi"  degan 

nom  olgan.  Xitoy  manbalarida  yozilishicha,  eramizdan  avvalgi  165  yilda 

Yettisoyga  (Semirechya)  yuechjilarning xujumi  boshlangan.  Ular  Sirdaryo  orqali 

Amudaryo  sohillari  tomon  yo‘l  olgan.  Ular  Baqtriyani  egallashga  ham  muvaffaq 

bo‘lgan.  155  yilda  Yevkradit  Baqtriyaga  qaytib  kelganda,  o‘z  o‘g‘li  Geliokl 

tomonidan  o‘ldiriladi.    Geoliokl  davrida  Grek  Baqtriya  podsholigi  ham  barham 

topadi.  Xuddi shu davrlarda Yunon-Hind podshohligi tashkil topgan edi. 141-128 

yillar  Yunon-Baqtriya  podshohligining  tanazzulga  yuz  tutish  davri  bo‘ldi. 




Taxminlarga  ko‘ra,  yuechjilar  Baqtriyani  qo‘lga  kiritgandan  so‘ng  shoh  Geliokl 

Paropamisadda yoki Araxosiyada hokimiyatni saqlab qolgan. 

 

 O‘sha  davrlarda  saklar  katta  kuchga  ega  bo‘lishgan.  Ular  Sug‘d  xududida 



xukmronlik  qilish  bilan  birga  Baqtriyaga  ham  xujum  uyushtirib  turgan.  Bu  olib 

borilgan 

arxeologik 

tadqiqotlar 

isbotlaydi. 

Jumladan 

Kampirtepada 

(Amudaryoning  o‘ng  qirg‘og‘ida,  Termizdan  30km  uzoqlikda,  Surxondaryo  vil. 

Muzrob  tumanida  joylashgan.)  mudofaa  devoridan  saklarning  uch  zo‘g‘atali 

kamon  o‘qlari,  diniy  e’tiqod  buyumlaridan  oltitasi  topilgan.(  sopol  idishi, 

qoshiqlar,  voronki).    Shu  sabab  xukmdorlar  shimoliy  chegarani  doimo 

mustaxkamlab  borganlar.  Hisor  tog‘  tizmasidagi  Darband    xududida  eki  qal’alar 

tiklanib,  yangilari  bunyod  etilgan.  –Kurgonzol,  Uzundara,  Kapchig‘oy  Machay. 

Daraband  darasini  ng  o‘zida  esa,  mustaxkam  mudofaa  inshooati  bunyod  etilgan.  

Bu tarixda temir darvoza deb ataladi.  Temir darvoza-Sarimas tog‘idagi dara nomi.  

Uni  Buzgala  xona  deb  ham  atashadi.    Qadimgi  Baqtriya  bilan,  Janubiy 

Sug‘dyonanani  bog‘lovchi  yo‘l.      Sug‘ddan  bu  yo‘l  orqali  Sho‘robsoyga  va 

Darbandga chiqilgan.  Temir darvoza G‘uzordan Oqrabot orqali Surxon vohasiga 

o‘tuvchi avtomobil va temir yo‘ldan 2 km uzoqlikda joylashgan.)  

 

Yevtidem  davrida  shimol  tomonnni  mutaxkamlash  uchun  butun  mamlakat 



bo‘ylab  2  ta  yirik  himoya  chizig‘i  o‘tkaziladi.  Birinchisi,  tog‘  xududdi,  ya’ni 

Harbiy  Xisor  tog‘lari  bo‘ylab  o‘tkazilgan  bo‘lsa,  ikkinchisi  Oks  daryosi  bo‘ylab, 

yirik  mutaxkam qal’alar bunyod etiladi. Bular Eski Termiz (Tarmita), Kampirtepa 

(Pandaxeyon), Kelif (Kerka).  

 

 Yunon-Baqtriya  podsholigi  Hindiston  va  O‘rta  Osiyo hududlarini  o‘zaro  



bog‘lovchi  hamda  Xitoydan  Badaxshon  orqali Fors  ko‘rfaziga  olib  chiquvchi  

savdo  yo‘llarini  nazorat  qilib, xalqaro  iqtisodiy-savdo  aloqalarida  faol  ishtirok  

etgan.  Arxeologik    tadqiqotlar    natijasida    topilgan    ko‘plab    tangalar  tovar-pul  

munosabatlari    rivojlanganligini    ko‘rsatadi.    Tangalar  yunon standartlari  asosida 

kumush  va  jezdan  quyilgan.  Tangalarda  (tetradraxma,  draxma,  obol  va  b.) 

hukmdorlar qiyofasi yuksak did va aniqlik bilan tasvirlangan.  Miloddan  avvalgi  

III  asrning  oxiri  –  II  asrning  birinchi yarmi  davlatning  eng  rivojlangan  davri  

hisoblanadi.  Miloddan avvalgi II asr o‘rtalaridan boshlab ichki nizolar kuchayib, 

inqiroz davri boshlandi. Mamlakat alohida viloyatlarga bo‘linib, mahalliy hokimlar 

(Antimax,  Menandr,  Appolodot  va  b.)o‘z  nomidan  tangalar  zarb  qilishgan.     

Yunon-Baqtriya    podsholigi    miloddan    avvalgi    140-135  yillarda    O‘rta    Osiyo  

xalqlarining    ozodlik    harakati    va    ko‘chmanchi  sak  (oq  xunlar),  yuechji  (toxar) 

qabilalarining  hujumi  natijasida  butunlay    tugatildi.    Shu    bilan    yunonlarning  

hukmronligi  barham topdi. Keyinchalik uning o‘rnida Kushon podsholigi vujudga 

keldi.  Amudaryoning  o‘ng  qirg‘og‘ida,  Vaxsh  va  Panj  daryolari  quyilishida 



joylashgan  Taxti  Sangindagi  ibodatxona  tuzilishi  va  topilmalari      ellinizm  

dunyosiga  xos  diniy  e’tiqodlar  keng  tarqalganligini ko‘rsatib turibdi.  

 

Yunon-Baqtriya  podsholigi  Hindiston  va  O‘rta  Osiyo hududlarini  o‘zaro  



bog‘lovchi  hamda  Xitoydan  Badaxshon  orqali Fors  ko‘rfaziga  olib  chiquvchi  

savdo  yo‘llarini  nazorat  qilib, xalqaro  iqtisodiy-savdo  aloqalarida  faol  ishtirok  

etgan.  Arxeologik    tadqiqotlar    natijasida    topilgan    ko‘plab    tangalar  tovar-pul  

munosabatlari    rivojlanganligini    ko‘rsatadi.    Tangalar  yunon standartlari  asosida 

kumush  va  jezdan  quyilgan.  Tangalarda  (tetradraxma,  draxma,  obol  va  b.) 

hukmdorlar qiyofasi yuksak did va aniqlik bilan tasvirlangan.  Miloddan  avvalgi  

III  asrning  oxiri  –  II  asrning  birinchi yarmi  davlatning  eng  rivojlangan  davri  

hisoblanadi.  Miloddan avvalgi II asr o‘rtalaridan boshlab ichki nizolar kuchayib, 

inqiroz davri boshlandi. Mamlakat alohida viloyatlarga bo‘linib, mahalliy hokimlar 

(Antimax,  Menandr,  Appolodot  va  b.)o‘z  nomidan  tangalar  zarb  qilishgan.     

Yunon-Baqtriya    podsholigi    miloddan    avvalgi    140-135  yillarda    O‘rta    Osiyo  

xalqlarining  ozodlik  harakati  va  ko‘chmanchi sak (oq xunlar), yuechji (toxar) 

qabilalarining  hujumi  natijasida  butunlay    tugatildi.    Shu    bilan    yunonlarning  

hukmronligi  barham topdi. Keyinchalik uning o‘rnida Kushon podsholigi vujudga 

keldi.  

Yunon-Baqtriya    podsholigida  yunon  tili  asosiy  boshqaruv  tili  bo‘lgan.  

Oyxonim  shaharchasida topilgan  kelib  chiqishiga  ko‘ra  oromey  yozuvida bitilgan 

ostrak  miloddan  avvalgi  P  asrning  ikkinchi  yarmiga  tegishlidir.    Oyxonimdagi 

topilma Yunon-Baktriya podsholigida, aftidan, uning butun tarixi davomida yunon 

ish  yuritashi    bilan  birgalikda,  ehtimolki,  eng  avvalo  maxalliy  aholiga  xizmat 



kilgan oromey-baktriya ish yuritishi amal qilganligini ko‘rsatadi.  

Diodot I        (miloddan av. 256-248)   

Diodot II       (248-235)  

Yevtidem I    (235-200)  

Demetriy I    (200-185)  

Pantaleon      (185-175)  

Demetriy II   (180-165)  

Agafokl         (180-165)  

Yevkradit I   (171-155)  

Geliokl I        (155-140)  

Yevkradit II  (140-......) 

 

Download 418,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish