MIOPIYA – uzoqni ko‗ra olmaslik (yaqin ko‗rish).
MIOTONIYA – muskullarning tarang holatdan bo‗shashgan holatga o‗tish
xususiyatining buzilishi. Bunda taranglashgan muskul juda sekinlik bilan
bo‗shashadi.
MITOXONDRIYALAR – hujayraning eng muhim organoidi. Hujayradagi
oksidlanish jarayonida muhim rol o‗ynaydi. Hujayraning energiyaviy sistemasi
nafas markazi hisoblanadi.
MODIFIKASIYA - organizmda tashqi omillar ta‘sirida bo‗ladigan fenotipik
o‗zgarishlar.
MONOSAXIRIDLAR - uglevodlarning alohida guruhi. Tarkibidagi karbon
atomining soniga qarab geksoza, pentoza, tetroza va triozalarga bo‗linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |