LIP..., LIPO... –, yog‗li degan ma‘noni bildiradigan so‗zlarning old qo‗shimchasi.
LIPAZALAR - gidrolazalar xiliga mansub fermentlar; triglitseridlardagi murakkab
efirli bog‗larning gidrolizini katalizlab, yog‗ kislota va glitserin hosil qiladi.
LIPIDLAR - organik erituvchilarda (benzol, benzin, xloroform, geksanda) yaxshi
eriydigan va suvda erimaydigan yog‗ hamda yog‗simon moddalar. Glitserin yoki
boshqa spirtlar va yuqori yog‗ kislotalarining murakkab efiri hisoblanadi.
LORDOZ – umurtqa pog‗onasining bo‗yin va bel qismlarida qiyshayishi,
bukulishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |