1-mavzu bozor iqtisodiyotida innovatsiya reja: Innovatsiyaning mazmuni va mohiyati Innovatsiyaning maqsadlari


Innovatsiya faoliyati –huquqiy tartibga solish ob‟ekti sifatida



Download 1,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/116
Sana19.07.2021
Hajmi1,54 Mb.
#123145
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   116
Bog'liq
ИИБ маъруза матни (1)

 
2.Innovatsiya faoliyati –huquqiy tartibga solish ob‟ekti sifatida 
Jamiyat  taraqqiyotida  insonning  aqliy  hamda  ijodiy  faoliyati  natijalarini 
ishlab  chiqarishga  joriy  etish  doimo  alohida  ahamiyatga  ega  bo‗lib  kelgan. 
Bunda  yangi  g‗oya,  kashfiyot,  ishlab chiqarish va turmushda qo‗llash  mumkin 
bo‗lgan  yangicha  qurilmalar  mehnat  sarfini  kamaytirishga  xizmat  qilgan  va 
samaradorligini oshirgan. 
 Agar XX asrda sanoat, ishlab chiqarish hamda iqtisodiy sohaning barcha 
jabhalarida  yangi  vositalar, qurilmalar, mashinalar  yildan-yilga  takomillashtirib 
borilgan  bo‗lsa,  yangi  asrning  o‗tgan  10  yilida  bunday  o‗zgarishlar  kun  sayin, 
soat  sayin  sodir  bo‗layotganini  kuzatish  mumkin.  Endilikda  har  bir  mamlakat 
o‗z iqtisodiyoti va ishlab chiqarishida, o‗zining ilmiy-intellektual salohiyatidan 
kelib chiqib, yangi qurilmalar, vositalar, mashinalar, moddalar va shu kabi ijodiy 
faoliyat mahsullarini qo‗llashga katta e‘tibor qaratmoqda. 
SHu jihatdan O‗zbekistonda ham yangi qurilmalar, texnologiyalar va  
vositalarni ishlab chiqarishga joriy etish sohasi bo‗lgan innovatsiya 
faoliyatiga alohida e‘tibor qaratilmoqda. 
Innovatsiya faoliyatini rivojlantirish va tadbirkorlik faoliyatida yangi in-
novatsion texnologiyalarni joriy etish zamon talabi ekan, innovatsiya faoliyati-
ning huquqiy asoslarini yaratish va bu sohadagi munosabatlarni huquqiy tartibga 


68 
 
solish tizimini ishlab chiqish lozim bo‗ladi. Innovatsiya faoliyatini huquqiy 
tartibga solishga e‘tibor qaratish va bu boradagi yangi qonun qabul qilinishi 
Prezidentimizning O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi 
va Senatining 2010 yil 12 noyabrda o‗tgan qo‗shma majlisidagi 
«Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik 
jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi» mavzuidagi ma‘ruzasida ham ta‘kidlab 
o‗tildi. 
Darhaqiqat, ilm-fan yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy etish orqali 
zamonaviy ilg‗or texnologiyalardan samarali foydalanish va shu orqali 
tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, 
innovatsiya faoliyatini, ya‘ni ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik faoliyati yan-
gicha qurilma, yangi usul, yangi moddalarni yaratish va ulardan foydalanish, 
mavjud qurilmalar, usullarni yangicha yo‗sinda qo‗llash maqsadida intellektual 
faoliyatning e‘tirof etilgan natijalari (patent, guvohnoma, nou-xau)ni yaratish va 
foydalanishga yo‗naltirish bilan bog‗liq munosabatlarni huquqiy tartibga solish 
tizimini yaratish bugungi kunda alohida dolzarblik kasb etadi. 
Ta‘kidlash lozimki, bir qator davlatlar qonunchiligida innovatsiya 
faoliyati huquqiy tartibga solingan. Jumladan, Rossiya Federatsiyasida, Qo-
zog‗iston Respublikasida innovatsiyalar faoliyatini tartibga soluvchi maxsus 
qonun hujjatlari qabul qilingan bo‗lib, ularda «innovatsiya» tushunchasi, 
innovatsiya ob‘ektlari va sub‘ektlari, innovatsiya sohasidagi iqtisodiy 
munosabatlarning asoslariga doir qoidalar mustahkamlangan. 
Innovatsiya faoliyatini huquqiy tartibga solishning bugungi kundagi 
zarurligi quyidagi omillar bilan belgilanadi: 
– ishlab chiqarish, xizmat ko‗rsatish va ish bajarish sohalariga 
innovatsiyalarni kiritish o‗zining iqtisodiy samaradorligi, talab va taklif 
qonuniyatlariga javob berishi bilan alohida ahamiyati kasb etarkan, bu sohalarga 
innovatsiyaning jadal sur‘atlar bilan jalb qilinishi ushbu munosabatlarning 
huquqiy asoslari mavjud bo‗lishini taqozo etadi; 
– chet eldan yangi texnologiyalarni, yangi qurilmalar, ishlab chiqarish 
vositalari va yangi moddalar olib kirilishiga keng imkoniyatlar berish va bunda 
xalqaro standartlarga javob beradigan mahsulotni ishlab chiqarishni yo‗lga 
qo‗yish mamlakat iqtisodiy rivojlanishida alohida o‗rin tutishidan kelib chiqib, 
innovatsiyalarni chet eldan jalb etishga nisbatan huquqiy talablarni yaratish 
zarur bo‗ladi; 
– mahalliy ishlab chiqaruvchilar, ilmiy-texnik muassasalar tomonidan 
yaratilgan innovatsiyalar va innovatsion loyihalarning shartnomaviy tartibini qo-
nuniy jihatdan mustahkamlash, yaratilgan yangi innovatsiyalar: yangi 
texnologiyalar, yangi qurilmalar, yangi moddalar, yangi usullarning huquqiy 
maqomini va ularga nisbatan huquqlarni belgilash talab etiladi; 


69 
 
– innovatsiya faoliyati sub‘ektlarining huquqiy maqomini belgilash va 
ular faoliyati, huquqlari kafolatlarining asoslarini o‗rnatish, innovatsiya dasturla-
riga homiylik qilish va davlat tomonidan ko‗mak berishning huquqiy vositalarini 
ishlab chiqish zarur bo‗ladi. 
Bu kabi holatlar innovatsiya faoliyatini huquqiy tartibga solish ob‘ekti si-
fatidagi zaruriyatini belgilaydi. Bundan tashqari, innovatsiya loyihalarni amalga 
oshirishda davlat tomonidan beriladigan kreditlar, grantlar, ko‗maklarning huqu-
qiy asoslarini yaratish ham huquqiy tartibga solishning dolzarbligini anglatadi. 
Bunda, ayniqsa, innovatsiya faoliyatini yo‗lga qo‗yishga qaratilgan ilmiy-
tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini amalga oshirishga alohida e‘tibor 
qaratish lozim. 
Innovatsiya faoliyati innovatsiya faoliyati sub‘ektlari tomonidan amalga 
oshiriladi va o‗z doirasida ilmiy tadqiqot, tajriba-konstruktorlik ishlari, kadrlar 
tayyorlash, ishlab chiqarishni tashkil etish, marketing tadqiqotlarini o‗tkazish, 
iste‘mol bozorini tashkil etish, vositachilik faoliyati, mahsulot ishlab chiqarish 
va uning sifatini yaxshilash, tovarlar, xizmatlar assortimentini kengaytirishga 
qaratilgan ishlarni qamrab oladi. Innovatsiya faoliyatining sub‘ektlari 
innovatsiya dasturlari, loyihalari, tadbirlari va ishlari buyurtmachisi va ijrochisi, 
investorlari, innovatsiya iste‘molchilari, moddiy-texnik resurslar bilan 
ta‘minlovchi, shuningdek, vositachi, innovatsiya jarayoniga xizmat ko‗rsatuvchi 
funksiyalarini bajarishlari mumkin. Agar shartnomada boshqa holat bel-
gilanmagan bo‗lsa, buyurtmachi innovatsiya faoliyat ishtirokchilarining tad-
birkorlik va boshqa turdagi faoliyatiga aralashmasligi lozim. Buyurtmachi, agar 
u investor bo‗lmasa, O‗zbekiston Respublikasi hududida amalda bo‗lgan qonun 
hujjatlariga muvofiq, shartnoma amal qilishi davomida va unda belgilangan 
vakolatlar doirasida innovatsiyalarga egalik qilish, undan foydalanish va uni 
tasarruf etish huquqiga ega bo‗ladi. 
Innovatsiya faoliyati sub‘ektlari innovatsiya faoliyatini amalga oshirishda, 
O‗zbekiston Respublikasi hududida va xorijda tashkil etilgan tanlovlar, auk-
sionlarda ishtirok etishda, ilmiy qimmatga ega bo‗lgan mahsulot, texnika va tex-
nologiyani sotib olishda, investorlar mablag‗larini jalb etishda, g‗irrom raqo-
batdan himoyalanishda, shuningdek, davlat organlarining buyurtmalarini 
bajarishda davlatning qo‗llab-quvvatlashidan foydalanishda bir xildagi huquq va 
majburiyatlarga ega bo‗ladi. Innovatsiya faoliyatining sub‘ekti innovatsiya fao-
liyatining yo‗nalishini, turlarini, predmetini va ob‘ektlarini mustaqil belgilaydi 
va o‗z xohishiga ko‗ra innovatsiya faoliyatini amalga oshirish uchun zarur 
bo‗lgan yuridik hamda jismoniy shaxslarni shartnoma asosida jalb qiladi. 
Davlatning innovatsiya siyosatini ishlab chiqishda va amalga oshirishda 
O‗zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan vakolatlar doirasida amal 
qilayotgan jamoat innovatsiya birlashmalari jalb etiladi. Ustavlarida innovatsiya 
faoliyati ro‗yxatdan o‗tkazilgan jamoat birlashmalari innovatsiya faoliyatini 


70 
 
davlat mablag‗lari hisobidan amalga oshirishlari mumkin va tanlov asosida grant 
olganlarida davlat tomonidan qo‗llab-quvvatlanadilar. Davlat organlari 
innovatsiya faoliyati sohasidagi normativ huquqiy hujjatlarni va dasturlarni 
tayyorlashda ekspertiza o‗tkazish uchun jamoat innovatsiya birlashmalarini jalb 
etishlari mumkin. 

Download 1,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish