BIRIKTIRUVCHI TO‘QIMA BIOKIMYOSI
Biriktiruvchi to‘qima organizmning butun tanasi bo‘yicha
taqsimlangan bo‘lib, u tog‘ay, pay, boylam, suyak matriksida bo‘ladi.
Bu to‘qima buyrak jomi, siydik kanallari sohasida joylashadi, tomirlarni
fiksatsiya qiladi; jigar va mushak kabi parenximatoz a’zolarda
hujayralararo bog‘lovchi moddaning asosini tashkil etadi. Tana vaznini
taxminan 50%ni tashkil etadi. Biriktiruvchi to‘qimaning mexanik va
ushlab turuvchi vazifasi hujayra tashqarisidagi erimaydigan iplar
hisobiga amalga oshiriladi. Ular matriksga botib turuvchi yuqori polimer
birikmalardan tashkil topgan bo‘lib, asosiy modda deb yuritiladi.
Erimaydigan iplar va eruvchan matriksning sinteziga javobgar hujayralar
– xondrotsit va fibroblastlardan tashqari makrofag, semiz hujayralar va
kam miqdorda differensiyalanmagan turdagi hujayralar biriktiruvchi
to‘qima hujayralariga kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |