olimlarining
konsepsiyalari
tashkil
etadi.
Kapitalistik
taraqqiyotning
dastlabki
bosqichidayoq
barcha
iqtisodiy
nazariyalarda moliyaviy konsepsiyalar alohida o‘ringa ega
bo‘lgan. Davlat xarajatlari, soliqlar, kredit va byudjetning
iqtisodiyotga ta’siri masalalari siyosiy iqtisod klassiklari (Buyuk
Britaniyada – U.Petti, A.Smit va D.Rikardo, Fransiyada –
P.Baugilber) tomonidan tadqiq qilingan.
Moliya fanining asoschilaridan biri A.Smit (1723-1790 yillar)
o‘zining “Xalqlar boyligining tabiati va sabablari to‘g‘risida
tadqiqot” deb nomlangan fundamental asarida davlat moliyasining
mohiyati to‘g‘risida ayrim g‘oyalarni ishlab chiqdiki, ular
mehnatning unumli va unumsizligi to‘g‘risidagi ta’limotga (bu
ta’limot A.Smitniki) asoslangan edi. Uning aniqlashicha, bevosita
kapitalga almashtiriladigan mehnat unumli, unumsiz mehnat esa
daromadga, ya’ni ish haqi va foydaga almashtiriladigan
mehnatdir. Ana shu nazariy qarashlardan kelib chiqqan holda
A.Smit (va undan so‘ng D.Rikardo) moliyaviy kategoriyalarga
(davlatning daromadlari va xarajatlariga) tavsifnoma bergan. U
soliqlar hisobidan olingan davlat daromadlari barchasining yoki
185
deyarli barchasining unumsiz sarflanishini isbotlagan. Shuning
uchun ham davlat xarajatlari kapitalning jamg‘arilishi va milliy
daromadning o‘sishi imkoniyatlarini qisqartiradi. Ana shundan
uning soliqlarga nisbatan salbiy munosabati kelib chiqqan. A.Smit
yaratilgan qiymatni unumsiz sarflaydigan va shu munosabat bilan
ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishiga to‘siq bo‘luvchi
davlatning xarajatlarini qisqartirish kerak, degan xulosaga keladi.
A.Smit davlat xarajatlari siyosatini tanqid qilgan bo‘lsa-da,
ular ma’lum bir qismi bo‘lishining zarurligini e’tirof etgan. Chunki
ana shu qism ishlab chiqarishning umumiy shart-sharoitlarini
himoya qilishga qaratilgan bo‘ladi. Uning ta’limotida soliqlar
nazariyasiga katta o‘rin berilgan. U soliqqa tortishni maqsadga
muvofiq ravishda tashkil qilishning quyidagi to‘rt asosiy
tamoyillarini ishlab chiqqan:
• soliqlar ularni to‘lovchilarning salohiyatiga va kuchiga
muvofiq to‘lanishi kerak;
• soliqlarning miqdori va ularni to‘lash muddatlari aniq
belgilangan bo‘lmog‘i lozim;
• soliqlarni undirilish vaqti soliq to‘lovchi uchun qulay bo‘lmog‘i
zarur;
• soliqlarni
undirishda
ularni
undirish
xarajatlarining
minimalligini ta’minlamoq kerak.
Tarixiy
jihatdan
bu
tamoyillar
tug‘ilib
kelayotgan
burjuaziyaning ehtiyojlarini aks ettirgan va feodal jamiyatning
asosiy ijtimoiy guruhlari bo‘lgan zodagonlar hamda ruhoniylarga,
feodal davlatning soliqlar bo‘yicha boshboshdoqligiga qarshi
qaratilgan edi. A.Smit tomonidan ishlab chiqilgan yuqoridagi
prinsiplar
burjua
davlatlari
tomonidan
soliq
islohotlarini
o‘tkazishda qisman foydalanilgan.
Soliqlarning turli ko‘rinishlarini (egri soliqlar, ish haqi
hisobidan undiriladigan soliqlar va boshqalar) tahlil qila turib,
A.Smit jamiyatning iqtisodiy taraqqiyoti nuqtayi nazaridan ularga
baho bergan. Iste’mol tovarlariga nisbatan o‘rnatilgan egri
(bilvosita) soliqlar ular bahosining oshishiga olib kelgan. Buning
natijasida ishlab chiqarish xarajatlari o‘sgan va oxir-oqibatda esa,
ularni sotish kamaygan va iste’mol qilish qisqargan. Ish haqidan
olinadigan soliqni baholab, u bu soliqni iqtisodiyot uchun
xonavayronlik
keltiruvchi
deb
hisoblagan.
Chunki
ishchi
daromadining
soliqqa
tortilishi
tadbirkor
avanslashtirilgan
208
XYuSlarning moliyaviy resurslari ular tomonidan olinadigan
pul daromadlari va ishlab chiqarish resurslari iqtisodiy doiraviy
aylanishi
samaradorligining
o‘sishiga
xizmat
qiladigan,
kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni moliyalashtirish jarayonini
amalga oshirishga yordam beradigan va ularning ixtiyorida
bo‘lgan qarziy mablag‘lar asosida tashkil topadi.
Hozirgi vaqtda kapital qo‘yilmalarni moliyalashtirishda XYuS
o‘z mablag‘larining (sof foyda va amortizatsiya) salmog‘i muhim
ahamiyatga ega. Bunda amortizatsiya ajratmalarini shakllantirish
va ulardan samarali foydalanish alohida rol o‘ynaydi.
YaIM va MDni qayta (ikkilamchi)
taqsimlash davlat va
XYuSlar o‘rtasidagi moliyaviy munosabatlar doirasida sodir
bo‘ladi. Ana shu darajada XYuSlar va aholining birlamchi
daromadlari bir qismini to‘g‘ri (bevosita) va egri (bilvosita) soliqlar
undirish yo‘li bilan va shuningdek, davlat kreditlashtirishi
hisobidan
mamlakatning
davlat
moliyasi
tashkil
topadi
(shakllanadi).
XYuSlar pul resurslarini, uy xo‘jaliklari daromadlarini
ikkilamchi qayta taqsimlash kredit-bank sohasi va sug‘urta tizimi
orqali ham amalga oshiriladi. Bular depozitli, vekselli, pulli va
banklarning boshqa jamg‘arma operatsiyalari, ular tomonidan
yuridik shaxslar va aholiga uzoq, o‘rta va qisqa muddatli kreditlar
va ssudalar berish, turli risklarni sug‘urta qilish shakllarida sodir
bo‘ladi.
Ko‘p darajali byudjet tizimi va byudjetdan tashqari maxsus
fondlar
faoliyatidagi
qayta
taqsimlash
jarayonlarini
takomillashtirish moliyaviy salohiyatni yanada kuchaytirish va
davlat moliyaviy resurslari o‘sishining quyidagi yo‘nalishlari bilan
uzviy bog‘langan:
• byudjet-soliq sohasidagi daromadlarni qayta taqsimlashning
samaradorligini oshirish. Bu narsa davlat tomonidan ta’sirchan
fiskal siyosatni hayotga tatbiq etish bilan bog‘liqki, bu siyosat o‘z
navbatida,
ishlab
chiqarishning
o‘sishi
va
XYuSlarning
investitsiyalarga yo‘naltiriladigan moliyaviy resurslarining o‘sishini
rag‘batlantirishni ko‘zda tutmog‘i kerak;
• bank-kredit sektori orqali pul resurslarining qayta
taqsimlanishini optimallashtirish. Buning eng asosiy iqtisodiy
instrumentlari va mexanizmlari bo‘lib quyidagilar hisoblanishi
mumkin: kredit siyosati; uzoq, o‘rta va qisqa muddatli kreditlar
hajmlarining nisbati; Markaziy bankning hisob stavkasi; ssuda va
depozit
foizlarining
stavkasi;
qimmatli
qog‘ozlar
bozori.
193
bo‘ladigan shart-sharoitlarni yaratishi kerak. Davlat va uning
moliyaviy tizimga ilmiy-texnika taraqqiyotini rag‘batlantirish
vazifasi yuklatildi. Moliyaga iqtisodiy o‘sishni uzoq muddatli
rag‘batlantirishni ta’minlash vazifasi yuklatildi. Umumiy tarzda, bu
jarayonlarda davlatning roli minimallashtirildi. Bu nazariya
mualliflarining ayrimlari davlatga “kechki qorovul va politsiyachi”
funksiyalarini berish bilan cheklanishni taklif etdi.
Boshqa nazariyalar bilan bir qatorda “taklif iqtisodiyoti”
nazariyasida soliqlarga alohida o‘rin ajratilgan. Uning vakillari -
soliqlarni qisqartirish tarafdori. Biroq, soliqlarga antitsiklik
konyunkturaviy tartibga solishning vositasi sifatida qaragan
keynschilardan
farqli
o‘laroq,
ular
jamg‘armalar
va
investitsiyalarning yuqori darajasini qo‘llab-quvvatlash uchun soliq
undirmalarining darajasini pasaytirishni taklif etishdi.
Amerikalik iqtisodchi A.Lefferning soliq konsepsiyasi ham
o‘ta mashhurlikka erishdi. U o‘zi ishlab chiqqan grafik model
yordamida soliqlarning yuqori stavkalari iqtisodiy o‘sishning
sur’atlarini pasaytiradi, degan xulosaga keldi. Bu olimning
tavsiyalari 1980-1990-yillarda dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida
amalga oshirilgan soliq islohotlarining asosini tashkil qildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |