186
kapitalining oshishiga yoki bozor talabiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi
ishchi kuchi sotib olish qobiliyatining pasayishiga olib keladi.
Shunday qilib, A.Smitning soliq konsepsiyasi yagona
maqsadga – kapitalning jamg‘arilishini rag‘batlantirish va ishlab
chiqarish kuchlarining rivojlanishini tezlashtirishga qaratilgan edi.
Asosan, xuddi shunday qarashlarni D.Rikardo (1772-1823
yillar) ham o‘zining “Siyosiy iqtisod va soliqqa tortishning
boshlanishi”
asarida
himoya
qilgan.
Mehnatning
qiymat
nazariyasidan kelib chiqqan holda u barcha soliqlar so‘zsiz
ravishda yo kapitalga, yoki daromadga ta’sir ko‘rsatadi, deb
hisoblagan. Agar soliqlar kapitaldan undirilsa, unumli mehnatni
saqlashga mo‘ljallangan fond qisqaradi. Soliqlar daromaddan
olinganda esa, kapitalning jamg‘arilishi qisqaradi yoki soliq
to‘lovchining iste’moli kamayadi. Birinchi ehtiyoj predmetlaridan
olinadigan soliqlar ular bahosining o‘sishiga sabab bo‘lib, ular
iste’mol qiladigan tovarlarning miqdoriga nisbatan yuqoriroq
bo‘lgan proporsiyalarda iste’molchining yelkasiga yuklanadi.
D.Rikardoning fikricha, tovarlar va ish haqidan undiriladigan har
qanday soliqlar, bir xil darajada bo‘lmasa-da, ish haqining
oshishiga va foydaning kamayishiga olib keladi.
Yuqorida bayon qilinganlarni inobatga olgan holda u “soliqlar
buyuk zulmdir”, degan xulosaga kelgan. Soliqqa tortishning o‘sishi
yoki hukumat xarajatlarining ortishi bilan xalqning iste’moli
pasayadi va bu narsa, oxir-oqibatda, ishlab chiqarishda o‘z aksini
topadi. Shuning uchun ham hukumatning vazifasi kapitalning
jamg‘arilishini rag‘batlantirishdir. Mamlakatning kelgusi ishlab
chiqarishini qisqartirmaslik uchun hukumat foydani soliqqa
tortmasligi kerak.
Klassik burjua siyosiy iqtisodi (A.Smit, D.Rikardo va ularning
izdoshlari) davlat xarajatlari va soliqlarga nisbatan rasmiy iqtisodiy
siyosatning konsepsiyasini, ko‘p jihatdan, aniqlab bergan edi.
XVIII
asrning
oxiri
va
XIX
asrning
boshlarida
ilg‘or
mamlakatlarning moliyaviy siyosati, yangi sinf – burjuaziyaning
manfaatlarini ifoda etib, mamlakatning xo‘jalik hayotiga davlatning
aralashmasligi prinsipini e’lon qilgan edi. Buning oqibatida davlat
xarajatlari va foydani soliqqa tortish biroz qisqardi.
XIX asrda ishlab chiqarishning yuqori sur’atlarda rivojlanishi
mehnat va kapital o‘rtasidagi ziddiyatlarning keskinlashuviga olib
keldi. Xuddi shu davrning o‘zida turli sotsial guruhlarning
183
• Nazoratning obyektlariga muvofiq ravishda moliyaviy
nazoratning qanday shakllari mavjud?
• Ichki va tashqi moliyaviy nazorat bir-biridan qanday
farqlanadi va ularning qanday umumiy jihatlari bor?
• Moliyaviy nazoratni amalga oshirish jarayonida uning
qanday metodlaridan foydalaniladi?
• Subyekt xo‘jalik faoliyatini qamrab olishning to‘liqligiga
qarab taftishning qanday turlari bo‘lishi mumkin?
• Moliyaviy va xo‘jalik operatsiyalarining qamralib olinishi
darajasiga ko‘ra taftishlar qanday guruhlarga bo‘linadi?
• Hisob palatasi to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq uning
zimmasiga qanday funksiyalarni bajarish yuklatilgan?
• O‘zbekiston
Respublikasi
Moliya
vazirligining
zimmasiga davlat moliyaviy nazoratini amalga oshirish bo‘yicha
qanday asosiy vazifa va funksiyalar yuklangan?
• Moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorat
Bosh boshqarmasining vazifalari sifatida nimalar belgilangan?
• Davlat soliq xizmati organlarining moliyaviy nazoratga
oid asosiy vazifalari nimalardan iborat?
• O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi
tizimidagi Bosh nazorat-taftish boshqarmasining vazifalariga
nimalar kiradi?
• Moliyaviy nazorat nodavlat turlarining tarkibi nimalardan
iborat?
• Ichki firmaviy moliyaviy nazoratning xarakterli
xususiyatlari nimalardan tashkil topadi?
• Tijorat banklari tomonidan amalga oshiriladigan
moliyaviy nazorat qanday xususiyatlarga ega?
• Auditorlik nazoratining asosiy vazifalari nimalardan
iborat?
• Auditorlik xizmatlari yana qanday boshqa xizmatlarni
ham ko‘rsatishlari mumkin?
• Auditorlik tekshiruvining qanday turlari mavjud?
• Har yili qanday subyektlar majburiy auditorlik
tekshiruvidan o‘tkazilishi shart?
• Auditning asosiy tamoyili nimadan iborat?
Do'stlaringiz bilan baham: