3-BOB. MOLIYAVIY TIZIM
3.1. Moliyaviy tizimning sohalari va bo‘g‘inlari
Faoliyat jarayonida turli pul fondlari(dan) shakllanadigan va
foydalaniladigan moliyaviy munosabatlar turli sohalarining majmui
moliyaviy tizim deyiladi. Unga boshqacha ham ta’rif berish
mumkin: davlat va korxonalarning pul fondlarini shakllantirish,
taqsimlash va foydalanish borasidagi shakl va metodlar tizimiga
moliyaviy tizim deyiladi. Unga yana quyida ta’rifni ham berish
mumkin: xo‘jalik subyektlari, uy xo‘jaliklari, davlat va maxsus
moliya institutlarining pul mablag‘larini taqsimlaydigan va
ishlatadigan moliya munosabatlarining bir-biri bilan bog‘liq va
birgalikda
harakat
qiladigan
kategoriyalari,
bo‘g‘inlari
va
sohalarining yig‘indisi moliyaviy tizim deyiladi”.
“Moliyaviy tizim” tushunchasi keng ma’nodagi “moliya”
tushunchasining
taraqqiyoti
natijasidir.
Mamlakatda
bozor
islohotlarining amalga oshirilishi va prinsipial jihatdan butunlay
yangi bo‘lgan iqtisodiy va moliyaviy siyosatning hayotga tatbiq
etilishi moliyaviy tizimning sohalari va bo‘g‘inlariga nisbatan
obyektiv ravishda yangicha yondashuvni taqozo etdi. Unga
muvofiq ravishda, dastlab, moliyaviy tizim quyidagi ikki sohaga
bo‘linadi
27
:
• davlat moliyasi va mahalliy moliya;
• xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliyasi.
O‘z navbatida, moliyaviy tizimning har bir sohasi pul fondlari
va
daromadlarni
shakllantirishning
konkret
shakllari
va
metodlariga bog‘liq ravishda bir necha bo‘g‘inlardan tashkil topadi.
Masalan,
davlat
moliyasi
va
mahalliy
moliya
quyidagi
bo‘g‘inlardan tashkil topishi mumkin:
• davlat byudjeti;
• byudjetdan tashqari davlat maqsadli fondlari;
• davlat krediti.
27
Sovetlar davridagi tegishli darsliklarda moliyaviy tizimning sohalari, ko‘pchilik hollarda, ikki xil tarzda talqin
qilingan edi. Leningrad (hozirgi Sankt-Peterburg) maktabining vakillari (Aleksandrov A.M., Voznesenskiy E.A.,
Jevtyak P.N., Romanovskiy M.V., Kolesnikov V.I. va boshqalar) fikriga ko‘ra, moliyaviy tizim odatda, ikki
sohadan, ya’ni 1) korxonalar va xalq xo‘jaligi tarmoqlari moliyasi hamda 2) umumdavlat moliyasidan iborat
bo‘lgan. Moskva maktabining vakillari (Shermenev M.K., Nikolskiy P.S, Molyakov D.S., Rodionova V.M., Guyda
T.V. va boshqalar) fikricha esa, moliyaviy tizimning sohalari kuyidagilardan tashkil topgan: 1) moddiy ishlab
chiqarish sohasi moliyasi; 2) Davlat byudjeti; 3) noishlab chiqarish sohasi moliyasi. Shunday bo‘lishiga qaramasdan
ularning har ikkalasi ham SSSRning iqtisodiy bazisiga va u tomonidan amalga oshirilgan moliyaviy siyosatga
mazmunan mos kelgan edi.
112
Do'stlaringiz bilan baham: |