darajasi. Bu tashkilotlar, ma’lum ma’noda, muhim ish beruvchilar
bo‘lib hisoblanadi. Hozirgi paytda bu sektorda ishchi kuchining
o‘rtacha 3,4% ishlaydi (Vengriyada – 1%dan boshlab, AQShda –
7%gacha).
Notijorat
tashkilotlarning
faoliyat
ko‘rsatishi
iqtisodiyotning boshqa sektorlarida faol ravishda qo‘shimcha ish
o‘rinlarining yaratilishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Bu tashkilotlar
tovarlar va xizmatlarni sotib oluvchilar bo‘lganligi uchun, oxir
oqibatda, bu narsa tadbirkorlik faoliyatining faollashuviga olib
keladi;
• notijorat tashkilotlarining operativ xarajatlari. 2000-yillar
boshida bu ko‘rsatkich yalpi milliy mahsulotning o‘rtacha 3,5%ini
tashkil etgan (Vengriyada – 1,2%, AQShda – 6,3%). Rossiyada
bu raqam 2%ga teng bo‘lgan.
Hozirgi sharoitda notijorat sektor katta iqtisodiy salohiyatga
ega bo‘la borib, bu yerda moliyaviy va inson resurslarining
sezilarli qismi to‘planmoqda va u zamonaviy bozor munosabatlari
tizimida muhim ish beruvchiga aylanib bormoqda.
Notijorat asosda xo‘jalik yuritishning asosiy xususiyatlari
quyidagilardan iborat:
• faoliyatning foyda olishga emas, balki ma’lum bir missiyaga
erishishga yo‘naltirilganligi;
• e’lon qilingan maqsadlarga erishish uchun olingan foydadan
vosita sifatida foydalanish;
• bozor xo‘jaligining iqtisodiy samaradorligi va faoliyatning
ijtimoiy samaradorligini birgalikda qo‘shib olib borish.
Notijorat tashkilotlari faoliyatining moliyaviy manbalari
quyidagi besh asosiy guruhdan tashkil topadi:
• byudjet mablag‘lari;
• tijorat faoliyati:
- tovar, ish va xizmatlarni sotishdan olingan tushum;
81
vositalaridan biriga aylandi. Natijada soxta moliyaviy ko‘rsatkichlar
jamiyatdagi haqiqiy ahvolni noto‘g‘ri ko‘rsata boshladi. Moliyaviy
ko‘rsatichlarning katta qismi “xizmat doirasida foydalanish uchun”,
eng muhimlari esa hatto “maxfiy” belgisi ostiga yashirildi, ya’ni
ko‘pchilik ular bilan tanishish imkoniyatidan mahrum etildi.
Bu masalada tub ijobiy burilish 2016-yili yuz berdi.
O‘zbekiston Prezidenti lavozimiga Shavkat Mirziyoev saylanishi
bilan mamlakatimiz iqtisodiy hayotida yangi davr boshlandi. 1992-
2016 yillik davrda moliyaviy siyosatda yo‘l qo‘yilgan xato va
kamchiliklarni tuzatish sari yo‘l tutildi.
O‘zbekistonda 2016-yildan boshlangan yangi tarixiy davrda
moliyaviy siyosatni tubdan o‘zgartirib yuborgan qator qonunlar,
Prezident farmon va qarorlari tayyorlandi va kuchga kirdi.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-
fevralda
imzolangan
“2017–2021
yillarda
O‘zbekiston
Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha
Harakatlar strategiyasi”
25
da mamlakatimiz moliyaviy siyosatni
yanada takomillashtirish, ba’zi o‘rinlarda esa butunlay qayta
tashkil etish talablari qo‘yildi.
Shu nuqtayi nazardan qaraganda, iqtisodiy islohotlarning
yangi bosqichida O‘zbekistonda moliyaviy siyosatning asosiy
vazifalari quyidagilardan iborat:
• Davlat byudjeti moliyaviy ahvolining barqarorligini ta’minlash;
• byudjet daromadlari va xarajatlarining ochiq, shaffof va
oshkora bo‘lishini tashkil etish;
• davlat xarajatlarini birinchi navbatda modernizatsiya qilish va
tegishli
tarkibiy
o‘zgarishlarni
amalga
oshirish
asosida
iqtisodiyotni innovatsion asosda rivojlanishini ta’minlashga
yo‘naltirish;
• xarajatlarning ijtimoiy yo‘naltirilganligini saqlab qolgan holda
davlat byudjetining barcha darajalarida mutanosiblikni ta’minlash;
• davlat byudjeti defitsitini yo‘l qo‘yilgan eng kam daraja
doirasida (YaIMning 3-4%i atrofida) cheklashga yo‘naltirilgan
qat’iy moliyaviy siyosatni amalga oshirish;
• mahalliy
byudjetlarning
daromad
qismini
yanada
mustahkamlash
va
byudjetlararo
munosabatlarni
takomil-
lashtirish;
• byudjet intizomiga qat’iy rioya qilish;
25
“O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”. 2017-yil 7-fevralda
imzolangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-4947-sonli Farmoni.
82
• davlat byudjeti daromadlarining katta qismini joylarga
biriktirish,
mahalliy
byudjetlarning
daromad
manbalarini
mustahkamlash;
• ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti sharoitida aholining
ijtimoiy himoyasini ta’minlash, aholining konstitutsiya bilan
kafolatlangan huquqlarini himoya qilishni ta’minlovchi moliyaviy
bazani yaratish, erkin mehnat va ishbilarmonlik asosida aholi
turmush darajasini keskin oshirish uchun zarur shart-sharoitlarni
yaratish;
• soliq yuklamasini kamaytirish va soliqqa tortish tizimini
yanada soddalashtirish, soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish;
• soliq konsepsiyasi va siyosatini takomillashtirish, soliqlarning
iqtisodiyotga rag‘batlantiruvchi ta’sirini kuchaytirish maqsadida:
- soliq tizimining ishlab chiqarishni rivojlantirishga, moddiy,
tabiiy, moliyaviy va mehnat resurslaridan, to‘plangan mol-mulkdan
samarali foydalanishga rag‘batlantiruvchi ta’sirini oshirish;
- korxonalar zimmasidagi soliq yuklamasini kamaytirish,
qo‘shilgan qiymat va foyda solig‘i stavkalarini kamaytirish va shu
asosda ishlab chiqarishni jonlantirishga turtki berish;
- soliq tushumlari tarkibini tubdan o‘zgartirish, resurslar, mol-
mulk solig‘ining rolini oshirish, jismoniy shaxslardan soliq
undirishning progressiv tizimini takomillashtirish;
• soliq siyosati belgilab bergan chora-tadbirlarni amaliyotga
tatbiq etuvchi tegishli moliya-soliq mexanizmini ishlab chiqish va
takomillashtirish;
• istiqbolli investitsiya loyihalari hamda kichik biznes va
xususiy tadbirkorlikni kreditlashni yanada kengaytirish orqali kredit
siyosatini takomillashtirish;
• milliy valyutani haqiqiy konvertatsiya qilishni joriy etish, pul
almashuv tartibini yanada soddalashtirish, so‘mning barqarorligini
ta’minlash;
• ijtimoiy
himoyaning
manzilli
bo‘lishiga,
moliyaviy
mablag‘larning ijtimoiy yordamga haqiqatda muhtoj aholi
qatlamlariga etib borishini ta’minlash;
• mahalliy byudjetlarni shakllantirish manbalari bo‘lgan
umumdavlat soliqlari bilan mahalliy soliqlar o‘rtasida aniq chegara
o‘tkazish va boshqalar.
Hozirgi vaqtda mamlakatimiz moliyaviy siyosat muammolari
qatoriga uning hayot (davr) bilan hamnafasligini, uning davlatimiz
95
Korxonalar davlatning mayda-chuyda aralashuvidan ozod
bo‘lib, shu bilan birgalikda, ishning iqtisodiy va moliyaviy natijalari
uchun ularning mas’uliyati ham keskin oshirilgan.
Bir vaqtning o‘zida mamlakatning xo‘jalik tizimi murakkab
tuzilmadan iborat bo‘lib, u aralash iqtisodiyot sifatida faoliyat
ko‘rsatadi. Uning tarkibida foyda olishga qaratilgan biznes sohasi
bilan bir qatorda iqtisodiyotning boshqa sohalari ham mavjudki,
ularning faoliyati ijtimoiy farovonlikka erishishga yo‘naltirilgan.
Bularning tarkibiga davlat sektoridan tashqari ba’zi mamlakatlarda
katta masshtablarga ega bo‘lgan va nisbatan yuqori sur’atlarda
o‘sib borayotgan notijorat sektori ham kiradi. Hozirgi sharoitda
notijorat sektori tashkilotlarining yuqori sur’atlarda tez o‘sib
borayotganligi, bir tomondan, jamiyatni demokratlashtirish siyosiy
jarayonlarining rivojlanishi va ikkinchi tomondan, bozor iqtiso-
diyotining ijtimoiy yo‘naltirilganligi (bu holat bizning mamlakatimiz
uchun xarakterlidir) bilan bog‘liq.
Notijorat tashkilotlari yuridik shaxs bo‘lib, foyda olish ularning
asosiy maqsadi emas va ularda olingan foyda ishtirokchilar
o‘rtasida taqsimlanmaydi. Ularning qatoriga ijtimoiy, xayr-ehson,
madaniy, ma’rifiy, ilmiy, boshqaruv, sog‘liqni muhofaza qilish,
jismoniy
tarbiya
va
sportni
rivojlantirish,
fuqarolar
va
tashkilotlarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish, qarama-
qarshiliklar va ziddiyatlarni yechish, yuridik xizmatlar ko‘rsatish va
shunga o‘xshash boshqa maqsadlarga erishish uchun tashkil
etilgan tashkilotlar kiradi. Notijorat tashkilotlarning oldiga qo‘yilgan
maqsadlar xilma-xil bo‘lganligi uchun bu sohaning juda keng va
rang-barang bo‘lishi, tabiiydir. Notijorat sohaning bir guruh
korxonalari, asosan, o‘z a’zolarining iqtisodiy manfaatlariga,
ma’lum toifadagi shaxslarning rivojlanishiga xizmat qiladi.
Iqtisodiyotning bu sohasi
28
, odatda, davlat sektorining birinchi,
tijorat sektorining ikkinchi ekanligi inobatga olingan holda uchinchi
sektor deb ham yuritiladi
29
.
Turli mamlakatlar iqtisodiyotida tarixiy an’analar va iqtisodiy
taraqqiyot bosqichlariga muvofiq ravishda notijorat sektor
faoliyatining masshtablari bir-biridan farq qiladi. Biroq, qator
28
O‘tgan asr 90-yillarining boshida amerikalik oilalarning 70%dan ortiqrog‘i har yili xayr-ehson maqsadlariga
xayriya
qilganlar va ularning bu badallari o‘rtacha ular yillik daromadlarining 2%dan ko‘prog‘ini tashkil etgan.
Buyuk Britaniya aholisi esa har yili xayr-ehson tashkilotlariga qariyb 4,5 mlrd. funt sterlingni berishadiki, o‘rtacha
xayr-ehson badali uy xo‘jaligi daromadining 0,7%iga tengdir. (Qarang: Finansi, nalogi i kredit. Uchebnik. Izd. 2-e,
dop. i pererab. /Pod red. d.e.n., prof. I.D.Matskulyaka. – M.: Izd-vo RAGS, 2007. s.183).
29
AQSh katta yoshdagi aholisining taxminan 54% ixtiyoriy ishlarga haftasiga 4 soatni, Buyuk Britaniyada aholining
30% ixtiyoriy xizmatlarga haftasiga 1,1 soatni, Kanadada katta yoshdagi aholining 27% shunday ishlarga haftasiga
3,7 soatni sarf qilishadi. (Qarang: o‘sha erda).
94
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliyasi moliyaviy tizimning
mustaqil
sohasi
hisoblanadi.
Uni
boshqacha
nomda
mulkchilikning turli shaklidagi korxona va tashkilotlar moliyasi deb
ham atash mumkin. Moliyaviy tizimning ana shu sohasida
daromadlarning asosiy qismi shakllanadi va ular, oxir-oqibatda
davlat tomonidan o‘rnatilgan qoidalarga muvofiq ravishda qayta
taqsimlanib,
barcha
darajadagi
byudjetlar
va
nobyudjet
fondlarining daromadlarini shakllantiradi. Bir vaqtning o‘zida
byudjet mablag‘larining katta qismi to‘g‘ridan-to‘g‘ri byudjetdan
moliyalashtirish, byudjet ssudalari va davlat kafolatlari shaklida
korxonalarning joriy va investitsion faoliyatlarini moliyalashtirishga
yo‘naltirilishi mumkin.
Yuqorida qayd etilganidek, moliyaviy tizimning bu sohasi
tijorat korxonalari va tashkilotlari moliyasi, moliyaviy vositachilar
moliyasi va notijorat tashkilotlar moliyasi kabi bo‘g‘inlardan tashkil
topadi. Bu guruhga kiruvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlarning
moliyaviy munosabatlari tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish,
daromadlar va xarajatlarni shakllantirish, mulkka egalik qilish, o‘z
zimmalariga olgan majburiyatlarini bajarish shakllariga bog‘liq
ravishda o‘ziga xos bo‘lgan xususiyatlarga egadir. Bir vaqtning
o‘zida, tijorat korxonalari va tashkilotlari moliyasi muhim ahamiyat
kasb etib, aynan shu yerda moliyaviy resurslarning asosiy qismi
shakllantiriladi. Mamlakatning umumiy moliyaviy ahvoli ana shu
korxonalar moliyasining ahvoli bilan belgilanadi.
Bozor munosabatlari sharoitida korxonalar o‘zlarining
faoliyatlarini tijoriy hisob asosida amalga oshiradilar. Unga
muvofiq ravishda ularning xarajatlari o‘z daromadlari hisobidan
qoplanishi kerak. Mehnat jamoalari ishlab chiqarish va ijtimoiy
rivojlanishining asosiy manbai foyda hisoblanadi.
Bu soha korxonalari real ravishda moliyaviy mustaqillikka
ega, mahsulotni sotishdan olingan tushumni ularning o‘zi mustaqil
ravishda taqsimlaydi, o‘zlarining ixtiyoriga ko‘ra foydadan
foydalanadilar,
ishlab
chiqarish
va
ijtimoiy
fondlarni
shakllantiradilar, moliyaviy bozorning resurslaridan, ya’ni bank
kreditlari, obligatsiyalar emissiyasi, depozit sertifikatlari va boshqa
vositalardan foydalangan holda investitsiyalar uchun zarur bo‘lgan
mablag‘larni qidirib topadilar.
83
rivojlanishining 2016-yildan keskin o‘zgargan sharoitlariga tezda
moslasha olishini ta’minlash, o‘z yechimini kutayotgan vazifalarni
hal etish uchun kerakli usullarni o‘z vaqtida topa bilish, strategik
konseptual yechimlarni ishlab chiqish, mablag‘larga qarab
yashash talabiga rioya etilishini ta’minlash, fuqarolar ijtimoiy talab-
ehtiyojlarini qondirishning moliyaviy bazasini (asosini) belgilashda
qoldik
yondashuvidan
(usulidan)
ijtimoiy
xarajatlarning
manzilliligini ta’minlashga o‘tish kabi tadbirlar kiradi.
Davlatning yangi moliyaviy siyosat konsepsiyasining ayni
davrdagi maqsadi iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish, ijtimoiy
ishlab chiqarish samaradorligini butun choralar bilan oshirish
asosida jamiyat a’zolarining turmush farovonligi darajasini keskin
oshirishni ta’minlashdan iborat. Moliya strategiyasining ijtimoiy
yo‘naltirilganligi xalq farovonligini oshirishga ajratiladigan moliya
resurslarini ko‘paytirish imkoniyatlarini qidirib topishda namoyon
bo‘libgina qolmay, balki iqtisodiy siyosatning bosh maqsadiga
butunlay yangicha yondashuvda ham namoyon bo‘ladi va
endilikda aholi turmush darajasi va ishlab chiqarishning o‘sishi
hamda moliyaviy resurslardan samarali foydalanish yo‘nalishlarini
belgilaydi.
Ijtimoiy himoya, birinchi navbatda, kam ta’minlangan
fuqarolarni, shuningdek, byudjet tashkilotlari xodimlarini ijtimoiy
himoya qilishni ham nazarda tutadi. Ijtimoiy himoya, eng avvalo,
daromadlarni indeksatsiyalash usuli yordamida, ya’ni, byudjet
mablag‘lari hisobiga, ba’zan esa kompensatsiyalarni iste’mol
indeksiga muvofiq oshirish yo‘li bilan ta’minlanadi.
Jamiyat hayotining iqtisodiy va ijtimoiy sohasiga moliyaviy
ta’sir o‘tkazishning asosiy uslublari bo‘lib soliq solish, moliya
resurslaridan mohirona va oqilona foydalanish, moliyalashtirish,
moliya bozori va boshqalar hisoblanadi. Jamiyat taraqqiyoti
hozirgi bosqichining moliyaviy siyosat moliya strategiyasi talablari
asosida va yuzaga kelgan iqtisodiy shart-sharoitlarni hisobga
olgan holda ishlab chiqilgan.
Xo‘jalik yuritishning turli-tuman shakllaridan foydalanish
jamoat talab-ehtiyojlarini yaxshiroq qondirish, resurslarni tejash,
mahsulot assortimenti va texnika bazasini yangilash, mehnat
jamoalarining ijtimoiy muammolarini hal etishi yo‘lida raqobatni
rivojlantirish, tashabbuskorlik ko‘rsatish uchun shart-sharoitlarni
yaratadi.
Ijtimoiy va boshqa ehtiyojlarni qondirishga yo‘naltiriladigan
moliya resurslarining o‘sishiga, eng avvalo, rentabelli faoliyat
84
ko‘rsatish orqali erishiladi. Biroq siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy
sharoit o‘zgarishi bilan davlat xarajatlari miqdori doimo o‘sib
boradi. Shu munosabat bilan hozirgi moliyaviy siyosat davlat
moliya resurslarining muntazam o‘sishini ta’minlashga qaratilgan
tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishni nazarda tutadi.
Byudjetga tushayotgan to‘lovlar hajmini oshirishning zarurligi
xo‘jalik bo‘g‘inlarining ishchan faolligini jonlantirishga qaratilgan
moliyaviy siyosatning hayotga tatbiq etilishini talab qiladi.
Moliyaviy siyosatni faollashtirish maqsadida moliyaviy
resurslarni qayta taqsimlash amaliyotini tubdan o‘zgartirish katta
ahamiyatga ega. Byudjet vositasida, shuningdek, yuqori
tashkilotlar orqali amalga oshiriladigan “vertikal
ˮ uslubga qarama-
qarshi moliyaviy resurslarni moliya bozori orqali “gorizontal
ˮ qayta
taqsimlash ham borgan sari yanada keng rivoj topadi.
Mablag‘larning o‘tkazib turilishi esa moliyaviy resurslardan talab
va taklifdan kelib chiqqan holda foydalanishni nazarda tutadi.
Moliya bozorining rivojlanishi munosabati bilan milliy
iqtisodiyotni rivojlantirish va umumdavlat ehtiyojlarini qondirish
uchun aholi, korxona va tashkilotlarning pul daromadlari va
jamg‘armalarini yanada kengroq jalb etish zarur. Shu munosabat
bilan Davlat obligatsiyalari va xazina biletlarini chiqarish ham
davlat resurslarining hajmini ko‘paytiradi.
Moliyaviy siyosat real moliyaviy imkoniyatlarni hisobga olgan
holda ishlab chiqilishi va amaliyotga tatbiq etilishi zarur. Xarajatlar
miqdori moliya resurslari ko‘payganidagina o‘sishi mumkin. Bu,
eng avvalo, ishlab chiqarishni moliyalashtirishni bildiradi. Iqtisodiy
va moliyaviy siyosatning hamma tadbirlari, bir tomondan, aholiga
o‘z daromadlarini oshirish imkoniyatini berish, ikkinchi tomondan
esa, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirpsh uchun maqbul sharoitlarni
yaratishga qaratilishi kerak.
Moliyaviy siyosatning tubdan o‘zgarishiga mos ravishda
moliya
mexanizmi
ham
qayta
qurilmog‘i
lozim.
Moliya
mexanizmini qayta qurishning maqsadi bozor munosabatlari
asosida ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligiga uning ta’sirini
kuchaytirish, moliya resurslaridan foydalanish samaradorligini
oshirishni ta’minlashdir. Moliya mexanizmini qayta qurish negizida
korxona, tashkilotlar ishining yakuniy natijalarini yaxshilash uchun
xo‘jalik tashabbuskorligi va mas’uliyatini butun choralar bilan
kuchaytirish talab qilinadi.
Bozor
iqtisodiyotida
korxonalarning
ishlab
chiqarish
omillaridan iloji boricha yaxshiroq foydalanishdan manfaatdorligini
93
Davlat
maxsus
fondlari
tarkibida
katta
miqdordagi
mablag‘larning
to‘planganligi
sharoitida
davlat
moliyaviy
nazoratining susayishi bu mablag‘lardan samarasiz foyda-
lanishga va suiistemol qilish holatlarining sodir etilishiga olib
kelishi
mumkin.
Shuning
uchun
ham
davlat
moliyaviy
resurslaridan
foydalanish
ustidan
nazoratni
kuchaytirish
maqsadida ularni davlat byudjetiga jamlash (konsolidatsiya qilish)
maqsadga muvofiqdir. Bunda byudjetga jamlangan fondlarning
maqsadli yo‘nalishi o‘zgartirilmasdan saqlanib qolishi ta’minlanishi
lozim.
Davlat krediti moliyaviy tizim “davlat moliyasi va mahalliy
moliya” sohasining o‘ziga xos bo‘g‘ini hisoblanadi. Uning o‘ziga
xosligi davlatning markazlashtirilgan fondlariga mablag‘larni jalb
qilish bo‘yicha moliya-kredit munosabatlarining alohida shakllari
bilan belgilanadi. Davlat krediti davlat, yuridik va jismoniy shaxslar
o‘rtasidagi pul munosabatlarining o‘ziga xos alohida shaklidan
iboratdir. Bunda davlat, asosan, mablag‘larni qarzga oluvchi va
shuningdek, kreditor va garant (kafil) sifatida ham maydonga
chiqadi.
Davlat kreditida mablag‘larni qarz oluvchi sifatida davlatning
hissasi miqdoriy jihatdan ustunlik qiladi. Davlatning kreditor
sifatidagi operatsiyalari, ya’ni davlat yuridik va jismoniy
shaxslarga ssudalar taqdim qilganda yoki garant (kafil) bo‘lganda,
ancha torroq bo‘ladi. Shunday bo‘lishiga qaramasdan, bozor
iqtisodiyoti
sharoitida
byudjetdan
moliyalashtirish
ham
qaytariluvchanlik va to‘lovlilik (haq asosida) sharti bilan amalga
oshirilsa, keng rivoj topishi mumkin.
Hozirgi
sharoitda
davlat
kreditining
zarurligi
davlat
xarajatlarining davlat o‘z daromadlari bazasini kengaytirish
imkoniyatlariga nisbatan yuqori sur’atlarda o‘sishi bilan bog‘liq
bo‘lib, bu narsa byudjet defitsiti sharoitida rejalashtirilgan byudjet
xarajatlarining
qoplanishini
ta’minlaydi.
Bozor
iqtisodiyoti
sharoitida pul-kredit va moliyaviy siyosatlarning bir-biri bilan
o‘zaro bog‘liq holda amalga oshirilishi moliyaviy tizimning “davlat
moliyasi va mahalliy moliya” bo‘g‘ini to‘g‘risidagi an’anaviy
tasavvurlar kengayishi va keng ma’noda hamda uni zamonaviy
tushunishga muvofiq ravishda Markaziy bank tizimini ham o‘z
tarkibiga qo‘shmog‘i lozim.
92
• byudjet yordamida tartibga solish mexanizmini tako-
millashtirish;
• G‘aznachilik
tizimi
ishini
takomillashtirish,
byudjet
mablag‘laridan
samarali
foydalanish
ustidan
nazoratni
kuchaytirish va h.k.
Byudjetdan tashqari davlat maqsadli fondlari (davlat
maqsadli fondlari) oldindan belgilangan ma’lum muddatlarda
tuzilishi yoki doimiy ravishda mavjud bo‘lishi mumkin. Bu
fondlarning vujudga kelishi davlat byudjetining qabul qilinishi yoki
qabul
qilinmasligidan
qat’iy
nazar
mablag‘lar
maqsadli
manbaining zarurligi bilan belgilanadi. Birinchi navbatda, bu
ijtimoiy ta’minot, sog‘liqni saqlash, ishsizlikni kamaytirish va
boshqa xuddi shunday bir qancha muhim ijtimoiy ehtiyojlarni
qondirishga tegishlidir. Bu fondlar mablag‘larini shakllantirish va
ulardan foydalanish davlat tomonidan o‘ziga xos bo‘lgan shakllar
va metodlar yordamida amalga oshiriladi. Shuning uchun ham
ularni moliyaviy tizimning “davlat moliyasi va mahalliy moliya”
sohasining
alohida
bo‘g‘ini
sifatida
ajratilishi
maqsadga
muvofiqdir.
Mablag‘lardan foydalanishning maqsadli yo‘naltirilganligi
belgisi bo‘yicha byudjetdan tashqari davlat maxsus fondlarini
quyidagi ikki guruhga bo‘lish mumkin:
• ijtimoiy mo‘ljallangan (yo‘nalishga ega bo‘lgan) davlat
maxsus fondlari;
• tarmoqlararo va tarmoq xarakteriga ega bo‘lgan davlat
maxsus fondlari.
Ayrim hollarda hududiy yo‘naltirilgan (mo‘ljallangan) davlat
maqsadli fondlari tashkil qilinishi mumkin.
Davlat maqsadli fondlari moliyaviy tizim “davlat moliyasi va
mahalliy
moliya”
sohasining
alohida
bo‘g‘ini
sifatida
quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin:
• Respublika yo‘l fondi;
• O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va
tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasining maxsus
hisobvarag‘i;
• Ish bilan ta’minlashga ko‘maklashuvchi davlat fondi;
• O‘zbekiston Respublikasi byudjetdan tashqari Pensiya
fondi.
85
oshirish uchun alohida moliyaviy uslublardan foydalanish zarurati
yo‘qoladi.
Bozor
raqobati
korxonalarni
ishlab
chiqarish
samaradorligi, moliyaviy resurslardan foydalanish ustidan ichki
xo‘jalik
moliya
nazoratini
chuqurlashtirish
haqida
doimo
g‘amxo‘rlik qilishga majbur qiladi. Shu bilan bir vaqtning o‘zida
davlat tomonidan bozor munosabatlarini moliyaviy boshqarishning
ahamiyati ham oshadi. Moliyaviy boshqarish korxonalarga soliq
solish, qo‘shimcha soliqlarni (masalan, eksport va import solig‘ini)
kiritish, mehnatkashlar daromadlariga soliq solish, maqsadli
dasturlarni moliyalashtirish vositasida amalga oshiriladi. Ishlab
chiqarilayotgan mahsulotning sifat parametrlarini buzganlik
uchun, atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha talablarning
sanitariya norma va qoidalariga rioya qilmaslik uchun moliyaviy
jarimalar tizimiga talabchanlik oshiriladi. Davlat byudjeti va
byudjetdan
tashqari
jamg‘armalar
oldidagi
moliyaviy
majburiyatlarni o‘z vaqtida bajarmaslik yoki to‘liq bajarmaslik,
foyda va boshqa soliq solish obyektlarini yashirganlik uchun
jarima (sanksiya)larning darajasi va miqdori kuchaytiriladi.
Auditorlik moliya nazorati keng rivoj topmog‘i lozim.
Boj siyosati hozirgi kunda mamlakat ichki bozoriga past
sifatli, inson salomatligiga putur yetkazuvchi tovarlarning kirib
kelishini oldini olish va ilg‘or texnologiyalar, fan-texnika yutuqlari
natijalarining mamlakat iqtisodiyotiga jalb etilishini rag‘batlantirish
vazifalarini bajarishi talab etiladi.
Aholiga ijtimoiy xizmat ko‘rsatishni yaxshilash maqsadida
ijtimoiy soha muassasalari va tashkilotlarida yangi xo‘jalik
mexanizmi joriy etilyapti. Ijtimoiy soha muassasalariga pulli xizmat
ko‘rsatish,
xo‘jalik
faoliyati
bilan
shug‘ullanish,
olingan
daromadlarni mustaqil tasarruf etish huquqi yanada kengaytirildi.
Davlat moliya mexanizmiga tub o‘zgarishlar kiritildi. Davlat
byudjeti daromadlarini shakllantirish soliq asosiga o‘tkazildi,
byudjet daromadlari tarkibi va byudjetdan moliyalashtirish tizimi
butunlay o‘zgardi. Byudjetdan tashqari jamg‘armalar tizimi keng
tarqaldi. Bozor munosabatlarining rivojlanishi mulkiy va shaxsiy
sug‘urtani tashkil etish va boshqarish sohasida ijobiy natijalarga
olib keldi: kooperativ (shirkat) sug‘urtasi rivojlanyapti, aksiyadorlik
sug‘urta jamiyatlari vujudga kelyapti, sug‘urtaning yangi turlari
paydo bo‘layapti.
2017-yilning
5-sentyabrida
mamlakatimiz
moliyaviy
siyosatida muhim voqea yuz berdi. Chunki aynan shu kuni milliy
pul birligimiz so‘mni xorijiy valyutalarga konvertatsiya qilishni
86
erkinlashtirish sohasida katta ahamiyat kasb etadigan qadam
tashlandi.
Ya’ni
O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidenti
Sh.Mirziyoyevning 2017-yil 2-sentyabrda imzo-lagan “Valyuta
siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-
tadbirlar to‘g‘risida
ˮ
26
gi farmoni bilan mamlakatimizda valyuta
munosabatlarini tartibga soladigan yuridik va jismoniy shaxslar
xorijiy valyutani erkin sotish hamda sotib olishga imkon beradigan
yangi bozor mexanizmini joriy qilish boshlandi. Yangi tartibga
ko‘ra, endi milliy valyutaning chet el valyutasiga nisbatan
ayirboshlash kursi valyuta birjasining banklararo elektron
savdolarida valyutaga bo‘lgan talab va taklifdan kelib chiqqan
holda shakllantiriladigan bo‘ldi. 2017-yil 5-sentyabrda ushbu
mexanizm ta’sirida shakllangan so‘mning AQSh dollariga
nisbatan ayirboshlash kursi 8100 so‘m miqdorida belgilandi.
Valyutani konvertatsiya qilishning yangi mexanizmi bozor
iqtisodiyoti talablariga javob beradi.
Xullas, mamlakatimizda 2016-yili yangi iqtisodiy sharoit
talablaridan
kelib
chiqqan
holda
moliyaviy
siyosatni
takomillashtirish jarayoni boshlandi va u izchillik bilan davom
ettirilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |