mablag‘larning foydalanilganligini inobatga olgan holda davlat
byudjeti mablag‘larini taqdim etish. Byudjetdan moliyalashtirish
ko‘rsatkichlarning bajarilishiga bog‘liqligi moliyaviy organlarga
korxona, tashkilot va muassasalarning faoliyati ustidan samarali va
ta’sirchan nazoratni amalga oshirishga imkon beradi;
• davlat byudjeti mablag‘larining qaytariluvchan emasligi.
Davlat byudjeti mablag‘lari subyektlarga ularni majburiy ravishda
byudjetga qaytarmaslik sharti bilan taqdim etiladi;
425
• davlat byudjeti mablag‘larining tekinligi (bepulligi).
Byudjetdan mablag‘lar subyektlarga foiz ko‘rinishida qandaydir
daromadlarni davlatga to‘lamasdan yoki mablag‘larni to‘lashning
boshqa ko‘rinishlarisiz ajratiladi.
Byudjetdan moliyalashtirish amaliyotida umumiy tamoyillar
bilan birgalikda xususiy prinsiplardan ham foydalaniladi. Ularning
tarkibiga quyidagilar kiradi:
• davlat byudjeti mablag‘larini faqat ishlab chiqarishni
kengaytirish xarajatlariga ajratish;
• davlat byudjeti mablag‘larining hajmini aniqlashda “qoldiq”
yondashuvidan foydalanish;
• byudjetdan moliyalashtirishda rejalashtirilayotgan xarajatlarni
kredit usuli orqali ta’minlash bilan birgalikda foydalanish;
• korxonalarning moliyaviy holatini davlat byudjeti orqali
tartibga solish prinsipi va boshqalar.
Davlat
byudjeti
mablag‘lari
amaliyotida
byudjetdan
moliyalashtirishning turli usullaridan foydalaniladi. Uning quyidagi
ikki usulini alohida ajratib ko‘rsatish mumkin:
• “netto-byudjet” tizimi bo‘yicha moliyalashtirish. Pul
mablag‘larini taqdim etishning bu usuli shu bilan xarakterlanadiki,
unga ko‘ra davlat byudjeti mablag‘lari tasdiqlangan byudjetda
ko‘zda tutilgan xarajatlarning cheklangan bir qismiga ajratiladi;
• “brutto-byudjet” tizimi bo‘yicha moliyalashtirish. Bu usul
byudjetdan to‘liq moliyalashtiriladigan korxona va tashkilotlar
uchun qo‘llaniladi. Davlat byudjeti mablag‘lari bu holda davlat
byudjeti tashkilotini joriy saqlash va uning faoliyatini kengaytirish
bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarning barcha turlari uchun ajratiladi.
Pul mablag‘larini taqdim etishning yuqorida keltirilgan usullari
byudjetdan moliyalashtirishning quyidagi shakllari yordamida
amalga oshiriladi:
• davlat byudjeti tashkilotini saqlash uchun mablag‘lar;
• davlat va mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlarining
shartnomalari bo‘yicha yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan
bajarilgan tovarlar, ishlar va xizmatlarni to‘lash uchun mablag‘lar;
• aholiga transfertlar;
• jismoniy va yuridik shaxslarga subvensiya va subsidiyalar;
• quyi byudjetlarga va davlatning byudjetdan tashqari
jamg‘armalariga dotatsiya, subvensiya va subsidiyalar;
448
• Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlari,
shuningdek‚ soliq va davlat byudjeti siyosatining asosiy
yo‘nalishlari loyihalarini ko‘rib chiqish hamda tegishli xulosa
taqdim etish uchun O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasiga
yuboradi;
• byudjetnoma loyihasini ko‘rib chiqadi va tasdiqlaydi;
• byudjetnomani O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
palatalariga taqdim etadi;
• davlat boshqaruvi organlarining Davlat byudjetini va davlat
maqsadli jamg‘armalari byudjetlarini ijro etish borasidagi
faoliyatini muvofiqlashtirib boradi hamda nazorat qiladi;
• Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari
byudjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni har chorakda ko‘rib
chiqadi;
• o‘tgan moliya yili uchun Davlat byudjetining va davlat
maqsadli
jamg‘armalari
byudjetlarining
ijrosi
to‘g‘risidagi
hisobotlarni tashqi audit o‘tkazish hamda baholash uchun
O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasiga yuboradi;
• Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari
byudjetlarining tegishli davrdagi ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni
tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qonunchilik palatasiga taqdim etadi;
• Qonunchilikda nazarda tutilgan holatlarda moliya yili
mobaynida Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari
byudjetlari parametrlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi
takliflarni ko‘rib chiqadi;
• O‘zbekiston
Respublikasi
respublika
byudjetining
qo‘shimcha manbalaridan foydalanish to‘g‘risida qarorlar qabul
qiladi;
• O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira
jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish to‘g‘risida qarorlar qabul
qiladi.
• O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonun
hujjatlariga muvofiq davlat byudjeti sohasida boshqa vakolatlarni
ham amalga oshirishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |