Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


Baholarni shakllantirishda xarajatli yondashuv metodi



Download 5,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet134/444
Sana22.12.2021
Hajmi5,3 Mb.
#122845
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   444
Bog'liq
Moliya 2020 (darslik)

Baholarni shakllantirishda xarajatli yondashuv metodida 

XYuSning  tovarlarni  ishlab  chiqarish  va  sotish  haqiqiy  xarajatlari 

asosiy  tayanch  nuqta  sifatida  qabul  qilinadi.  Baholarni 

shakllantirishning bu metodi tarixiy jihatdan eng qadimgi (eski) va 

eng  ishonchli  hisoblanadi.  Uning  zaminida  XYuS  mahsulotni 

ishlab  chiqarish  va  realizatsiya  qilish  xarajatlarining  buxgalteriya 

hujjatlari  bilan  tasdiqlangan  (isbot  qilingan)  xarajatlaridan  iborat 

bo‘lgan 


haqiqiy 

asos 


yotadi. 

Ma’lum 


darajada 

bunday 


yondashuvning 

obro‘si 


baholarni 

shakllantirishni 

barcha 

xarajatlarga  normal  daromadlarni  to‘liq  olish  va  ularning  ishlab 

chiqarilgan tovarlar o‘rtasida to‘g‘ri taqsimlanishining XYuS uchun 

zarurligini  nazarda  tutuvchi  iqtisodiy  nazariya  orqali  qo‘llab-

quvvatlanishi  bilan  belgilanadi.  Biroq  baholarni  shakllantirishning 

xarajatli  metodi  ba’zi  bir  kamchiliklarga  ega.  Xususan,  ko‘p 

hollarda  mahsulot  birligiga  to‘g‘ri  keluvchi  xarajatlarning  salmo-

g‘ini,  bu  narsa  ushbu  yondashuvga  ko‘ra  bahoning  asosi 




294 

bo‘lishiga 

qaramasdan, 

baho 


aniqlanganiga 

qadar 


uni 

o‘rnatishning iloji yo‘q. 

Mahsulotni  sotishni  bozor  iqtisodiyoti  talablariga  muvofiq 

tashkil etishda bahoning  darajasini ishlab chiqarish masshtabi va 

sotish  hajmi  aniqlab  beradi.  Iqtisodiy  nazariya  va  buxgalteriya 

hisobiga  ko‘ra,  mahsulot  birligini  ishlab  chiqarishga  qilingan 

xarajatlarning  salmog‘i  ishlab  chiqarish  masshtabiga  to‘g‘ridan-

to‘g‘ri  bog‘liq.  Mahsulotni  ishlab  chiqarish  hajmi  ortsa,  bir 

buyumga  to‘g‘ri  keluvchi  doimiy  xarajatlar  summasi  va  uni  ishlab 

chiqarishga  sarflangan  xarajatlarning  umumiy  miqdori  kamayadi. 

Baholarni  shakllantirishga  yondashuvlarni  taqqoslash  quyidagi 

xulosani  chiqarishga  imkon  beradi:  bilimli  menejer,  bu  sohadagi 

uning  qarori  haqiqiy  xarajatlarni  qoplash  va  faoliyatning  tarkib 

topgan  sharoitlarida  ko‘zda  tutilgan  foydaning  tegishli  miqdorini 

olishning  zarurligi  bilan  belgilangan  bir  paytda,  baholarni 

shakllantirishning  passiv  yo‘lini  tanlamasligi  kerak.  Bu  yerda 

passiv  baholarni  shakllantirish  deyilganda  baholarni  qat’iy  tarzda 

xarajatlar  metodi  asosida  yoki  raqobatchilarning  baho  bo‘yicha 

qarorlari ta’siri ostida o‘rnatilishi (aniqlanishi) nazarda tutilayapti. 

Hozirgi  sharoitda  baholarni  aniqlashdagi  eng  oqilona 

yondashuvlardan  biri  baholarni  faol  shakllantirish  hisoblanadi.  U 

baholarning  belgilanishini  sotishni  boshqarish  siyosati  doirasida 

eng  foydali  ishlab  chiqarish  hajmi,  ishlab  chiqarishning  o‘rtacha 

xarajatlari  va  operatsiyalar  foydaliligining  maqsadli  darajasiga 

erishish  maqsadida  tashkil  etishni  ko‘zda  tutadi.  Baholarni 

boshqarish orqali sotishning kerakli hajmi va unga mos keladigan 

o‘rtacha  xarajatlarning  miqdoriga  erishiladiki,  bu  narsa  oxir 

oqibatda,  XYuSni  operatsiyalar  foydaliligining  ko‘zda  tutilgan 

darajasiga olib chiqadi. 

Muammoni  hal  etishga  bunday  yondashuv  baholarni 

shakllantirish 

xarajatli 

metodining 

“kuchsiz” 

bozorlarda 

(konyunkturasi  yomonlashib  borayotgan  bozorlarda)  juda  yuqori 

baholarni  yoki  “kuchli”  bozorlarda  (talab  o‘sib  borayotgan 

bozorlarda)  juda  past  baholarni  o‘rnatish  odatidan  qochishga 

imkon beradi. 

Baholarni  shakllantirishning  xarajatli  metodidan  voz  kechish 

oson  ish  emas.  Chunki  bu  narsa  XYuSlarning  menejerlaridan 

yangi  mahsulotni  ishlab  chiqarishga  investitsiyalar  boshlangunga 

qadar  baho  bo‘yicha  ularning  pozitsiyalarini  aniqlashni  taqozo 

299 


sotib  oluvchilar,  ular  bilan  raqobat  qiluvchilar,  raqobat  tovarlari 

bilan  tovarning  almashuvchanligi,  almashtiriladigan  yoki  o‘zaro 

almashtiriladigan  tovarlarning  taqqoslanishi  ehtiyojning  tarkibiy 

tuzilmasini  belgilab  beradi.  Bu  yerda  shu  tovarni  yoki  shu  tovar 

bozorini  ularni  to‘ldiradigan  tovarlar  yoki  ularni  to‘ldiradigan 

tovarlar bozori bilan taqqoslash katta ahamiyatga ega. 




Download 5,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   444




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish