3-mavzu. O‘zbekistonda sug‘urtaning shakllanish tarixi va rivojlanish bosqichlari Reja


-2009-yillarda sug‘urta sohasida amalga oshirilgan



Download 60,7 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/6
Sana18.07.2021
Hajmi60,7 Kb.
#122594
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
3mavzu

2.5. 2008-2009-yillarda sug‘urta sohasida amalga oshirilgan

islohotlar va ularning ahamiyati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 21-maydagi

«Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada isloh qilish va rivojlantirishga oid

qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» qarori sug‘urta kompaniyalarining

kapitallashuv darajasini oshirish, ularning respublika mintaqalarida

agentlik shaxobchalarini kengaytirish va investitsion jarayonlardagi

ishtirokini kengaytirishda katta ahamiyat kasb etdi. Sug‘urta kompaniyalari

ustav kapitalining eng kam miqdoriga o‘rnatilgan talab kuchaytirildi.

Qarorga ko‘ra, 2010-yil 1-yanvardan umumiy sug‘urta sohasida

faoliyat ko‘rsatuvchi kompaniyalar uchun ustav kapitalining eng kam

miqdori 750,0 ming yevroga teng ekvivalent summada; hayotni sug‘urta

qilish sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi sug‘urta kompaniyalari uchun 1000

ming yevroga teng ekvivalent summada; majburiy sug‘urta bo‘yicha

1500,0 yevroga teng ekvivalent summada belgilandi. Bu albatta sug‘urta

tashkilotlarining kapitallashuv darajasini keskin oshiradi.

Ma’lumki, majburiy sug‘urta ijtimoiy himoya tizimining muhim

bo‘g‘inlaridan biri hisoblanadi. Iqtisodiyotning bozor shart-sharoitlari

asosida rivojlanishida sug‘urtaning majburiy turlari muhim ahamiyat

kasb etadi. Buning sababi shundaki, majburiy sug‘urta o‘zida nafaqat

ijtimoiy himoya elementlarini namoyon etadi, balki bozor munosabatlariga

xos bo‘lgan jihatlarni ham ifodalaydi. Amaliyotda majburiy

sug‘urtaning ikki turi uchraydi. Birinchisi, bevosita mijozlarning

to‘lagan sug‘urta mukofotlari hisobidan amalga oshiriladigan majburiy

sug‘urta, ikkinchisi, sug‘urta mukofoti to‘lovi davlat budjeti mablag‘lari

hisobidan amalga oshiriladigan majburiy davlat sug‘urtasi.

Majburiy sug‘urtaning mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi

ahamiyatini e’tiborga olgan holda 2008-yil 21-aprelda «Transport

vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish

to‘g‘risida» O‘zbekiston Respublikasi qonuni qabul qilindi.1 Qonun 41

ta moddadan iborat bo‘lib, unda mazkur qonunning maqsadi, asosiy

tushunchalar, majburiy sug‘urtaning asosiy prinsiplari, majburiy

sug‘urtani amalga oshirish shartlari va tartibi, sug‘urta hodisalari

bo‘yicha zararning o‘rnini qoplash, kompensatsiya to‘lovlari, majburiy

sug‘urta bo‘yicha to‘lovlarni kafolatlash kabi boblar mavjud. Shunisi




diqqatga sazovorki, mazkur qonunning 41-moddasida «Ushbu qonun

rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran olti oy o‘tganidan keyin kuchga

kiradi», deb ko‘rsatib o‘tilgan edi2.

Qonun qabul qilingandan so‘ng uni amalga oshirishni ta’minlashga

qaratilgan Hukumat qarorini qabul qilishga zarurat tug‘ildi va 2008-yilning

26-iyunida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi «Transport

vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish

to‘g‘risida» 141-sonli qaror qabul qildi. Mazkur qarorga asosan «Transport

vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish

qoidalari» tasdiqlandi.3 Shuningdek, qarorda Transport vositalari

egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha

to‘lovlarni kafolatlash jamg‘armasini tashkil etish va uning asosiy

vazifalari ko‘rsatib o‘tilgan. Eng muhimi, mazkur qaror asosida majburiy

sug‘urtani amalga oshirish huquqini olish uchun sug‘urtalovchilarga

muayyan talablar belgilandi. Ular quyidagilardan iborat:

· Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy

sug‘urta qilish huquqini olish uchun sug‘urtalovchilar ustav fondining

eng kam miqdori qonun hujjatlarida belgilangan me’yordan kam bo‘lmasligi kerak.

· Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy

sug‘urta qilish huquqini olish uchun sug‘urtalovchilar Qoraqalpog‘iston

Respublikasida, barcha viloyatlar va Toshkent shahrida majburiy

sug‘urta shartnomalarini tuzish, jabrlanuvchi (uning merosxo‘ri yoki

huquqiy vorisi)ning sug‘urta to‘lovlari to‘g‘risidagi talablarini ko‘rib

chiqish va sug‘urta to‘lovlarini amalga oshirish vakolati berilgan o‘z

filiallariga va boshqa alohida bo‘linmalariga ega bo‘lishi shart.

Davlat tomonidan majburiy sug‘urtani amalga oshirishda sug‘urtalovchilarga

nisbatan bunday talabning o‘rnatilishi bejiz emas, albatta.

Buni shu bilan izohlash mumkinki, majburiy sug‘urta butun O‘zbekiston

hududini qamrab oladi va yo‘l-transport hodisasi mamlakatimizning

qaysi joyida sodir bo‘lishidan qat’iy nazar, yuridik yoki jismoniy

shaxslarning mulkiy manfaatlariga yetkazilgan zarar, transport vositasi

egasining fuqarolik javobgarligining majburiy sug‘urtasi bo‘yicha

sug‘urtalovchi tomonidan jabrlanuvchiga zarar qoplab berilishi lozim.

Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi hududida transport

vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish

huquqiga quyidagi sug‘urta tashkilotlari haqlidirlar:

1. «O‘zagrosug‘urta» Davlat aksiyadordik sug‘urta kompaniyasi.

2. «O‘zbekinvest» eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasi.

3. «Kafolat» Davlat aksiyadorlik sug‘urta kompaniyasi.



4. «Kapital sug‘urta» sug‘urta kompaniyasi.

5. «Alfa invest» sug‘urta kompaniyasi.

6. «Asia insurans» sug‘urta kompaniyasi.

7. «Alskom» sug‘urta kompaniyasi.

8. «Ishonch» banklararo sug‘urta kompaniyasi.

9. «Universal sug‘urta» sug‘urta kompaniyasi.

2013-yilning 1-yanvar holatiga O‘zbekiston Respublikasi hududida

ish beruvchilarning fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish

bo‘yicha quyidagi sug‘urta tashkilotlari majburiy sug‘urta

shartnomalarini tuzishga haqlidirlar.

1. «O‘zagrosug‘urta» Davlat aksiyadorlik sug‘urta kompaniyasi.

2. «O‘zbekinvest» eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasi.

3. «Kafolat» Davlat aksiyadorlik sug‘urta kompaniyasi.

4. «Ishonch» banklararo sug‘urta kompaniyasi.

5. «Alfa invest» sug‘urta kompaniyasi.

6. «Alskom» sug‘urta kompaniyasi.

7. «Kapital sug‘urta» sug‘urta kompaniyasi.

8. «Asia insurans» sug‘urta kompaniyasi.

9. «Universal sug‘urta» sug‘urta kompaniyasi.

Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish

tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Ish beruvchining

fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida»gi

O‘zbekiston Respublikasi qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari

haqida» 2009-yil 24-iyunda qabul qilingan 177-sonli qaroriga muvofiq

tasdiqlangan «Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy

sug‘urta qilish qoidalari»da o‘z ifodasini topgan. Majburiy sug‘urtalash

qoidalari yuqorida nomlari keltirilgan barcha sug‘urtalovchilar uchun bir

xilda amal qiladi.

«O‘zagrosug‘urta» Davlat aksiyadorlik sug‘urta kompaniyasining

ustav fondi qonunchilik hujjatlarida o‘rnatilgan talablarga va mazkur

kompaniyaning respublikaning barcha hududlarida filiallari mavjud

bo‘lganligi sababli, kompaniya 2009-yil 18-oktabrdan ish beruvchining

fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtalash bilan shug‘ullana

boshlanadi.

2010-yil yakunlari bo‘yicha «O‘zagrosug‘urta» Davlat aksiyadorlik

sug‘urta kompaniyasi tomonidan ish beruvchining fuqarolik

javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha jami 2201,4 mln so‘m

sug‘urta mukofotlari kelib tushgan. 2009-yilda esa 314,6 mln so‘m

miqdorida sug‘urta mukofotlari kelib tushgan edi. Quyidagi jadvalda



2010-yil yakunlari bo‘yicha «O‘zagrosug‘urta» Davlat aksiyadorlik

sug‘urta kompaniyasi tizimida ish beruvchining fuqarolik javobgarligini

majburiy sug‘urta qilish borasida amalga oshirilgan ishlar o‘z aksini

topgan.


Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, 2010-yilda kompaniya

bo‘yicha jami 14542 dona ish beruvchining fuqarolik javobgarligini

majburiy sug‘urta qilish shartnomalari tuzilgan. Shunga muvofiq,

yuqorida qayd etganimizdek, 2201,4 mln so‘m miqdorida sug‘urta

mukofotlari kelib tushgan. Sug‘urta shartnomalari bo‘yicha kompaniya

zimmasiga qabul qilib olingan sug‘urta javobgarligi hajmi 2073,8 mlrd



so‘mni tashkil etgan.

Download 60,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish