Eksperiment (tajriba) – tadqiqotchi sun’iy tarzda voqyeylikni yaratadi yoki
sharoitlarni o’zgartiradi. Natijada voqyeylikning mohiyati aniqlanadi. Eksperiment
tadqiqotning yetakchi uslubidir, u o’z ichiga kuzatish, sharoitlarni o’zgartirish,
natijalarni hisobga olish, korrelyasiyalarni o’rganadi.
Ongimizda gipoteza holida bo’lgan ma’lumotlar tajriba (eksperiment) orqali
aniqlanadi. Tabiiy fanlar uchun eksperiment asosiy – yetakchi usuldir. Eksperiment
natijasini taxlil qilish orqali nazariya vujudga keladi. Nazariya ma’lumotlarni esa
tajriba yanada aniq qilib beradi. Ular o’zaro bog’liq va bir-birini to’ldiruvchi.
Agronomiya fani dialektik bilish uslubiga tayanadi va nazariya tajribada esa
ishlab chiqilgan kuzatish va olingan ma’lumotlarning natijalariga tayanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |