Amaliyot (praktika) – inson tomonidan nazariyaning amalda tadbiq
qilinishi, uning faoliyati natijasida predmet o’zgaradi. Bilish jarayonida
nazariyaning rivojlanishi va harakatlanishida amaliyot asosiy kuchdir.
Kuzatish (nablyudeniya) – o’simliklarda u yoki bu voqyeylik ta’siri
natijasida bo’ladigan o’zgarishlarni son yoki sifat jihatdan hisobga olishdir. Tashqi
muhit omillarini kuzatish (agrometeorologik, agroximik, agrofizik, biologik,
fitopotologik, entomologik va boshqalar). O’simliklarning holatini kuzatish
(fenologik, bo’yini o’lchash, tup soni, hosildorlik va boshqalar). Kuzatish tashqi
dunyo voqyeyligining ongimizdagi aksidir. Xar kanday kuzatishni utkazishdan
oldin uning maksadi va vazifalari belgilab olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |