sining suvereniteti, hududiy daxlsizligi, mudofaa qobiliyati, xavfsizligi, iqtisodiyotiga zarar yetkazilishi
tushuniladi.
Jinoyat kodeksining 163-moddasi, 2-qismida nazarda tutilgan jinoyat davlat siri yoki harbiy sir yozilgan
hujjatlar yo‘qotilishi natijasida og‘ir oqibatlar yuzaga kelgan paytdan boshlab tamom bo‘lgan, deb
hisoblanadi.
1. Urushni targ‘ib qilish deganda nima tushuniladi?
2. Ayblanuvchining harakatlarini Jinoyat kodeksining 150-moddasi (urushni targ‘ib qilish) bilan kvalifikatsiya qilishning o‘ziga
xos xususiyatlari.
3. Agressiya tushunchasi, uning turlari va usullari.
4. Agressiya urushini rejalashtirish va tayyorlash deganda nima tushuniladi?
5. Agressiyaning urushni targ‘ib qilishdan farqi.
6. Urushning qonun va udumlari deganda nima tushuniladi? Ularni buzish nima?
7. Genotsid nima? Uning obyektiv tomoni.
8. Jismoniy, ijtimoiy-iqtisodiy, shuningdek, biologik genotsid deganda nima tushuniladi?
9. Yollanish tushunchasi va uning xususiyatlari. Ushbu jinoyat subyektining o‘ziga xos xususiyatlari.
10. Тerrorizm tushunchasi va turlari, uning shaxsni garov sifatida tutqunlikka olishdan, tovlamachilik va odam o‘g‘rilash
jinoyatlaridan farqi?
11. Milliy, irqiy yoki diniy adovat qo‘zg‘atish deganda nima tushuniladi? Ushbu jinoyatni kvalifikatsiya qilishning o‘ziga xos
xususiyatlari.
12. Jinoyat kodeksining 156-moddasida nazarda tutilgan jinoyatning vijdon erkinligi yoki fuqarolar teng huquqliligini buzish
jinoyatidan qanday farqi bor?
13. Davlatga xiyonat qilish nimalarda ifodalanadi? Ushbu jinoyatni sodir etgan shaxslarni javobgarlikdan va jazodan ozod
qilishning shartlari qanday?
14. Davlatga xiyonat qilishning bir turi sifatida josuslik tushunchasi va uni kvalifikatsiya qilish shartlari?
15. Jinoyat kodeksida davlatga xiyonat qilishning qanday turlari nazarda tutilgan?
16. Jinoyat kodeksining 158-moddasida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga tajovuz qilish) nazarda tutilgan jinoyat
obyektining o‘ziga xos xususiyatlari.
17. O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilish tushunchasi, ushbu jinoyatni sodir etgan shaxslarni
javobgarlikdan ozod qilish shartlarini bayon eting.
18. Josuslik tushunchasi va uning zaruriy belgilari. Josuslik sodir etgan shaxslarni javobgarlik va jazodan ozod qilish shartlari
qanday?
19. Josuslikning davlatga xiyonat qilishdan farqi.
20. Qo‘poruvchilik tushunchasi va uning shakllari. Ushbu jinoyatni kvalifikatsiya qilishning o‘ziga xos xususiyatlarini izohlang.
21. Davlat sirini oshkor qilishning davlatga xiyonat qilishdan farqini ko‘rsatib bering.
22. Davlat sirlari deganda nimalarni tushunasiz?
23. Davlat sirlarini oshkor qilishning qanday turlari mavjud?
24. Davlat sirini oshkor qilishni kvalifikatsiya qilishning o‘ziga xos xususiyatlari.
25. Davlat sirlarini oshkor qilishning davlat siri hisoblangan yoki harbiy sir hisoblangan hujjatlarni yo‘qotishdan farqlari qanday?
26. Davlat siri yoki harbiy sir hisoblangan hujjatlarni yo‘qotganlik uchun jinoiy javobgarlikning kelib chiqish shartlarini bayon
eting.
27. Jinoyat kodeksining 163-moddasi, 2-qismiga binoan og‘ir oqibatlar deganda nima tushuniladi?
3-bob. IQТISODIYOТ SOHASIDAGI JINOYAТLAR
Do'stlaringiz bilan baham: