Savol va topshiriqlar:
1. „Yilqisi bilan mashhur, Qadim qipchoq yerida“ satrlarida qaysi
yurt ko‘zda tutilayotganini ayting.
2. „Oqib boradi uyur, Kuygan o‘tlar selida“ tashbihini izohlang.
Nega o‘tlar kuygan va ular ne bois selga o‘xshatilayotir deb o‘ylay-
siz?
3. „Yeldiray misli bo‘ron, Ostin-ustin bo‘lsin yer“ ifodasini
izohlashga urining.
4. „Yellar alanga olsin Arg‘umoqning qonida“ tasvirini tushuntirib
bering.
5. „Qiyoq, alaflar qolsin tuyoqlar to‘zonida“ satrlari zamiridagi
hayotiy va badiiy ma’no haqida mulohaza yuriting.
6. „Yashash, kurash nimadir, Bilib qo‘ysin arg‘umoq“ satrlarining
mazmunini izohlang.
7. „Jasorat bizga taqdir, guldirab ketsin so‘qmoq!“ satrlaridan
qanday badiiy ma’no angladingiz?
8. Sizningcha, she’rdagi arg‘umoq timsoli nimani anglatadi?
9. She’rga chopayotgan arg‘umoqlar shiddatini ko‘chirishda qanday
vositalardan foydalanilganini aniqlang.
10. She’rni yod oling.
Do'stlaringiz bilan baham: |