Jamiyat
Jamiyat —
kishilarning tarixan qaror
topgan hamkorlik faoliyatlari majmui.
Jamiyatdagi hamma narsa (moddiy va
maʼnaviy boyliklar, insonlar hayoti uchun
zarur boʻlgan shart-sharoitlarni yaratish
va boshqalar) muayyan faoliyat
jarayonida amalga oshadi. Insonlar
faoliyati va ular oʻrtasidagi ijtimoiy
munosabatlar Jamiyatning asosiy
mazmunini tashkil etadi. Bular ishlab
chiqarish, oilaviy, siyosiy, huquqiy, axloqiy,
diniy, estetik faoliyatlari va ularga moye
keluvchi munosabatlardir. Jamiyat
moddiy ishlab chiqarishsiz boʻlmaydi.
Unda insonlarning oziq-ovqat, kiyim-
kechak, uy-joy va boshqaga boʻlgan
ehtiyojlari qondiriladi. Jamiyatda
jamiyatning tabiat bilan oʻzaro taʼsiri
namoyon boʻladi. Odamlar oʻzining
moddiy ishlab chiqarish faoliyatida
irodasi va ongiga bogʻliq boʻlmagan
holda ishlab chiqarish munosabatlariga
kirishadi. J. taraqqiyoti tabiiy-tarixiy,
qonuniy jarayondir. Moddiy ishlab
chiqarish J.ning ijtimoiy tuzilishi, yaʼni
muayyan ijtimoiy qatlam, toifa va
guruhlarning rivojlanishiga bevosita taʼsir
koʻrsatadi. J.da turli qatlam va
toifalarning mavjudligi mehnat taqsimoti,
shuningdek, ishlab chiqarish vositalariga
boʻlgan mulkchilik munosabatlari,
jamiyatda yaratilgan moddiy boyliklardan
oladigan ulushiga bogʻliq. Bular J.dagi
kishilarning faoliyati hamda daromadiga
qarab turli kasbiy va ijtimoii guruhlarga
ajralishining negizidir. J. hayoti iqtisodiy,
ijtimoiy, siyosiy, madaniy-maʼnaviy
sohalarga ajraladi. Iqtisodiy soha moddiy
boyliklarni ishlab chiqarish, taqsimlash,
ayirboshlash va isteʼmol qilishni oʻz
ichiga oladi. Unda mamlakatning xoʻjalik
hayoti tashkil etiladi, uning turli
tarmoqlarining oʻzaro bogʻlikligi hamda
xalqaro iqtisodiy hamkorlik amalga
oshiriladi Bu J. taraqqiyoti uchun eng
asosiy sohadir. Ijtimoiy soha J.dagi
ijtimoiy guruhlar, tabaqalar, toifalar
hamda milliy birliklar, ularning ijtimoiy
hayoti va faoliyatini uygʻunlashtiradi
(qarang Ijtimoiy guruhlar). Siyosiy soha
turli ijtimoiy toifa va guruhlar, milliy
birliklar, siyosiy partiyalar va harakatlar,
jamoat tashkilotlarning oʻz siyosiy
faoliyatini amalga oshiruvchi makondir.
Ularning faoliyati J.dagi oʻrnatilgan
siyosiy munosabatlar asosida oʻz siyosiy
manfaatlarini amalga oshirishga
qaratiladi (qarang Jamiyatning siyosiy
tizimi). Maʼnaviy sohada kishilar turli
maʼnaviy qadriyatlarni yaratadi, tarqatadi
va Jamiyatning turli qatlamlari
tomonidan oʻzlashtiriladi. Bu soxaga
adabiyot, sanʼat, musiqa asarlari bilan bir
qatorda kishilarning bilim saviyasi, fan,
axloqiy meʼyor va umuman olganda,
Jamiyathayotining maʼnaviy mazmunini
tashkil qiluvchi narsalar kiradi (qarang
Maʼnaviyat).
Hozir Oʻzbekistonda Jamiyat
taraqqiyotining eng asosiy muammosi
insonlarning , ayniqsa yosh avlodning
maʼnaviy dunyosini shakllantirish va
boyitish, ularni istiqlol mafkurasi asosida
tarbiyalash, oʻzbek xalqining boy madaniy
va maʼnaviy merosi, qadriyatlari,
anʼanalari va urf-odatlarini egallashlari
uchun shart-sharoit yaratishdir.
Oʻzbekistonda fuqarolik, huquqiy,
demokratik, dunyoviy J. barpo etilmoqda.
[Abdulhay Valiyev. OʻzME. Birinchi
]jild. Toshkent, 2000-yil
Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
(2000-
2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Manbalar
Soʻnggi tahrir 12 oylar avval 84.54.114.238 tomonidan amalga oshirildi
Matndan CC BY-SA 3.0 litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).
Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib,
Vikipediyaga yordam berishingiz
mumkin.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
title=Jamiyat&oldid=2075142
" dan
olindi
Do'stlaringiz bilan baham: