har qanday ishlab chiqarish daromadlarni keltirib chiqaradi, bu
daromadlarga qiymati ularga teng bo„lgan tovarlar sotib olinadi,
yalpi talab esa hamisha yalpi taklifga teng bo„ladi. Boshqacha qilib
aytganda, tovarlar taklifi o‗zi uchun shaxsiy talabni yaratadi, ya‘ni o‗z
tovarini sotib daromad olgan har bir kishi ushbu daromadga mos
ravishda talabni keltirib chiqaradi (boshqa tovarlar sotib olinadi).
Agarda hamma ishlab chiqarilgan tovarlarni bozorga yetkazish
uchun yetarli sotuv kuchi vujudga keltirilsa, bozorda bu sotuv kuchidan
foydalanilishini nima kafolatlaydi? Sey qonunida quyidagi oddiy javob
keltirilgan: taklif o‗z talabini o‗zi yaratadi. Bunda muammo bo‗lmasligi
mumkin, lekin taklif potensial talab yaratadi, biroq potensial talab
bozorda haqiqiy talab sifatida qo‗llanilish yoki qo‗llanilmasligini hal
qilish kerak. Rikardo, Jeyms Mill va Sey bunga barcha potensial sotuv
qobiliyati iste‘molchi yoki tovar ishlab chqaruvchi uchun talab sifatida
bozorga qaytarilgan, degan oddiy yondashuv bilan murojaat qildilar.
Mantiqan olganda ular Smitning investitsiya kiritish qarorini saqlab
qolish qarori vaziyatiga qaytdilar. Ular zaxira to‗plash imkoniyatini rad
etdilar, ya‘ni hech kim oltinni qutida qulflab saqlolmaydi. Ularning
tizimida pul faqatgina ayriboshlash vositasi bo‗lgan, shunday qilib ular
depressiya yoki turg‗unlikning pulga oid sabablarining ehtimolini rad
etganlar. Klassiklar izohiga ko‗ra Sey qonunining kamchiliklari bor,
Maltus hech qachon bu kamchiliklarni aniq namoyish etmagan. U qabul
144
qilingan taxminlar o‗z isbotiga muhtoj bo‗lishi narariyasini rad etishga
uringan. U bu nazariya noto‗g‗ri bo‗lgan, deb gumon qilgan, lekin u
hech qachon bunday tanqid yoki daromadlar miqdori va iqtisodiy o‗sish
darajasining hal qiluvchi omillarining muqobil nazariyasini aniq
ifodalab berolmagan.
26
Demak, jamiyat miqyosida taklif va talab muvozanatlashadi,
ortiqcha ishlab chiqarish bo‗lmaydi. Ortiqcha ishlab chiqarish faqat
ayrim tarmoqlarda boshqa tarmoqlardagi kam ishlab chiqarish hisobiga
vujudga keladi. Boshqacha qilib aytganda, ko‗p ishlab chiqarishdan
qo‗rqmaslik kerak, faqat ayrim tovarlarning ortiqcha ishlab chiqarilish
xavfi tug‗ilishi mumkin. «Sey qonuni» nomini olgan bu qoida klassiklar
makroiqtisodiy nazariyasining asosini tashkil etdi va keyinchalik
J.M.Keyns tomonidan inkor etildi. J.M. Keynsning tasdiqlashicha,
odamlar daromadlarining barchasini iste‘molga sarflamaydilar, balki
ularning bir qismini jamg‗arib boradilar. Bu esa shunga muvofiq
ravishda yalpi talabni kamaytiradi, ish bilan bandlikni qisqartiradi.
Pirovard natijada bunday holat Sey qonunining noto‗g‗ri ekanligini
keltirib chiqaradi. Chunki bu qonunga muvofiq iste‘molga sarflanishi
kerak bo‗lgan daromadning bir qismi jamg‗armaga ajratiladi. Demak,
yalpi taklif bilan u keltirib chiqaradigan yalpi talab o‗rtasidagi
muvozanat buziladi.
Ammo «Sey qonuni»ning muhim tomoni shundan iboratki,
iqtisodiy liberalizmning barcha prinsiplariga jamiyat tomonidan rioya
qilinsa, ishlab chiqarish (taklif) o‗ziga mos ravishda iste‘molni (talabni)
keltirib chiqaradi, ya‘ni tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish A.Smitning
«tabiiy tartib» (pulning passiv roliga asoslangan mehnat natijalarini
ayirboshlash) sharoitida, albatta, shunday daromadlarni keltirib
chiqaradiki, ularga bu tovar va xizmatlar erkin amalga oshiriladi.
Iqtisodiy liberalizm konsepsiyasining barcha tarafdorlari tomonidan
«Sey qonuni» shu ko‗rinishda qabul qilingan va bozorda bahoning erkin
tashkil topishi xo‗jalik konyunkturasidagi o‗zgarishga darhol moslasha
26
History of economic thought. Harry Landreth, David C. Colander 159-162 b.
145
oladi, iqtisodiyotning o‗zini o‗zi tartibga solib turishini kafolatlaydi, deb
hisoblagan.
Haqiqatan ham, agar pul faqat hisob-kitob birligi hisoblangan
barterli iqtisodiyot amal qiladi, desak unda taklif miqdori talab
miqdoriga teng bo‗ladi, ortiqcha ishlab chiqarish bo‗lmaydi. Bu Sey
qonunining mohiyatini tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |