O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti



Download 4,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/247
Sana16.07.2021
Hajmi4,73 Mb.
#120893
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   247
Bog'liq
iqtisodiy talimotlar tarixi

Iqtisodiy taraqqiyot nazariyasi. Iqtisodiy taraqqiyot J.S.Mill ta‘limoti 
bo‗yicha, fan-texnika taraqqiyoti, shaxsning va mulkning rivojlanishi bilan 
bog‗liq.  Ishlab  chiqarish  va  jamg‗arish  ko‗payadi,  soliqlar  ancha 
erkinlashadi,  ko‗pchilik  kishilarning  ishbilarmonligi  oshadi,  kooperatsiya 
takomillashib  va  rivojlanib  boradi.  Bularning  barchasi  samaradorlikning 
o‗sishiga, ya‘ni ishlab chiqarish xarajatlarining kamayishiga va qiymatning 
pasayishiga olib keladi (oziq-ovqat va xomashyo qiymatidan tashqari). 
J.S.Millda kapital evolyutsiyasi D.Rikardo nazariyasiga o‗xshab 
ketadi.  Foyda  Me‘yori  pasayib  boradi,  asta-sekin  minimum  darajaga 
intiladi, lekin bu holat hali ham kapitalni jamg‗arishga va jamg‗arilgan 
vositalardan  unumli  foydalanishga  undaydi.  Foiz  Me‘yorining 
minimum  darajasiga  bo‗lgan  intilishni  chetga  kapital  chiqarish  va 
eksportni  ko‗paytirish  bilan  sekinlashtirish  mumkin.  Bunda  foyda 
Me‘yorini  pasaytiruvchi  kapitalning  ortiqcha  qismi  chetga  chiqib 
ketadi; bu yerda kapital yo‗qolmaydi, balki u yangi bozorlarni tashkil 
etish  va  chetdan  arzon  tovarlarni  olib  kelish  uchun  ishlatiladi. 


140 
 
Kapitalning  bir  qismining  chetga  chiqib  ketishi  foydani  va  foiz 
Me‘yorini  oshirib,  jamg‗armaga  bo‗lgan  yangi  intilishni  keltirib 
chiqaradi. U shuningdek, foyda Me‘yorining pasayish moyilligi davlat 
xarajatlarini  oshirishga  qarshi  bo‗lgan  dalillarni  kuchsizlantiradi,  deb 
hisoblaydi. 
Ko‗rilayotgan  kapital  harakatning  oxirgi  natijasi  –  bu  iqtisodiy 
yuksalish uchun kurash to‗xtagan paytdagi turg‗unlik holati hisoblanadi. 
Ammo  J.S.Mill  agar  turg‗unlik  holati  ishlab  chiqarishning  yuqori 
darajasida  yuzaga  kelgan  bo‗lsa,  unga  ijobiy  munosabatda  bo‗lgan. 
«Faqat  dunyodagi  qoloq  mamlakatlarda  ishlab  chiqarishni  ko‗paytirish 
eng  asosiy  vazifa  hisoblanadi.  Ancha  rivojlangan  mamlakatlarda 
taqsimotni  takomillashtirish  iqtisodiy  zaruratga  aylanadi»  deya 
ta‘kidlaydi.  Uning  fikriga  ko‗ra  hech  kim  kambag‗al  bo‗lmagan,  hech 
kim  boylikka  intilmagan  va  birovlarning  oldinga  chiqib  olishga  qilgan 
harakati tufayli  boshqalarning  orqaga  surib  tashlanishi  xavfi bo‗lmagan 
vaziyatdagi  jamiyat  odamlar  uchun  eng  yaxshi  yashaydigan  jamiyat 
hisoblanadi.  Bunday  turg‗unlik  davrida  madaniyatning  barcha 
shakllarini  rivojlantirish,  ma‘naviy  va  ijtimoiy  taraqqiyot  uchun 
imkoniyatlar hech cheklanmagan bo‗ladi. 
Odam  o‗zi  yaratmagan  narsalarga  uning  egalik  qilish  huquqini 
adolatsizlik,  deb  hisoblovchi  xususiy  mulk  tanqidiga  J.S.Mill  qarshi 
chiqdi.  Masalan,  ishchilar  fabrikada  barcha  mahsulotni  yaratadi,  lekin 
uning  ko‗pchilik  qismi  boshqa  birovga  tegadi.  «Bu  e‘tirozga  javob 
shundan  iboratki,  fabrikada  mehnat  tovar  ishlab  chiqarish  uchun  zarur 
bo‗lgan  sharoitlarning  biri  hisoblanadi,  xolos.  Ishni  materiallarsiz, 
asbob-uskunalarsiz  hamda  ishlab  chiqarish  paytida  ishchilarni 
ta‘minlash uchun oldindan tayyorlangan yashash vositalari zaxiralarisiz 
bajarib  bo‗lmaydi.  Bu  narsalarning  hammasi  o‗tgan  mehnat  mahsuli 
hisoblanadi.  Agar  ishchilar  bu  narsalarga  ega  bo‗lganda,  ularda 
mahsulotni  boshqa  birovlar  bilan  bo‗lishishga  zarurat  bo‗lmas  edi. 
Ammo  ishchilarda  bu  narsalar bo‗lmaganligi uchun  ular  ekvivalentning 
bir  qanchasini  (mahsulotlarning  bir  qismini–muallif)  ushbu  narsalarga 
egalik  qiluvchi  kishilarga  berishi  kerak».  Ammo  xususiy  mulk 
doirasidan  yer  chiqarib  tashlanishi  lozim  (chunki  u  mehnat  mahsuli 
hisoblanmaydi). 

Download 4,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   247




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish