Glossariy
Avtobiografik asar– (yun. Autos-o‘zim, bios–hayot, grafo–yozaman)–
muallifning o‘z hayoti haqida izchil hikoya qilishiga asoslangan adabiy janr.
Avtobiografik asar muallifi o‘z hayotini qaytadan yashab ko‘radi, uni bir butun
sifatida idrok etishga intiladi. A.a.aksar hollarda mualliflarning ijodiiy yetuklik
pallalarida, umrlari nihoyasida yoziladi. (mas. Oybekning “Bolalik” qissasi.) U
memuar, kundalik va sayohatnomalarga o‘xshab ketsa-da, ulardan tubdan farq
qiladi. Shuningdek, A. a. avtobiografik xarakterdagi asarlar hamda turli
munosabatlar bilan yoziladigan tarjimayi hollardan tafovutlanadi.
Adabiyot – (ar. adab–go‘zal xulq) – keng ma’noda, inson tafakkurining
mahsuli o‘laroq dunyoga kelgan, o‘qish uchun mo‘ljallab yozilgan asarlar jami. Tor
ma’noda – so‘z san’ati, badiiy adabiyot.
321
Do'stlaringiz bilan baham: |