O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat univеrsitеti



Download 7,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/190
Sana16.07.2021
Hajmi7,84 Mb.
#120887
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   190
Bog'liq
bolalar adabiyoti

Maktabgacha  ta’lim(tarbiya)  yoshidagi  bolalar  kitobxonligi  xususiyatlari 
L.N.Tolstoyning  quyidagi  san’atkorona  bahosi  bilan  yaqqol  oydinlashadi:  “Axir 
men  hozir  nimalarda  yashayotganimni  o‘shanda  kashf  qilmaganmidim?  –  deya 
xotirlagandi u yetmish yillik umriga sarhisob qila turib. –Shuncha ko‘p, shuncha tez 
kashf etgan narsalarimning yuzdan birini ham, qolgan butun umrim davomida kashf 
eta  oldimmi?  Aslo!  Besh  yashar  boladan  mengacha  –  faqat  bir  qadam,  yangi 
tug‘ilgan chaqaloqdan besh yashar bolagacha – dahshatli masofa!”
7

 Lev Tolstoy fikrlaridan bolalar dunyosini idrok qilish, his-tuyg‘u, o‘lchovlari 
va  qiziqishlarini  ulardek  anglash  kattalar  uchun  naqadar  og‘ir  va  mas’uliyatli 
ekanligi anglashiladi. Yoki, Korney Chukovskiyning mashhur “Ikkidan beshgacha” 
asarida ham aynan shu yoshdagi bolalarning o`ziga xos olami tadqiq etilgani bejiz 
emas.  Muallif  insondagi  ko`pgina  fazilat  va  qirralar,  qobiliyat  va  qiziqishlar, 
tasavvur  va  tushuncha  aynan  2-5  yoshlik  davrida  to‘la  namoyon  bo‘lishini    qator 
misollar tahlili orqali isbotlaydi. 
Zotan,  umr  ibtidosidayoq  so‘z  san’ati  sehri  bilan  tarbiyalanish  beqiyos 
ijtimoiy-estetik  qimmat  kasb  etadi.  Aslida  ham  xalq  ijodiyotidagi  erkalamalar, 
ovutmachoqlar,  qiziqmachoqlar,  ertaklar  va  aytim-olqishlar  shunday  vazifani  ado 
etib  kelgan.  Murg‘ak  bolani  so‘z  ohangida  erkalash,  ardoqlash  ular  ruhiyatida 
o‘zgacha ta’sir etishi folklorshunos, psixolog va pedagoglar tomonidan qayta-qayta 
ta’kidlanmoqda. 
Ulug‘  mutafakkir  Ibn  Sino  bundan  ming  yillar  avval  yozgan  “Axloq  haqida 
risola”sida shunday yozadi: “Tarbiyani bolaning eng yosh paytidan boshlash kerak, 
zero  unga  yaxshi  xulq  odat  bo‘lib  qolsin”.    Bu  kabi  fikrlar  Unsurulmaoliy 
Kaykovus,  Shayx  Sa’diy,  Abdurahmon  Jomiy,  Alisher  Navoiy  kabi    mumtoz  so‘z 
san’atkorlarining  didaktik  asarlariga  ham  singdirilgan.  XX  asr  boshlarida  esa 
Abdulla  Avloniy  o‘zining  pedagogik  risolasida  tarbiyaning  zamoni  haqida 
mulohaza  yuritib,  shunday  yozadi:  “Emdi  ochiq  ma’lum  bo‘ldiki,  tarbiyani 
tug‘ulgan 
kundan 
boshlamak, 
vujudimizni 
quvvatlandurmak, 
fikrimizni 
nurlandurmakaxloqimizni go‘zallandurmakzehnimizni ravshanlandurmak  lozim 
ekan…” 
Binobarin,  ana  shu  e’tiroflarning  o`ziyoq  maktabgacha  tarbiya  yoshidagi 
bolalar kitobxonligining dolzarb ahamiyatini asoslashga xizmat qiladi. Bu yoshdagi 
bolalar  hali  kitob  o‘qishni,  uning  mazmunini  idrok  etishni  bilmasa-da,  atrof-
olamdagi  narsa-predmetlarga  qiziqishlari  kuchli  bo‘ladi,    taqlidchilik  asosida 
hayotni o‘zlashtira boradilar. Shu sababli kichkintoylar eng ko`p eshitadigan, sevib 
tinglaydigan ertaklari va she’rlarining personajlari – hayvonlar, qushlar, hasharotlar, 
dov-daraxtlar hisoblanhsa-da, insonga xos taqlidiy suratga ega:  gapiradi, yig‘laydi, 
xafa bo‘ladi va h.k. 
Kichkintoylarda 2-3 yoshidan boshlab so‘z o‘rganish, so‘zni anglash va aytish 
ehtiyoji jiddiy tus oladi. Ular 3 yoshda 1200-1500 so‘z bilsa, 4-5 yoshda 2500 tacha 
so‘zni  o‘z  nutqida  faol  qo`llaydi.  Bola  hech  qanaqa  grammatik  qoidadan  xabarsiz 
holda  so‘zlarni  mantiqan  to‘g‘ri  aloqaga  kiritib,  o‘z  fikri  va  istagini  bildira  oladi, 
                                                 
7
 Толстой Л.Н. Собр. Соч. т.1, М. ГИХЛ, 1952, с. 330 


20 
 
hatto  o‘zicha  so‘z  yasab,  uni  ifodalagan  bo‘ladi,  shu  tariqa  o‘z  lug‘atini  aks 
ettiruvchi tili yuzaga keladi. Xuddi shunday bir vaziyatda bolaga hayvonlar, qushlar 
va hasharotlarning yorqin rasmlari, ularga daxldor voqelikni ifodalovchi voqeaband 
rasmlardan  tashkil  topgan  pishiq  kartondan  ishlangan  animal  kitoblar,  hayvonlar 
haqidagi  ertaklar  mazmunini  aks  ettiruvchi  dekorativ,  kesma  yoxud  yig‘ma 
kitobchalar  berilmog‘i    lozim.  U  bunday  rangli  kitobchalarni  o‘zi  ochib 
varagqlamog‘i, rasmlariga qarab, tasvirdagi narsalarning holatini, rangini,  shaklini, 
a’zolarini, aytmog‘i, yoxud kattalar yordamida shularni o‘rganib qayta so‘zlamog‘i 
shart. Bunday kitobchalar bolada hajm, shakl va rangni his qilishda  ham muhim rol 
o‘ynaydi.  Xususan,  “O‘zing  bo‘ya”  ruknidagi  kontur  suratli  kitobchalar  bu 
jarayonni  yanada  faollashtiradi,  bolalar  bu  kitoblarni  bo‘yab  turib  konturda 
ifodalangan  ma’nolarni,  shakllar  va  ularning  ranglar  garmoniyasida  o‘qib  idrok 
qiladigan  bo‘ladilar.  Bu  holat  ularda  so‘zga,  so‘zlashga  rag‘batni  yanada 
kuchaytiradi.  Shuningdek,  har  bir  jumlaning  jarangdorligi,  musiqiyligi,  ertaklarni  
rolli va didaktik o‘yinlar orqali, she’rni  esa qo‘shiq qilib ayta olishi muhim. Zero, 
bolalar  adiblari  kitobxonlikning  bu  davriga  alohida  e’tibor  qaratmog`i,  ularning  til 
va  nutq  boyliklari,  quvnoqlikka  moyil  tabiatini  inobatga  olishi  g‘oyat  zarur.  Rost, 
maktabgacha  tarbiya  yoshidagi  bola  o‘zi  qiziqqan  ertak  yoki  she’rni,  hikoyani 
tanlash  imkoniyatiga  ega  emas.  Ammo  tanlab  eshita  oladi.  Zukko  ota-onalar, 
maktabgacha  ta’lim  muassasalarining  pedagoglari  kichkintoy  ko‘zidagi  hayrat, 
quvonch yoki o‘ychanlikni ilg‘ay biladi. Aytaylik, Z.Diyorning “Kapalak”, “To‘p”, 
“Suv  bilan  suhbat”,  Sh.Sa’dullaning  o‘yinchoqlar  tilidan  aytiluvchi  “Ayiq”, 
“Buzoq”,  “Toychoq”,  “Uloqcham”  she’rlari  shu  ma’noda  kichkintoylar  tilidan 
tushmay  keladi.  Bunday  she’rlarda  2-6  yoshli  kichkintoylarning  fe’l  atvori 
(kapalakni quvlashi, suv bilan suhbatga kirishishi, o‘yinchoqlar tilga kirib, unga arz 
qilishi  ),  nutqi  (“jiyron  toycham”,  “o‘ynab-kishnab”,  “suzoq”  )  ohangi  aks  etgani, 
ular  sho‘xligiga  mos  ifodalar  (kapalak,  buzoq,  toychoq,  sharqiroq  soy,  to‘p, 
uloqcha...)  bilan  tasvirlangani,  qolaversa,  so‘z  va  qofiyalarning  aniqligi  (buzoq-
suzoq) diqqatga sazovor . 
Shunga  o`xshash  S.Barnoyevning  “Feruza  aytgan  qo‘shiq”  she’ri  zamondosh 
kichkintoylar kuylab kelayotgan  qo‘shiq hisoblanadi: 
Quyosh bo‘lsin, oy bo‘lsin, 
O‘zbekiston boy bo‘lsin. 
Menga atlas, ukamga 
Gijinglagan toy bo‘lsin. 
 
Dadam yuzga kirsinlar, 
Oyim yuzga kirsinlar, 
Bizlar yuzga kirganda 
Yonimizda yursinlar. 
She’rda katta-yu kichikning samimiy tilagi bor. U juda sodda, o‘ynoqi ohangda 
bitilgan.  Ayni  paytda  jajji 
qizaloq  oila  farovonligini  istayotirki,  bunda  osmon-u 
zamin  tinchligi  bilan  birga  milliylik  (atlas)  hamda  yurt  tinchligi,  ota-bobolar 
an’analariga  sodiqlikning  (“gijinglagan  toychoq”)  umrboqiyligi  ko‘zlanayotir. 


21 
 
Kichkintoylar shunday she’rlarni kuylab ulg‘aysa, albatta, uning mazmun- mohiyati 
ham qulog‘iga singib boradi. 
Yoki R.Farhodiyning “Tonggi so‘z” hikoyasida qator taqlid so‘zlar ishlatilgani  
e’tiborga  loyiq.  Ya’ni,    “Miyov-miyov!”,    “G‘uv-g‘uv”,  “Chiriq,  chiq-chiriq!”,  
“Vov-vov-vov!”,  “G‘oq-g‘oq-g‘oq!”,  “G‘a-g‘a-g‘a!”–  bular  tongda  uyg‘ongan 
Ahmadning  yo‘lda  uchratgan  do‘stlari  –  mushuk,  shamol,  Qoplon,  g‘oz  va 
o‘rdaklarning  erta  tongda  aytgan  so‘zlari  –“Assalomu-alaykum!”–  degani  ekan. 
Darhaqiqat,  bunday  hikoyalar  jajji  kichkintoylarga  estetik  zavq  berish  bilan  birga 
tarbiyaviy  vazifaga  ham  ega.  Shu  sababli  kichkintoylarga  bag`ishlangan    she’r  va 
hikoyalar  ularda  hayotni  anglash,  vatanparvarlik  tuyg‘ularini  shakllantirish, 
mavhum tushunchalarining reallashuvi, so‘z boyliklarining muttasil boyib borishiga 
xizmat qilishi asosiy tamoyillardan hisoblanadi. 

Download 7,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish