O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat univеrsitеti


Kichik  maktab  yoshidagi  bolalar  kitobxonligi



Download 7,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/190
Sana16.07.2021
Hajmi7,84 Mb.
#120887
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   190
Bog'liq
bolalar adabiyoti

Kichik  maktab  yoshidagi  bolalar  kitobxonligi  ham  o‘ziga  xos  tafovutlarga 
ega.  Chunki  bu  yoshdagi  bolalarning  ichki  olami  nihoyatda  boy.  Ular  hali  ko‘p 
narsani  bilmasa-da,  lekin  bilishdan  iborat  ma’naviy  ehtiyoj  jarayonini  boshdan 
kechiradi.  “Bolalarga  o‘zlari  sezgan  va  o‘ylaganlarini  gapirib  berish  g‘oyat  qiyin, 
chunki ularni so‘zda ifodalashga to‘g‘ri keladi”, – deb yozgan edi Yanush Korchak 
taxallusi  bilan  butun  dunyoga  tanilgan  polyak  adibi  Genrika  Goldshmit.  –  Bundan 
ham og‘irrog‘i esa yozish. …lekin bolalar shoir va faylasufdirlar.”  
Anglashilishicha,  adiba  o‘zining  pedagogik  tajribasi,  bolalar  shifokori 
sifatidagi bilimi, betakror yozuvchilik iqtidori orqali bolalik dunyosining ko‘pgina 
sir-asrorlarini  ilg‘ay  olgan; xususan, bola qalbining  erkinligi  qushga, kapalakka va 
gulga  qiyoslanishini,  hamchunin  ular  o‘zlariga  jonivorlar,  hasharot-u  hayvonlarni 
aka-uka,  yoxud,  tengqur  do‘stdek  tutishini  ta’kidlaydi.  Chindan  ham  shunday. 
Bolalar  tabiatidagi  “shoirlik”–  ularning  hamma  narsadan  hayratlanishlari,  har  bir 
hodisadan hayajonlanishlari bo‘lsa, “faylasuflik”– hayratni va hayajonni qo‘zg‘agan 
shu narsalar va hodisalarning asl mohiyatiga qiziqishlaridir. “Bu nima?”, “Bu nega 
bunaqa?”, “U nima deydi?”, “U nega katta yoki nega kichik?”, “U qanday o‘sadi?”, 
“Nega qattiq?”, “Nega yumshoq?”, “Suv nega qotadi?”, “Quyosh qanday qizitadi?”, 
xullas,  shu  xildagi  sanoqsiz  savollar  bu  yoshdagi  bolalarning  qiziqishlari  hosilasi 
bo‘lib,  ana  shu  savollarga  topgan  va  topolgan  javoblari  –  olamni  o‘zlashtirish 
yo‘llaridir.  Olam  ular  uchun  jumboqqa  aylanarkan,  ularning  o‘zlari  ham 
“nimavoy”ga aylanishlari tabiiydir. Shu ma’noda, rus bolalar yozuvchisi  N.Nosov 
yaratgan  Pochemuchka  (  yoki,  Nimavoy  –  o‘zbek  tilida  Bilmasvoy  tarzida  tarjima 
qilingan)  –bu  yoshdagi  bolalarning  umumlashma  obrazi  darajasiga  ko‘tarilgan. 
Bunday  umulashma  obrazni  Q.Muhammadiyning  “Tabiat  alifbesi”  turkumiga 
kiruvchi lirik qahramon timsolida ham ko‘rish mumkin. U ham butun vujudi bilan 
“Yong‘oqni  nega  yong‘oq  deymiz?”,  yoki  “Yong‘oqning  qobig‘i  nega  qattiq?”, 
“Olcha  negaqip-qizil?”,  “O‘rik  nega  sarg‘ayib  pishadi?”,  “Jiydaning  shoxi  nega 
egik?”,  “Shaftolining  bargi  nega  achchiq?”,  “Sada  nega  meva  qilmas?”,  “  Dada, 
bog‘bon nega tokni qirqib turadi?”, yoki, “Tok daraxti bir xil-u uzumlari nega har 
xil?”,  “Mol  nega  kavsh  qaytaradi?”,  “Chittak  nega  chittak?”  singari  son-sanoqsiz  
savollarga aylangan. Q.Muhammadiy bu savollarga  poetik javob berish maqsadida 
nima  to‘g‘risida  asar  yaratmasin,  nima  haqda  gapirmasin,  doim  o‘sha  narsadan 


22 
 
inson  hayotini  ko‘zda  tutib,  ma’no  izlaydi.  Shoir  shu  ma’noni  topadi  ham.  Bu 
ma’no doim bolalarning hayotdan oladigan birinchi taassurotlarini izohlaydi, uning 
dunyoqarashi  shakllanishiga  xizmat  qiladi.
8
   Eng  muhimi,  bolada  insonni  sevish, 
kasb-u koriga rag‘bat bilan qarash, shu asosda hayotni anglash va sevish tuyg‘usini 
ardoqlab  o‘stiradi.  Bu  yoshdagi  bolalar  folklordan  kengroq  bahramand  bo‘la 
boshlaydilar: tez aytishlar mashqi bilan nutq tovushlari talaffuzini ravonlashtirsalar, 
chandish  o‘ynab  so‘zlar  ohangdoshligini  idrok  qiladilar;  guldur-guplar  vositasida 
so‘z  va  harakat  uyg‘unligini  his  etsalar,  topishmoqlarni  yechish  jarayonida 
zehnlarini  charxlay  boradilar.  Hayvonlarga  oid  ertaklarga  qiziqishlari  sehrli-
fantastik  va  hayotiy-maishiy  ertaklarga  omixtalashib,  ular  hisobiga  to‘lisha  boradi 
va  xayollariga  parvoz  bag‘ishlay  boshlaydi.  Hayotiy-maishiy  ertaklarni  o‘qish 
jarayonida  real  hayot  hodisalariga  qiziqishlari  uyg‘ona  boradi.  Ertakka  bu  xildagi 
ma’naviy  chanqoqlik  turli  xalqlar  ertaklarini  ham,  shuningdek,  yozma  adabiy 
ertaklarni  ham  sevib  o‘qishga  chog‘laydi:  Sharl  Perro,  aka-uka  Grimmlar,  Hans 
Kristian  Andersen,  P.Yershov  asarlarini,  ayniqsa,  bolalarga  moslashtirib  tabdil 
qilingan  E.Rapsenning  “Baron  Myunxauzenning  sarguzashtlari”,  shuningdek, 
A.Tolstoyning  “Oltin  kalit  yoki  Buratinoning  boshidan  kechirganlari”,  Leonid 
Solovyevning  “Nasriddin  afandi  sarguzashtlari”,  Sh.Sa’dullaning  “Yog‘och 
qo‘g‘irchoq  yoki  Kachal  polvon  sarguzashtlari”  ertak-qissalarini,  Turg‘unboy 
G‘oyibovning adabiy-nasriy ertaklarini zavqu shavq bilan o‘qiydilar. Multfilmlarga 
va qo‘g‘irchoq teatri spektakllariga o‘chliklari zamirida ham aslida ertakka ehtirosli 
qiziqishlari  yotadi.  Ayni  paytda  ham  bunday  asarlarning  ahamiyati  pasaymagan. 
Shu bilan birga, o‘sib kelayotgan yosh avlodni endilikda ko‘proq mantiqiy bilimlar, 
insonning  ruhiy 
kechinmalari,  tabiat  va  jamiyat 
munosabati 
masalasi 
qiziqtirayotgani sir emas. R.Tolibning “Kim baxtiyor?” she’ri shu ma’noda kichik 
maktab yoshidagi o‘quvchilar tabiatiga monand: 
O‘tirib goh Mirjalol, 
O‘zicha aytar bobo: 
O‘zicha surar xayol: 
“Alam qilarkan goho, 
“Bobom qanday baxtiyor? 
Ko‘z xira oyoq og‘rir, 
O‘zlarida ixtiyor, 
Keksalik ekan og‘ir. 
Birov bermaydi tanbeh. 
Yaxshi emas ishtaham, 
Yanglishsalar hamki ... eh, 
Unum yo‘qdir ishda ham, 
Doim hurmatda bobom. 
Tunbo‘yi kelmay uyqu 
Hamma beradi salom, 
Bosar keksalik, qayg‘u. 
Joy tayyor, dimog‘i chog‘, 
Qani, endi bo‘lsam yosh, 
Avtobusga chiqqan chog‘ 
O‘tirmasdim qashlab bosh. 
“Bobomlarga maza xo‘p, 
Kuchi, sog‘liqlari bor, 
Uxlaydilar rosa ko‘p. 
Yoshlar qanday baxtiyor?” 
Xunob bo‘lib erta-kech, 
 
Misol yechmaydilar hech. 
 
 
                                                 
8
Qarang: Qo`shjonov M. Katta hayot va jo`shqin lirika.  –Kitobda: Quddus Muhammadiy. Tabiat alifbesi.  She’rlar. –
T., “Yosh gvardiya”, 1971, 3-b. 


23 
 
She’rda  inson  umrining  ikki  qarama-qarshi  qutblari  –  keksalik  va  yoshlik 
yuzma-yuz kelgan. Shoir keksalikni dastlab, zohiriy jihatlarinigina bola tasavvuri 
orqali  aks  ettiradi.  Bu  kichik  maktab  yoshidagi  o‘quvchilarga  xos  bo‘lgan  uyquni 
yaxshi  ko‘rish,  arifmetik  misol  va  masalalardan  xunob  bo‘lish,  shumtakaliklari 
uchun  dakki  yeyaverish  kabilar  bilan  muvoziy  qo‘llanib,  tasvirdagi  aniqlikni 
ta’minlay  olgan.  Bobo  o‘ylari  orqali  esa  umr  poyonidagi  botiniy  kechinmalar, 
qarilikning o‘ziga yarasha tashvishlari his qilinadi. Yosh kitobxon bobo va nevara 
xayolidan ogoh bo‘lgach, keksalarni ko‘proq e’zozlash zarurligi, haqiqiy baxtiyorlik 
esa  yoshlikda  ekani,  “bosh  qashlab”  o‘tirmay,  bilim  olish,  izlanish  zarurligini 
anglaydilar. 
Umuman,  kichik  yoshdagi  o‘quvchilarni  ham  davr  taraqqiyotining  barcha 
muammolari,  mavzulari  qiziqtiradi.  8-11  yoshli  bolalar,  xalq  nasri  va  adabiy 
ertaklar,  tabiat,  Vatan,  vatanparvarlik,  ota-onaga  muhabbat,  axloq-odob  va  kitob 
o‘qishga da’vat ruhidagi asarlar bilan birga, insonni teranroq o‘rganishga oid she’r 
va  hikoyalarni  katta  qiziqish  bilan  o‘qiydilar.  Binobarin,  o‘zbek  bolalar  adabiyoti 
tarixida kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar kitobxonligini G‘.G‘ulom, H.Olimjon, 
S.Jo‘ra,  Z.Diyor,  Q.Muhammadiy,  Sh.Sa’dulla,  I.Muslim,  A.Rahmat,  Q.  Hikmat, 
P.Mo‘min, T.Adashboyev, M.A’zam, A.Obidjon va boshqalarning quvnoq she’r va 
qo‘shiqlari,  dostonlari  va  she’riy  ertaklari;  H.  Nazir,  X.To‘xtaboyev,  N.Fozilov, 
M.Osim, 
T.Malik, 
H.Shayxov, 
S.Barnoyev, 
F.Musajon, 
O.Husanov 
va 
boshqalarning hikoya, qissa hamda romanlari tashkil etib keldi. Istiqlolga erishgach, 
bu yoshdagi kitobxonlarga, ayniqsa, vatanparvarlik va Vatan tarixi haqidagi badiiy 
asarlar  behad  zarurligi,  xorijdagi  tengqurlari  hayoti  haqidagi  asarlar  ham  alohida 
qiziqish  uyg‘otishi  yaqqolroq  anglandi.  Bu  jihatdan  ham  o`zbek  bolalar  adabiyoti 
namunalari  hisoblangan  “Qonli  barmoqlar”,  “Zafar  va  Zahro”  (Oybek),  “Dunyo 
bolalari”  (A.Muxtor),  “Afg‘on  hikoyalari”  (S.Barnoyev)  qatorida  mashhur  italyan 
bolalar adibi Janni Rodarining “Chipollinoning boshidan kechirganlari”, “Jelsomino 
yolg‘onchilar  mamlakatida”,  “Muzqaymoqdan  qurilgan  shahar”,  shved  bolalar 
adibasi  Astrid  Lindgrenning  “Mittivoy  va  tomda  yashovchi  Karlson  haqida  ikki 
qissa”,  polyak  adibi  Yanush  Korchakning  “Qirol  Matiush  birinchi”,  shuningdek, 
qardosh  xalqlar  bolalar  adabiyotlarining  eng  sara  namunalari  alohida  qimmat  kasb 
etadi.  Bu  xildagi  asarlar  bolalarning  olam  va  odam  haqidagi  bilimlarini 
rivojlantiradi,  lug‘at  boyligini  oshiradi,  dunyoqarashining  shakllanishiga,  insoniy 
fazilat  tarkib  topishiga,  shaxs  xarakterining  toblanishiga  ta’sir  ko‘rsatadi,  nihoyat, 
badiiy adabiyot ular uchun chinakam “hayot darsligi”ga aylana boradi. 

Download 7,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish